MaRJoNa | Дата: Yakshanba, 17.02.2013, 14:24 | Сообщение # 1 |
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
| TORIQ SURASI Bu sura ham Makka suralaridan bo‘lib, o‘n yetti oyatdir. Bu sura har bir insonning qilgan amallari maxsus farishtalar tomonidan muntazam yozilib borilishi; Qiyomat kunida jamiyki xaloyiq qayta tirilishi haq ekanligi; Qur’oni Karimning haq bilan botilni ajratguvchi So‘z ekanligi va Alloh taolo buyurgan dinga qarshi turli hiyla-nayranglar qilish ko‘chasiga kirgan kimsalar bir oz muhlatdan so‘ng o‘z qilmishlariga yarasha jazo olishlari muqarrarligi haqidagi mavzular atrofida so‘z boradi. Suraning nomi bo‘lmish «Toriq», so‘zi «Tungi yo‘lchi — ya’ni, yulduz» ma’nosida kelgandir.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1. Osmonga qasam, tungi yo‘lchiga qasamki,2. (Ey Muhammad), siz tungi yo‘lchi nima ekanini qaerdan ham bilar edingiz.3. (U) uchar yulduzdir.4. Har bir jonning ustida (uning qilgan barcha amallarini) yod olguvchi (farishta) bordir.5. Endi inson o‘zining nimadan yaralganiga bir boqsin!6-7. U (erkakning) beli bilan (ayolning) ko‘krak qafasi o‘rtasidan otilib chiquvchi bir suvdan yaralgan-ku!8-9. Shak-shubhasiz (Alloh) uni sizlar fosh qilinadigan (Qiyomat) Kunida qayta tiriltirishga qodirdir.10. Bas, (u Kunda inson) uchun (Allohning azobini qaytarguvchi) biron kuch ham, biron yordamchi ham bo‘lmas!I z o h. Demak har bir inson o‘zini bir tomchi suvdan yaratishga qodir bo‘lgan Alloh uni Qiyomat kuni qayta tiriltirishga ham qodir ekanini o‘ylab, kuch-quvvatining borida imone’tiqod va yaxshi amal bilan o‘sha Kunga hozirlik ko‘rsin. Mazkur oyatlarda Qiyomat haqida xabar berilgach, endi mana shu xabar kelgan Qur’oni Karim qanday kitob ekani bayon qilinadi.11. Qayta-qayta tushguvchi (yomg‘ir) egasi bo‘lmish osmonga qasam;12. (O’sha yomg‘ir sababli) yorib chiqquvchi (don-dun, o‘t-o‘lan) egasi bo‘lmish yerga qasamki,13. Shak-shubhasiz u (Qur’on haq bilan botilni) ajratguvchi So‘zdir.14. U hazil (ya’ni, asossiz, behuda so‘z) emasdir.15. Albatta (kofirlar Muhammad alayhis-salomga qarshi turli) hiyla-nayrang qilurlar.16. Men ham bir hiyla qilurman (ya’ni ularning hiyla-nayranglariga munosib jazo berurman).17. Bas, (ey Muhammad), siz ularga ozgina vaqt-muhlat bering (ya’ni siz bir oz shoshmay turing, mayli ular bugun dinu iymonga qarshi qo‘llaridan kelganini qilsinlar, ertaga Qiyomat qoyim bo‘lganida, albatta, qilmishlariga yarasha jazolarini olurlar)!
Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
|
|
| |