Меню сайта

Опрос
     
Eng extirosli xonanda
  
1. Shaxzoda
2. Rayxona
3. Dilso'z
4. Nilufar Usmanova
5. Ziyoda
6. Lola
7. Sug'diyona
8. Manzura
9. Dineyra
10. Ruxshona
javascript:; javascript:;
  
Всего ответов: 118

  

Статистика
Статистика
Всего: 9159
За месяц: 0
За неделю: 0
Вчера: 0
Сегодня: 0
Из них
Гл.Администраторов: 3
Администраторов: 1
Гл.Модераторов: 1
Модераторов: 0
Дизайнеров: 1
Журналистов: 1
V.I.P:
Постоянных: 2
Проверенных: 104
Забаненых: 0
Обычных юзеров: 9047
Из них
Парней: 9065
Девушек: 81

Счетчики
waplog Яндекс.Метрика waplog.uz
Онлайн лист
Пользователи отсутствуют...
         
Cегодня нас посетили

Смски
SMS TURK [7]
SMS TURK
SMS English [1]
SMS English
Студенческие смс [1]
Студенческие смс
Смс реклама [1]
Смс реклама
Смс признания [0]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [0]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [0]
СМС на день рождения
Смс другу [0]
Смс другу
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [2]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
Любовные смс [0]
Любовные смс
SMS VATAN [3]
SMS VATAN
SMS Новый год [1]
SMS Новый год
SMS YANGI YIL [1]
SMS YANGI YIL
SMS XIKMATLI [1]
SMS XIKMATLI
SMS TOPISHMOQ [1]
SMS TOPISHMOQ
SMS TABRIK [2]
SMS TABRIK
Зарубежная [0]
Зарубежная
SMS SPORT [2]
SMS SPORT
SMS ANIMATSIYA [0]
SMS ANIMATSIYA
SMS SEVGI [17]
SMS SEVGI
SMS REKLAMA [0]
SMS REKLAMA
SMS MAQOL [0]
SMS MAQOL
SMS MANTIQIY [0]
SMS MANTIQIY
SMS LATIFA [2]
SMS LATIFA
SMS KINO MIX [0]
SMS KINO MIX
SMS IBRATLI SHERLAR [1]
SMS IBRATLI SHERLAR
SMS GRAFIKALAR [0]
SMS GRAFIKALAR
SMS FOTO [0]
SMS FOTO
SMS DO`STLIK [2]
SMS DO`STLIK
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [10]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari..
MAKTAB SMS SHERLAR [1]
MAKTAB SMS SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) [8]
SMS PRIKOL (xazil)

[ Forum yangiliklari · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 76. "Inson"
76. "Inson"
MaRJoNaДата: Yakshanba, 17.02.2013, 14:30 | Сообщение # 1
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
INSON SURASI 
Madinada nozil bo‘lgan bu sura o‘ttiz bir oyatdan tashkil topgandir. «Inson», deb nomlangan bu suraning avvalida Alloh taolo inson zotini qay tarzda yo‘qdan bor qilgani va uni hayotga yo‘llagani to‘g‘risidagi oyatlar zikr qilingan, dunyodan kofirlik bilan o‘tadigan kimsalarning oxirat Kunida topajak oqibatlari va u Kunda ahli iymon erishadigan saodati abadiyya xususida batafsil xabar beriladi. So‘ngra Muhammad alayhis-salomga xitob qilinib, u kishiga Qur’oni Karimni nozil qilgan Parvardigor hukmiga sabr-toqat qilib o‘z zimmalaridagi payg‘ambarlik vazifasini ado etish va din dushmanlariga itoat qilmaslik hamda ertayu kech Yaratganni yodlash bilan toat-ibodatga mashg‘ul bo‘lish amr etiladi. Sura Qur’on oyatlari faqat bir eslatma ekanligini va xohlagan kishilar bu ilohiy eslatmadan pand-nasihat olib, Tangri taolo tomon yo‘l topishlarini ta’kidlash bilan nihoyalanadi.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1. Aniqki, insonning ustiga zamondan u tilga olgulik bir narsa bo‘lmagan vaqtmuddat ham kelgandir.I z o h. Ushbu oyati karimani mufassirlar ikki xil tafsir qilganlar. Birinchi tafsir: Alloh taolo yer yuzidagi barcha mavjudotni va undagi hayot kechirishga qulay muvofiq iqlimni Inson uchun yaratgandir. Lekin Tangri mana shu olamni yaratganidan to Odam alayhissalomni yaratib, unga jon ato etgunicha oradan o‘tgan uzun bir muddatda inson ismli, Yaratganning yer yuzidagi xalifasi bo‘lguvchi jonzot dunyoga kelishi zikr qilinmagan — tilga olinmagan edi. Ikkinchi tafsir: Odamzot ona qornida paydo bo‘lganidan tortib, to inson shakliga kirib, unga jon ato etilgunicha o‘tadigan muddatda uni avval nutfa, so‘ng laxta qon, keyin bir parcha go‘sht deb nomlanadi-yu, ammo uni hali inson deyilmaydi. Aniqki, har bir inson to onadan tavallud topgunicha mana shu savdolarni o‘z boshidan o‘tkazgandir.2. Darhaqiqat, Biz insonni (voyaga yetganidan so‘ng shariat takliflari bilan) imtihon qilguvchi bo‘lgan holimizda (otalik va onalik suvlaridan) aralash bo‘lgan nutfadan yaratdik. Bas, uni (Bizning oyatlarimizni tinglashi va olamdagi Bizning borligimizga dalolat qilib turgan alomatlarni ko‘rishi uchun) eshitguvchi, ko‘rguvchi qilib qo‘ydik.3. Darhaqiqat, biz uni (insonni) xoh u shukr qilguvchi-musulmon bo‘lsin va xoh ko‘rnamak-kofir bo‘lsin (to‘g‘ri) yo‘lga hidoyat qildik (ya’ni shukr qilguvchilar Biz ularni hidoyat qilgan To‘g‘ri yo‘lni - Haq dinni mahkam tutadilar, ko‘rnamak kimsalar esa o‘zlariga ko‘rsatilgan To‘g‘ri yo‘ldan yuz o‘girib ketadilar).4. Albatta Biz kofirlar uchun zanjiru kishanlarni va (do‘zax) alangasini tayyorlab qo‘ygandirmiz!5-6. Albatta (hayoti-dunyodan Alloh taoloning amru farmonlariga itoat qilib o‘tgan) yaxshilar (jannatda) mizoji-aralashmasi kofur — Allohning (yaxshi) bandalari ichadigan (jannatiy) chashma bo‘lgan maykosalardan (may) ichurlar. Ular u (chashmani o‘zlari xoxlagan joydan) chiqarib-oqizib olurlar.7. Ular (hayoti-dunyoda o‘z zimmalariga olgan) nazrlarini to‘la ado qilurlar va yomonlik-dahshatlari keng yoyilguvchi bo‘lgan (Qiyomat) kunidan qo‘rqurlar.8. Va taomni suyub-xoxlab tursalar-da, (o‘zlari yemasdan) miskin, yetim va asirlarni taomlantirurlar.9. (Ular ayturlar): «Biz sizlarni yolg‘iz Allohning yuzi uchun taomlantirurmiz. Sizlardan (bu ishimiz uchun) biron mukofot va minnatdorchilik istamasmiz - kutmasmiz.10. Albatta bizlar Parvardigorimiz tomonidan bo‘ladigan, (dahshatli azobidan yuzlar) tirishib, burishib qolguvchi bir Kundan qo‘rqurmiz».11. Bas, Alloh ularni o‘sha Kunning yomonligidan saqladi va ular(ning yuzlari)ga jilva - nur, (dillariga) surur baxsh etdi.12. Va ularni sabr-qanoatlari sababli jannat va (jannatda egnilarida bo‘ladigan) ipak (liboslar) bilan mukofotladi.13. Ular u joyda so‘rilarga yastangan hollarida o‘tirurlar. Ular u joyda quyosh(ning qizig‘i)ni ham, zamharir (qishning sovug‘i)ni ham ko‘rmaslar.14. (Jannat) soyalari ularga yaqin va mevalari xam (uzib tanovul qilish oson bo‘lsin uchun) egib qo‘yilgan bo‘lur.15-16. Ularga kumush idishlar(da taomlar) va o‘zi kumushdan (yasalgan bo‘lsa-da nafisligidan) shisha-shisha bo‘lib ketgan qadahlar(da sharoblar) aylantirilib turilur. (U sharoblarni soqiylar har kimning ehtiyojiga yarasha) o‘lchab-belgilab qo‘ygandirlar.17-18. (Jannat axli) u joyda mizoji-aralashmasi zanjabil bo‘lgan maykosalar (jannatlaridagi salsabil - o‘timli deb ataladigan chashma) bilan sug‘orilurlar.19. Ularning ustida mangu yosh (ya’ni hech qarimaydigan) bolalar (xizmat qilib) aylanib tururlarki, ularni ko‘rgan vaqtingizda (go‘zalliklari, ranglarining tiniqligi va yuzlarining nurliligidan) sochib yuborilgan marvaridlarmi, deb o‘ylarsiz.20. U joyda qachon qarasangiz, noz-ne’matlarni va katta mulku-davlatni ko‘rursiz.21. Ularning ustlarida yashil ipak va shoyi liboslar bo‘lib, ular kumush bilakuzuklar bilan bezangandirlar va Parvardigorlari ularni nihoyatda pokiza sharob-la sug‘organdir.22. Albatta bu (jannat va undagi noz-ne’matlar) sizlar uchun mukofot bo‘ldi.23. (Ey Muhammad), albatta Bizning o‘zimiz sizga bu Qur’onni bo‘lib-bo‘lib nozil qildik.24. Bas, siz Parvardigoringizning hukmiga sabr qiling va ulardan (kofirlardan) biron gunohkor yo ko‘rnamakka itoat qilmang!25. Va ertayu kech Parvardigoringizning nomini zikr qiling!26. Yana kechaning bir qismida ham U zotga sajda qiling va tunda uzoq (bedor bo‘lib) U zotga tasbeh ayting!27. Albatta ana u (kofir)lar naqd (dunyo)ni suyurlar va ortlaridagi og‘ir Kunni (Qiyomatni) esa tark qilurlar (ya’ni u Kun uchun biron amal qilmaslar).28. Biz ularni yaratdik va (barcha) a’zolarini mustahkam qildik va xoxlagan vaqtimizda (ularni halok qilib, o‘rinlariga) o‘zlariga o‘xshaganlarni almashtirib qo‘yurmiz.29. Albatta bu (sura) bir pand-nasihatdir. Bas, kim xoxlasa (bu pand-nasihatni qabul qilib), Parvardigori tomonga yo‘l tutur.30. (Ey insonlar), sizlar faqat Alloh xohlagan vaqtdagina (U zot tomonga yo‘l tutishni) xohlarsizlar (ya’ni, biron ish Allohning xohish-irodasisiz bo‘lmas). Albatta Alloh bilim va hikmat egasi bo‘lgan zotdir.31. U O’zi xoxlagan kishilarni (ya’ni mo‘minlarni) O’z rahmatiga — jannatiga kiritur. Zolimlar uchun esa alamli azobni tayyorlab qo‘ygandir.


Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 76. "Inson"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

������ �� ������ ZeroParking
Личный профиль
Avatar qoyilmagan!

Guruh:
Mehmonjon
Soat:14:37

Login: Mehmon
ID: 0
Твой IP:18.118.120.204
Профиль
Читать ЛС ()


Голосовой поиск

Топ рисунок

TOP mp3