Меню сайта

Опрос
     
Eng extirosli xonanda
  
1. Shaxzoda
2. Rayxona
3. Dilso'z
4. Nilufar Usmanova
5. Ziyoda
6. Lola
7. Sug'diyona
8. Manzura
9. Dineyra
10. Ruxshona
javascript:; javascript:;
  
Всего ответов: 118

  

Статистика
Статистика
Всего: 9159
За месяц: 0
За неделю: 0
Вчера: 0
Сегодня: 0
Из них
Гл.Администраторов: 3
Администраторов: 1
Гл.Модераторов: 1
Модераторов: 0
Дизайнеров: 1
Журналистов: 1
V.I.P:
Постоянных: 2
Проверенных: 104
Забаненых: 0
Обычных юзеров: 9047
Из них
Парней: 9065
Девушек: 81

Счетчики
waplog Яндекс.Метрика waplog.uz
Онлайн лист
Пользователи отсутствуют...
         
Cегодня нас посетили

Смски
SMS TURK [7]
SMS TURK
SMS English [1]
SMS English
Студенческие смс [1]
Студенческие смс
Смс реклама [1]
Смс реклама
Смс признания [0]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [0]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [0]
СМС на день рождения
Смс другу [0]
Смс другу
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [2]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
Любовные смс [0]
Любовные смс
SMS VATAN [3]
SMS VATAN
SMS Новый год [1]
SMS Новый год
SMS YANGI YIL [1]
SMS YANGI YIL
SMS XIKMATLI [1]
SMS XIKMATLI
SMS TOPISHMOQ [1]
SMS TOPISHMOQ
SMS TABRIK [2]
SMS TABRIK
Зарубежная [0]
Зарубежная
SMS SPORT [2]
SMS SPORT
SMS ANIMATSIYA [0]
SMS ANIMATSIYA
SMS SEVGI [17]
SMS SEVGI
SMS REKLAMA [0]
SMS REKLAMA
SMS MAQOL [0]
SMS MAQOL
SMS MANTIQIY [0]
SMS MANTIQIY
SMS LATIFA [2]
SMS LATIFA
SMS KINO MIX [0]
SMS KINO MIX
SMS IBRATLI SHERLAR [1]
SMS IBRATLI SHERLAR
SMS GRAFIKALAR [0]
SMS GRAFIKALAR
SMS FOTO [0]
SMS FOTO
SMS DO`STLIK [2]
SMS DO`STLIK
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [10]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari..
MAKTAB SMS SHERLAR [1]
MAKTAB SMS SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) [8]
SMS PRIKOL (xazil)

[ Forum yangiliklari · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
59. "Hashr"
MaRJoNaДата: Shanba, 23.02.2013, 15:33 | Сообщение # 1
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
HASHR SURASI 
Yigirma to‘rt oyatdan iborat bu sura Madinada nozil qilingan. Sura mehvari — o‘qi yahudiylardan Banu Naziyr nomli qabilaning xiyonatkorliklari sababli o‘z diyorlaridai surgun qilinishlarini va Islom tarixida «Banu Naziyr g‘azoti» nomi bilan qolgan g‘azot tafsilotini bayon qilish atrofida aylanadi. Shuning uchun ham bu sura «jamlab surgun qilish» degan ma’noni ifodalovchi «Hashr» nomi bilan atalgandir. Shuningdek, bu surada yahudiylarning hamtovoqlari bo‘lgan munofiqlarning kirdikorlari ochib tashlanadi va ular garchi ko‘rinishlarida bir-birlari bilan o‘zaro ittifoqdek ko‘rinsalar-da, dillaridagi g‘araz-maqsadlari tamoman turli-tuman ekanligi ta’kidlanadi. Sura sahobayi kiromlarning ta’rif-tavsiflari va Qur’oni Karimning qadr-martabasi haqidagi oyatlarni ham o‘z ichiga olgandir. Sura nihoyasida Alloh taoloning go‘zal ismlari va ilohiy sifatlari zikr etilib, mo‘minlarni yolg‘iz Allohdangina qo‘rqishga buyuriladi.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1. Osmonlardagi va yerdagi bor narsa Allohga tasbeh aytdi. U qudrat va hikmat sohibidir.2. U ahli kitoblardan (yahudiylardan) kofir bo‘lgan kimsalarni birinchi to‘plashdayoq o‘z diyorlaridan haydab chiqargan zotdir. (Ey mo‘minlar), sizlar ularning chiqib ketishlarini o‘ylagan ham emas edingiz. Ular ham o‘zlarining qo‘rg‘on-qal’alarini Alloh(ning azobidan) to‘sguvchi deb o‘ylagan edilar. Bas, Alloh(ning azobi) ular hisobga olmagan tomondan keldi va dillariga qo‘rqinch soldi. Ular uylarini o‘z qo‘llari va mo‘minlarning qo‘llari bilan buzurlar. Bas, ey aql egalari, (ularning ahvolidan) ibrat olingiz!I z o h . Payg‘ambar alayhis-salom Makkayi Mukarramadan Madinayi Munavvaraga hijrat qilib kelganlaridan so‘ng, yahudiylarning Madina atrofida yashaydigan Banu Naziyr qabilasi u kishi bilan betaraflik to‘g‘risida sulh tuzgan edi Lekin musulmonlar Uhud jangida mag‘lubiyatga uchraganlaridan keyin Banu Naziyr yahudiylari o‘rtadagi sulhni buzishib, musulmonlar orasiga suqulib kirib olgan ayrim munofiq kimsalar bilan til biriktirishib, Makka kofirlarigi odam yuboradilar va Muhammad alayhis-salomga qarshi jang qilish uchun ular bilan hamkorlikka tayyor ekanliklarshsh bildiradilar. Rasululloq bu xiyonatdan xabar topgach, yahudiylarning Makkaga yuborilgan elchilari Ka’b ibn Ashrafni qatl qilishga buyuradilar va o‘zlari qo‘shin bilan borib, Banu Naziyr qabilasini qamal qiladilar. Qamalning yigirma birinchi kunida dillariga qo‘rqinch tushgan yahudiylar payg‘ambarimizga qayta sulh tuzishni taklif qilishganida, u zot xoinlar bilan hech qanday sulh tuzilishi mumkin emasligini bildirib, ulardan ko‘targanlaricha narsa-matolarini olib darhol bu yurtdan chiqib ketishlarini talab qiladilar. Shunday qilib yahudiylar yashayotgan uylarining ustun-to‘sinlarigacha buzib, tuyalarga yuklashib hech qanday jang-jadalsiz o‘z diyorlaridan jo‘nab qoladilar.3. Agar Alloh ularga surgunni yozmaganida, albatta ularni mana shu dunyoda (qatl qilish yoki asirlik bilan) azoblagan bo‘lur edi. Ular uchun oxiratda do‘zax azobi ham bordir.4. Bunga sabab, ularning Alloh va Uning payg‘ambariga qarshi turganlaridir. Kimki Allohga qarshi tursa, bas, albatta Allohning jazosi qattiqdir.5. (Ey mo‘minlar), sizlar (Banu Naziyr xurmozorlaridan) biron xurmo daraxtini kesdinglarmi yoki uni o‘z poyasida turgan holida qoldirdinglarmi, bas (sizlar qilgan har bir ish) Allohning izni-irodasi bilan va u fosiq-itoatsiz kimsalarni rasvo qilish uchun (bo‘ldi).6. Alloh O’z payg‘ambariga ulardan o‘lja qilib bergan narsalarning ustiga sizlar otu tuyalarni o‘ynatib-choptirib borganlaringiz yo‘q (ya’ni u o‘ljalarni sizlar qiynalib, mashaqqat chekib, jang-jadal bilan qo‘lga kiritganlaringiz yo‘q) lekin Alloh O’z payg‘ambarlarini O’zi xohlagan kimsalardan (mana shunday) ustun qilib qo‘yur. Alloh barcha narsaga qodirdir.7. Alloh qishloq-shaharlarning (kofir) aholisidan O’z payg‘ambariga o‘lja qilib bergan narsalar — toki sizlardan boy-badavlat kishilar o‘rtasidagina aylanib yuraveradigan narsa bo‘lib qolmasin uchun — Allohniki, payg‘ambarniki va (payg‘ambarning) qarindosh-urug‘lari, yetimlar, bechora-miskinlar va yo‘lovchi-musofirlarnikidir. Payg‘ambar o‘zi sizlarga ato etgan narsani olinglar, u zot sizlarni qaytargan narsadan qaytinglar va Allohdan qo‘rqinglar! Albatta Allohning jazosi qattiqdir.8. (U o‘ljalar yana) o‘z diyorlaridan va mol-mulklaridan haydab chiqarilgan zotlar – kambag‘al muhojirlarnikidirki, ular Allohdan fazl-marhamat va rizolik istarlar hamda Alloh va Uning payg‘ambariga yordam berurlar. Ana o‘shalar (iymonlarida) sodiq zotlardir.9. Ulardan (muhojirlardan) ilgari (Madina) diyoriga o‘rnashgan va iymone’tiqodni (mahkam ushlagan) zotlar (ansorlar) esa o‘zlari(ning yonlari)ga hijrat qilib kelgan kishilarni suyurlar va dillarida ularga (muhojirlarga) berilgan narsa-o‘ljalar sababli biron hasad tuymaslar hamda garchi o‘zlarida ehtiyoj bo‘lsa-da, o‘zlarini qo‘yib (o‘zgalarni) iysor-ixtiyor qilurlar. Kimki o‘z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas, ana o‘shalar najot topguvchi zotlardir.I z o h . Mazkur oyatlarda o‘zlarining uy-joy va mol-mulklarini tark etib payg‘ambar alayhis-salom bilan Madinayi Munavvaraga hijrat qilib kelgan muhojirlarning orzuniyatlari faqat Allohning rizoligini istash hamda Alloh va payg‘ambarga yordam qilish bo‘lganligi ta’kidlandi va g‘azotlardan tushadigan o‘ljalarning bir qismi o‘shalarning haqlari ekanligi uqtirildi. Shuningdek ularning yo‘llariga uy-joy va iymon-e’tiqod bilan peshvoz chiqqan ansorlar-yordamchilar (ular payg‘ambarimizga va boshqa muhojirlarga har bir ishda ko‘mak berganligi uchun mana shu nomga sazovor bo‘lganlar), va ularning bag‘rikengliklari, o‘z manfaatlaridan o‘zgalarning manfaatini ustun qo‘ya olishlari ta’riflandi. Hukamolardan Abu Zaydning g‘oyat ibratli mana bu so‘zi xuddi o‘sha ansorlar haqida aytilgandek: «Balxlik bir yigit menga: «O’zlaringizning zuhd-taqvolaringiz haqida gapirib bergin», degan edi, men aytdim: «Topsak yeymiz, topmasak sabr qilamiz». Shunda u dedi: «Bizda Balxning itlari shunday qilishadi, biz esa topmasak sabr qilamiz, topsak o‘zimizdan muhtojroqlarga beramiz».10. Ulardan keyin (dunyoga) kelgan zotlar ayturlar: «Parvardigoro, O’zing bizlarni va bizlardan ilgari iymon bilan o‘tgan zotlarni mag‘firat qilgin va qalblarimizda iymon keltirgan zotlar uchun biron g‘illi-g‘ash qilmagan. Parvardigoro, albatta Sen mehribon va rahmlidirsan».11. (Ey Muhammad), munofiq kimsalar o‘zlarining ahli kitoblardan (yahudiylardan) bo‘lgan kofir birodarlariga: «Qasamki, agar sizlar (Madinadan) quvib chiqarilsangizlar, albatta bizlar ham sizlar bilan birga chiqib keturmiz va sizlar(ga qarshi urushish) to‘g‘risida hech qachon biron kimsaga itoat etmasmiz. Agar sizlarga qarshi jang qilinsa, albatta bizlar sizlarga yordam berurmiz», deyishlarini ko‘rmadingizmi? Alloh guvoxlik berur-ki, ular shakshubhasiz yolg‘onchidirlar.12. Qasamki, agar (yahudiylar o‘z diyorlaridan) quvib chiqarilsalar (munofiqlar) ular bilan birga chiqib ketmaslar, qasamki, agar (yahudiylarga qarshi) jang qilinsa (munofiqlar) ularga yordam ham bermaslar va agar (farazan) yordam bersalar ham, albatta yahudiylar (mo‘minlar tomonidan mag‘lub qilinishib) ortlariga qarab qochurlar va keyin ularga biron yordam berilmas.13. (Ey mo‘minlar), aniqki, sizlar (munofiqlarning) dillarida Allohdan ko‘ra qo‘rqinchliroqdirsizlar. Bunga sabab, ular (Allohning qudratini) anglamaydigan qavm ekanliklaridir.14. Ular (munofiq va yahudiylar) birlashgan hollarida sizlar bilan faqat qal’aqo‘ rg‘onli qishloqlar ichida (berkinib) yoki devorlar ortidagina jang qila olurlar, (ya’ni hech qachon sizlarga qarshi ochiq jangga chiqa olmaslar). Ular o‘z o‘rtalarida kuchli-quvvatlidirlar, (ya’ni, jang-jadal bo‘lmasdan turib o‘zaro kuch-qudratli ekanliklari haqida lof uraveradilar, ammo jang paytida ojizqo‘ rqoqdirlar). (Og‘izlaridagi so‘zlaridan) ularni bir deb hisoblaysiz-u, (ammo) dillari xilma-xildir. Bunga sabab, ularning aqlsiz qavm ekanliklaridir.15. (Ular) xuddi o‘zlaridan ozgina oldin o‘tgan, o‘z qilmishlarining ziyonini totgan kimsalarning (ya’ni Badr jangida yengilib sharmanda bo‘lgan mushriklarning) o‘xshashidirlar. Ular uchun (oxiratda ham) alamli azob bordir.16. (Yahudiylarni mo‘minlarga qarshilik qilishga gij-gijlayotgan munofiqlar) xuddi shaytonning o‘xshashidirlar. Eslang, u insonga «Kofir bo‘l», degan edi. Endi qachonki (inson) kofir bo‘lgach, (shayton unga) «Albatta men sendan bezorman. Zero men barcha olamlar Parvardigori bo‘lmish Allohdan qo‘rqurman», dedi.17. Bas ikkisining (shayton va uning so‘ziga kirib, kofir bo‘lgan insonning) oqibati do‘zaxga kirib, unda mangu qolishlari bo‘ldi. Zolim kimsalarning jazosi shudir!18. Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqinglar va (har bir) jon erta (Qiyomat kuni) uchun nimani (ya’ni qanday ezgu amalni) taqdim etganiga qarasin! Allohdan qo‘rqinglar! Albatta Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.19. Sizlar Allohni unutib qo‘ygan (ya’ni, U zotning amr-farmonlariga itoat etmagan), bas (shundan keyin Alloh) ularga o‘zlarini ham unuttirib qo‘ygan (ya’ni, o‘zlariga oxiratda foyda beradigan amallar qilishdan yuz o‘girgirib qo‘ygan) kimsalar kabi bo‘lmangiz! Ana o‘shalar fosiq-itoatsiz kimsalardir!20. Do‘zax egalari bilan jannat egalari barobar bo‘lmas. Jannat egalari (baxtsaodatga) erishguvchi zotlardir.21. Agar Biz ushbu Qur’onni biron tog‘ga nozil qilganimizda, albatta siz u (tog‘)ni Allohning qo‘rquvidan egilib yorilib ketgan holida ko‘rgan bo‘lur edingiz. (Lekin ayrim insonlarning dillari tog‘ning toshidan ham qattiqroq bo‘lgani sababli ularga Qur’on oyatlari ham ta’sir qilmas). Biz bu misollarni odamlar uchun, shoyad ular tafakkur qilsalar, deb keltirmoqdamiz.22. U – Alloh, shunday zotdirki, hech qanday iloh yo‘q, faqat Uning O’zi bordir. (U) g‘ayb va shahodatni (ya’ni yashirin va oshkora narsalarni) bilguvchidir. U mehribon va rahmlidir.23. U – Alloh, shunday zotdirki, hech qanday iloh yo‘q, faqat Uning O’zi bordir. U (yolg‘iz) podshohdir, (barcha ayb-nuqsondan) pokdir-salomatdir, (O’zi xoxlagan bandalarini dunyo balo-ofatlari va oxirat azobidan) omon qilguvchidir, (bandalarning amallarini) ko‘rib-kuzatib turguvchidir, qudrat sohibidir, bo‘ysundirguvchidir, (tanho) kibr egasidir. Alloh ularning (mushriklarning) shirklaridan pokdir.24. U – Alloh yaratguvchidir, (yo‘qdan) bor qilguvchidir, (barcha narsaga) surat-shakl berguvchidir. Uning go‘zal ismlari bordir. Osmonlar va yerdagi bor narsa Unga tasbeh aytur. U qudrat va hikmat sohibidir.


Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

������ �� ������ ZeroParking
Личный профиль
Avatar qoyilmagan!

Guruh:
Mehmonjon
Soat:18:19

Login: Mehmon
ID: 0
Твой IP:3.128.201.71
Профиль
Читать ЛС ()


Голосовой поиск

Топ рисунок

TOP mp3