Меню сайта

Опрос
     
Eng extirosli xonanda
  
1. Shaxzoda
2. Rayxona
3. Dilso'z
4. Nilufar Usmanova
5. Ziyoda
6. Lola
7. Sug'diyona
8. Manzura
9. Dineyra
10. Ruxshona
javascript:; javascript:;
  
Всего ответов: 118

  

Статистика
Статистика
Всего: 9159
За месяц: 0
За неделю: 0
Вчера: 0
Сегодня: 0
Из них
Гл.Администраторов: 3
Администраторов: 1
Гл.Модераторов: 1
Модераторов: 0
Дизайнеров: 1
Журналистов: 1
V.I.P:
Постоянных: 2
Проверенных: 104
Забаненых: 0
Обычных юзеров: 9047
Из них
Парней: 9065
Девушек: 81

Счетчики
waplog Яндекс.Метрика waplog.uz
Онлайн лист
Пользователи отсутствуют...
         
Cегодня нас посетили

Смски
SMS TURK [7]
SMS TURK
SMS English [1]
SMS English
Студенческие смс [1]
Студенческие смс
Смс реклама [1]
Смс реклама
Смс признания [0]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [0]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [0]
СМС на день рождения
Смс другу [0]
Смс другу
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [2]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
Любовные смс [0]
Любовные смс
SMS VATAN [3]
SMS VATAN
SMS Новый год [1]
SMS Новый год
SMS YANGI YIL [1]
SMS YANGI YIL
SMS XIKMATLI [1]
SMS XIKMATLI
SMS TOPISHMOQ [1]
SMS TOPISHMOQ
SMS TABRIK [2]
SMS TABRIK
Зарубежная [0]
Зарубежная
SMS SPORT [2]
SMS SPORT
SMS ANIMATSIYA [0]
SMS ANIMATSIYA
SMS SEVGI [17]
SMS SEVGI
SMS REKLAMA [0]
SMS REKLAMA
SMS MAQOL [0]
SMS MAQOL
SMS MANTIQIY [0]
SMS MANTIQIY
SMS LATIFA [2]
SMS LATIFA
SMS KINO MIX [0]
SMS KINO MIX
SMS IBRATLI SHERLAR [1]
SMS IBRATLI SHERLAR
SMS GRAFIKALAR [0]
SMS GRAFIKALAR
SMS FOTO [0]
SMS FOTO
SMS DO`STLIK [2]
SMS DO`STLIK
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [10]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari..
MAKTAB SMS SHERLAR [1]
MAKTAB SMS SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) [8]
SMS PRIKOL (xazil)

[ Forum yangiliklari · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 67. "Mulk"
67. "Mulk"
MaRJoNaДата: Seshanba, 19.02.2013, 16:17 | Сообщение # 1
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
YIGIRMA TO’QQIZINCHI JUZ’ 
MULK SURASI 
Bu sura Makkada nozil qilingan bo‘lib, o‘ttiz oyatdan tashkil topgandir. Sura barcha olamlar mulki — podshohligi O’z qo‘lida bo‘lgan Alloh taborak va taolo behad buyuk-barakotli zot ekanini ta’kidlash bilan boshlanadi. Shu boisdan u «Mulk» surasi deb nomlangandir. Ayrim manba’larda uni «Taborak» surasi deb ham ataydilar, Bu surada Alloh taolo o‘lim va hayot ne’matlarini nima uchun yaratgani hamda U zot yetti qavat osmon va undagi bor mavjudotni qanday daqiq hikmat-intizom bilan bunyod etgani bayon qilingan oyatlar qatorida oxirat haqida va u Kunda kofirlar duchor bo‘ladigan azob hamda ularning chekadigan befoyda afsus-nadomatlari to‘g‘risida xabar beradigan oyatlar ham mavjuddir. So‘ngra yeru osmondagi Tangri taoloning qudrati ilohiysiga dalolat qilib turgan turli-tuman oyat-alomatlar tasvirlanadi hamda kofir va mo‘min haqida ibratli misollar keltirilib, barcha insonlarni Alloh taolo rozi bo‘ladigan To‘g‘ri yo‘lni tutishga da’vat etiladi... Ushbu suraning fazilatlari bayonida ko‘plab hadislar rivoyat qilingan bo‘lib, ulardan biri imom Tirmiziy rivoyat qilgan mana bu hadisi sharifdir: Payg‘ambar alayhis-salom aytdilar: «Darhaqiqat Allohning Kitobida o‘zi faqat o‘ttiz oyatdan iborat bo‘lgan bir sura ham borki, u (o‘sha surani o‘qib, amal qilib yurgan) kishini shafoat qilur va hatto Qiyomat kunida uni do‘zaxdan chiqarib, jannatga kiritur. U «Taborak » surasidir».Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1. (Barcha olamlar) podshoxligi O’z qo‘lida bo‘lgan zot — Alloh barakotlibuyukdir. U barcha narsaga qodirdir.2. (Ey insonlar, U) sizlarning qaysilaringiz chiroyliroq-yaxshiroq amal qilguvchi ekanligingizni imtihon qilish uchun o‘lim va hayotni yarattan zotdir. U qudratli va mag‘firatlidir.I z o h. Demak, Alloh taolo har bir insonning mana shu hayoti dunyoda qilib o‘tadigan amallarini sinab, oxiratda o‘sha amalga yarasha mukofot-jazo berish uchun o‘lim va hayotni yaratgan ekan. Ushbu oyati karimada o‘lim so‘zi hayot so‘zidan muqaddam keltirilishiga sabab, o‘lim kalimasining mazmuni hayot kalimasining ma’nosidan teranroq, qamrovliroq ekanligidir. Chunki hayot so‘zi mana shu o‘tkinchi dunyoda yashashning boshlanishini bildirsa, o‘lim so‘zi oxirat diyoridagi mangu hayotning boshlanishini anglatadi. Demak, o‘lim yuzaki qaraganda hayotning intihosi bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida u mangu hayotning ibtidosidir. Bu xususda Payg‘ambar alayhis-salom shunday deganlar: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga — Allohga qasamki, sizlar mening so‘zlarimni ulardan (o‘liklardan) yaxshiroq anglaguvchi emassizlar. Faqat ular javob qila olmaydilar, xolos».3. (U) yetti osmonni ustma-ust qilib yaratgan zotdirki, siz u Rahmonning (Mehribon zotning) yaratishida biron tafovut-nuqsonni ko‘rmassiz. Endi ko‘zingizni yana (samoga) qaytaring-chi, (unda) biron futur-yoriqni ko‘rarmikansiz?4. So‘ngra ko‘zingizni qayta-qayta (samoga) qaytaring, ko‘zingiz sizga charchab, holdan toygan holda qaytur (ammo Alloh taolo yaratgan osmonlardan biron ayb-nuqson topa olmas).5. Darhaqiqat Biz eng yaqin osmonni chiroqlar (yulduzlar) bilan bezadik va ularni shaytonlarga otiladigan toshlar qilib qo‘ydik. Biz ular (shaytonlar) uchun (oxiratdagi) olov-do‘zax azobini ham tayyorlab qo‘ygandirmiz.6. Parvardigorlariga kofir bo‘lgan kimsalar uchun jahannam azobi bordir. Naqadar yomon oqibat bu!7. Qachon ular (jahannamga) tashlanganlarida qaynab turgan (jahannamning xuddi eshak hangrashidek) bir o‘kirik-faryodini eshiturlar.8. U g‘azabdan bo‘linib-parchalanib ketgudek bo‘lur. Har qachon unga bir to‘da (kofir) tashlanganida uning qo‘riqchilari ulardan (kofirlardan) «Sizlarga (hayoti dunyoda) biron ogohlantirguvchi-payg‘ambar kelmaganmidi?» deb so‘raganida.9. Ular derlar: «Ha, darhaqiqat bizlarga ogoxlantirguvchi kelgan edi, (lekin bizlar uni) yolg‘onchi qilganmiz va: «Alloh (hech kimga) hech narsa nozil qilgan emas, sizlar faqat katta zalolat-gumrohlikdadirsizlar», deganmiz».10. Ular (kofirlar) yana: «Agar bizlar (ogohlantirguvchi payg‘ambarning so‘zlarini) tinglab, aql yurgizuvchi bo‘lganimizda, do‘zax egalari qatorida bo‘lmas edik», derlar.11. Mana ular o‘z gunohlarini e’tirof etdilar! Endi u do‘zax egalariga halokat bo‘lgay!12. Albatta g‘aybdagi (ko‘zlariga ko‘rinmaydigan) Parvardigorlaridan qo‘rqadigan zotlar uchun mag‘firat va katta ajr-mukofot bordir.13. (Ey insonlar), sizlar so‘zlaringizni yashiringlar yoki oshkora qilinglar (har holda Alloh bilib turur). Albatta U dillardagi sirlarni bilguvchidir.14. (Axir) yaratgan zot (O’zi yo‘qdan bor qilgan narsalarni) bilmasmi?! U mehribon va (har narsadan) xabardor zotdir.15. U (Alloh) sizlar uchun yerni xokisor-bo‘ysunguvchi qilib qo‘ygan zotdir. Bas, (er)ning har tomonida (sayr-sayohat qilib yo tijorat bilan, yoki dehqonchilikni kasb qilib) yuraveringlar va (Allohning bergan) rizq-ro‘zidan yenglar. Yolg‘iz Uning huzuriga tirilib chiqish – qaytish bordir.16. (Ey Makka kofirlari,) yo sizlar (kofirligingizda oyoq tirab turaversangizlar,) osmondagi zot sizlarni yerga yuttirib yuborishidan, bas, banogoh (er) titroqqa tushib, sizlarni bosib qolishidan xotirjammisizlar (qo‘rqmaysizlarmi)?!17. Yoki sizlar osmondagi zot ustingizga tosh yog‘dirishidan xotirjammisizlar?! Hali (azobga giriftor qilinganlaringizda) Mening ogoxlantirishim qanday ekanligini bilib olajaksizlar!18. Darvoqe ulardan avvalgi kimsalar ham (o‘z payg‘ambarlarini) yolg‘onchi qilgandilar. Bas, Mening inkorim — azobim qandoq bo‘ldi?!)19. Ular ustlarida (qanotlarini) yoyguvchi bo‘lgan va yiqqan holda (uchib yurgan) qushlarni ko‘rmadilarmi?! U (Qush)larni yolg‘iz Rahmongina (samoda) ushlab turar! Albatta U barcha narsani ko‘rib turguvchidir.20. (Ey mushriklar), Rahmondan o‘zga sizlarga yordam beradigan, sizlar uchun qo‘shin-yordamchi bo‘lgan o‘sha zot kim o‘zi?! (Allohdan o‘zga biron madadkor yo‘qdir). Kofirlar esa faqat g‘urur-aldanishdadirlar. (Shuning uchun ular o‘zlari sig‘inayotgan but-sanamlarga ularni Allohning azobidan qutqara oladi, deb hisoblaydilar).21. Agar (Rahmon) O’z rizqini ushlab-to‘xtatib qo‘ysa sizlarga rizq-ro‘z beradigan o‘sha zot kim o‘zi?! (Allohdan o‘zga biron rizq-ro‘z berguvchi yo‘qdir). Yo‘q, ular (kofirlar) katta ketishda va (haqdan) yiroqlashishda davom etdilar.22. Axir yuz tuban (ya’ni oyog‘ining ostidan o‘zga yoqqa qaramasdan) yuradigan kimsa Haq yo‘lni topguvchiroqmi yoki qaddi rost holida To‘g‘ri Yo‘lda yuradigan kishimi?!I z o h . Ushbu oyati karima kofir bilan mo‘min haqida keltirilgan ibratli bir masaldir. Uni shunday tushunmoq lozim: dinsiz-e’tiqodsiz kimsa biron ilohiy qo‘llanmasiz, o‘tgan kunini ham, kelajagini ham unutib, faqat bugunini qanday o‘tkazish g‘ami, bugunning muammolarini hal qilish bilan ovorayu-sarson bo‘lib, ya’ni faqat oyog‘ining tagiga qarab kun o‘tkazadi. Demak uning erta bir kun yo‘lidan chiqib qolishi aniq bo‘lgan har qanday toshga-to‘siqqa qoqilib, yuz tuban qulashi hech gap emas. Ammo iymon-e’tiqod egasi esa Yaratgan yuborgan Ilohiy Qo‘llanma ko‘rsatib qo‘ygan To‘g‘ri Yo‘lda, qaddini rost tutib, qiladigan har bir ish-amalida faqat hozirning huzurini ko‘zlamasdan, balki Erta – Qiyomat Kunidagi hisob-kitob va ajr-mukofotni o‘ylab boradi. Binobarin bugunning, ya’ni o‘tkinchi dunyoning arzon matolari, uni o‘zi tanlab olgan To‘g‘ri yo‘lidan adashtira olmaydi.23. (Ey Muhammad, u kofirlarga) ayting: «U (Alloh) sizlarni (yo‘qdan) paydo qilgan va sizlar uchun quloq-ko‘zlar va dillarni (ato) qilgan zotdir. Sizlar esa kamdan-kam shukr qilursizlar».24. Ayting: «U sizlarni yer yuzida yaratib qo‘ygan zotdir. Sizlar (Qiyomat kunida) yolg‘iz Unga to‘planursizlar».25. Ular: «Agar rostgo‘y bo‘lsangizlar (aytinglar-chi) ushbu va’da (qilingan Qiyomat kuni) qachon bo‘ladi?» derlar.26. (Ey Muhammad, ularga) ayting: «(Qiyomat qachon qoyim bo‘lishi haqidagi) bilim yolg‘iz Allohning huzuridadir. Men faqat bir ochiq ogoxlantirguvchidirman, xolos».27. Bas, qachonki ular (Qiyomat kunida va’da qilingan azobni o‘zlariga) yaqin holda ko‘rishgach, u kofirlarning yuzlari qorayib ketur va (ularga): «Mana shu sizlar istagan narsadir», deyilur.28. (Ey Muhammad, u kofirlarga ayting: «Xabar beringiz-chi, agar Alloh meni va men bilan birga bo‘lgan kishilarni halok qilsa yoki (umrimizni uzun qilish bilan) bizlarga rahm-shafqat qilsa, O’zining izn-ixtiyoridadir. Ammo endi kofirlarni (ya’ni sizlarni) kim alamli azobdan himoya qilur?!I z o h. Makka kofirlari doim Muhammad alayhis-salom va u zotning sohobalariga o‘limhalokat tilar edilar. Shunda Alloh taolo tomonidan payg‘ambarimizga yuqoridagi oyat nozil qilinib, u kishini kofirlarga shunday javob qilishga amr etildi: «Biz mo‘minlar ikki go‘zal oqibatga ko‘z tutib yashaymiz. Ular biri sizlar orzu qilayotganingizdek, din yo‘lida halok bo‘lib, jannatga yetish bo‘lsa, ikkinchisi – omon qolib, sizlarning ustingizdan o‘zimiz umid qilgan g‘alabaga erishishdir. Ammo sizlar kofir bo‘lgan hollaringizda kimning himoyasini kutmoqdasizlar?!»29. Ayting: «U (Alloh) Rahmon — Mehribondir. Bizlar Unga iymon keltirdik va yolg‘iz Uning O’ziga tavakkul qildik — suyandik. Hali sizlar kim ochiq zalolatda ekanligini bilib olajaksizlar!».
30. (Ey Muhammad, u mushriklarga) ayting: «Xabar beringiz-chi, agar (banogoh ichar) suvlaringiz (er tubiga) singib ketar bo‘lsa, u holda kim sizlarga oqar suv keltira olur?! (Jonsiz butlaringizmi?! Bas, nega u befoyda-bejon butlarni Mehribon Allohga sherik qilib oldingizlar?!)»


Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 67. "Mulk"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

������ �� ������ ZeroParking
Личный профиль
Avatar qoyilmagan!

Guruh:
Mehmonjon
Soat:15:33

Login: Mehmon
ID: 0
Твой IP:3.145.186.173
Профиль
Читать ЛС ()


Голосовой поиск

Топ рисунок

TOP mp3