Меню сайта

Опрос
     
Eng extirosli xonanda
  
1. Shaxzoda
2. Rayxona
3. Dilso'z
4. Nilufar Usmanova
5. Ziyoda
6. Lola
7. Sug'diyona
8. Manzura
9. Dineyra
10. Ruxshona
javascript:; javascript:;
  
Всего ответов: 118

  

Статистика
Статистика
Всего: 9159
За месяц: 0
За неделю: 0
Вчера: 0
Сегодня: 0
Из них
Гл.Администраторов: 3
Администраторов: 1
Гл.Модераторов: 1
Модераторов: 0
Дизайнеров: 1
Журналистов: 1
V.I.P:
Постоянных: 2
Проверенных: 104
Забаненых: 0
Обычных юзеров: 9047
Из них
Парней: 9065
Девушек: 81

Счетчики
waplog Яндекс.Метрика waplog.uz
Онлайн лист
Пользователи отсутствуют...
         
Cегодня нас посетили

Смски
SMS TURK [7]
SMS TURK
SMS English [1]
SMS English
Студенческие смс [1]
Студенческие смс
Смс реклама [1]
Смс реклама
Смс признания [0]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [0]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [0]
СМС на день рождения
Смс другу [0]
Смс другу
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [2]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
Любовные смс [0]
Любовные смс
SMS VATAN [3]
SMS VATAN
SMS Новый год [1]
SMS Новый год
SMS YANGI YIL [1]
SMS YANGI YIL
SMS XIKMATLI [1]
SMS XIKMATLI
SMS TOPISHMOQ [1]
SMS TOPISHMOQ
SMS TABRIK [2]
SMS TABRIK
Зарубежная [0]
Зарубежная
SMS SPORT [2]
SMS SPORT
SMS ANIMATSIYA [0]
SMS ANIMATSIYA
SMS SEVGI [17]
SMS SEVGI
SMS REKLAMA [0]
SMS REKLAMA
SMS MAQOL [0]
SMS MAQOL
SMS MANTIQIY [0]
SMS MANTIQIY
SMS LATIFA [2]
SMS LATIFA
SMS KINO MIX [0]
SMS KINO MIX
SMS IBRATLI SHERLAR [1]
SMS IBRATLI SHERLAR
SMS GRAFIKALAR [0]
SMS GRAFIKALAR
SMS FOTO [0]
SMS FOTO
SMS DO`STLIK [2]
SMS DO`STLIK
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [10]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari..
MAKTAB SMS SHERLAR [1]
MAKTAB SMS SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) [8]
SMS PRIKOL (xazil)

[ Forum yangiliklari · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
48. "Fath"
MaRJoNaДата: Shanba, 23.02.2013, 15:41 | Сообщение # 1
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
FATH SURASI 
Bu sura Madinada nozil qilingan bo‘lib, yigirma to‘qqiz oyatdir. Bu surada payg‘ambar alayhis-salom bilan Makka mushriklari o‘rtasida hijriy oltinchi sanada bo‘lib o‘tgan Xudaybiyya sulhi haqida va bu sulhning oradan bir yil o‘tgach ro‘y beradigan buyuk Fath — Makka mushriklari ustidan qozonilgan g‘alabaning boshlanishi bo‘lib qolgani to‘g‘risida so‘z boradi. Suraning «Fath — G’alaba» deb nomlanishining boisi ham shudir. Yana unda mo‘minlarning din yo‘lida qilgan jihodlari, iymoni zaif kimsalar vi munofiqlarning esa bu jihoddan qolish uchun ko‘rsatgan bahonalari haqida, shuningdek, sahobalarning to boshlariga o‘lim kelgunicha Alloh yo‘lida kurashish xususida rasullullohga bergan bay’at-qasamyodlari to‘g‘risida xabar beriladi. Bu suradan Alloh taolo O’z payg‘ambarining ko‘rgan tushlarini rost qilgani haqidagi oyat ham o‘rin olgandir. Sura Muhammad alayhis-salomning haq payg‘ambar ekanliklarini ta’kidlash va u zot bilan birga bo‘ladigan u zot ko‘rsatgan yo‘lga yuradigan mo‘min musulmonlarning sifatfazilatlarini bayon qilish bilan xotima topadi.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1-2-3. (Ey Muhammad), toki Alloh sizning gunohingizdan ilgari o‘tgan va keyin kel(adi)gan narsalar (barcha gunoxlaringiz)ni mag‘firat qilishi uchun va sizga O’z ne’matini komil qilib berib, sizni To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilishi uchun hamda Alloh sizga qudratli Yordam berishi uchun darhaqiqat Biz sizga ochiq-ravshan fath-g‘alaba ato etdik.I z o h. Sura mana shunday fayzi ilohiy – kechmish-kelmish barcha gunohlarni mag‘firat qilish, ilohiy ne’matlarni komil qilib berish, To‘g‘ri yo‘lga hidoyat, Alloh taolo tomonidan beriladigan Qudratli madad va ochiq-ravshan fath-g‘alabani e’lon qilish bilan boshlandi. Shuning uchun ham payg‘ambar alayhis-salom ushbu sura nozil bo‘lganida «Bu kecha menga dunyo va undagi bor narsadan suyukliroq bo‘lgan bir sura nozil qilindi», degan ekanlar. Xo‘sh, mazkur g‘alaba qanday g‘alaba edi? Islom tarixidan ma’lumki, Hijriy oltinchi sananing oxirida (milodiy 627 yilda) rasululloh o‘zlarining bir yarim mingga yaqin sahobalari bilan Umra (sunnat bo‘lgar haj ibodati) qilish niyatida Madinai munavvaradan Makkai mukarramaga qarab yo‘l oladilar. Ular urush g‘arazida ketmayotganlarini bildirish uchun Makkaga yetib borganlarida qurbonliq qilish uchun olgan chorva hayvonlarini oldilariga solib haydab boradilar. Lekin musulmonlar Makka yaqinidagi Xudaybiyya deb nomlangan bir vodiyga yetib kelganlarida mushriklar ularni Baytullohga kirishdan to‘sadilar. Shunda Muhammad alayhis-salom maqsadlari Makka shahrini egallab olish emas, balki Ka’batullohni ziyorat-tavof qilib qaytib chiqib ketish ekanligini yetkazish uchun Usmon ibn Affon roziyallohu anhu boshliq bir guruh elchilarni Makka kattalari oldiga yuborganlarida ular Usmonni hibsga oladilar, lekin payg‘ambar alayhis-salomga mushriklar Usmonni qatl qildilar, degan xabar boradi. Shunda rasululloh sahobalarni Makkani fath etish uchun bay’at-qasamyod qilishga chaqirganlarida, ularning barchalari bay’at qiladilarki, bu haqda sura davomida alohida hikoya qilinadi. Musulmonlarning qasamyodlarini eshitib dahshatga tushib qolgan mushriklar o‘z odamlarini Xudaybiyyaga jo‘natib, bu yil musulmonlarni Ka’batullohga yo‘latmasliklarini va agar rozi bo‘lsalar, kelgusi yilda o‘zlari musulmonlarga bemalol ziyorat qilishlari uchun Makkani bo‘shatib berishlarini bildirib, sulh taklif qiladilar. Payg‘ambarimiz bu taklifni qabul qiladilar va bu sulh dini Islom tarixidagi burilish nuqtalaridan biri bo‘lib qoladi. Chunki bundan bor-yo‘g‘i bir yil oldin musulmonlarni yer yuzidan yo‘q qilib yuborish g‘arazida juda katta lashkar bilan Madinaga borgan Makka mushriklari bugunga kelib ularga qarshi urushish u yoqda tursin, o‘zlari yarash taklif qilmoqda edilarki, bu o‘z mohiyat e’tibori bilan Islom dinining Haq va o‘lmaydigan bir din ekanligini e’tirof etish edi. Bu sulhning Makkadagi va boshqa atrof-javonibdagi odamlarga juda katta ta’siri bo‘lib, musulmonlarning ular bilan bevosita muloqot qilishlari va Islomga da’vat etishlari natijasida minglab kishilar bu haq dinga iymon keltiradilar.4. U (Alloh) o‘z iymon-ishonchlariga yana ishonch qo‘shishlari uchun mo‘minlarning dillariga sakinat-orom tushirgan zotdir. Osmonlar va yer qo‘shinlari (ya’ni koinotdagi barcha jonzot va kuchlar) yolg‘iz Allohnikidir. Alloh bilim va hikmat egasi bo‘lgan zotdir.5. U mo‘min va mo‘minalarni ostidan daryolar oqib turadigan, ular mangu qoladigan jannatlarga kiritish uchun va ulardan yomonlik-gunohlarini o‘chirish uchun (ularning dillarini O’zi buyurgan, kofirlarga qarshi jihod qilish kabi hukmlardan taskin-orom oladigan qilib qo‘ydi). Va bu Alloh nazdida ulug‘ baxt bo‘ldi.6. Va Alloh haqida (U O’z payg‘ambariga va mo‘minlarga g‘alaba bermaydi deb) yomon gumon qilguvchi munofiq va munofiqalarni hamda mushrik va mushrikalarni azoblash (uchun mo‘minlarni ularga qarshi jihod qilishga buyurdi). Ularning ustiga halokat balosi tushguvchidir. Alloh ulardan darg‘azab bo‘ldi, ularni la’natladi va ular uchun jahannamni tayyorlab qo‘ydi. Naqadar yomon joydir u!7. Osmonlar va yer qo‘shinlari Allohnikidir. Alloh qudrat va hikmat sohibi bo‘lgan zotdir.8. (Ey Muhammad), darhaqiqat Biz sizni (qiyomat kunida barcha ummatlar ustida) guvohlik berguvchi, (mo‘minlarga jannat haqida) xushxabar eltguvchi va (u kofirlarni do‘zax azobidan) ogohlantirguvchi qilib yuborgandirmiz.9. (Ey insonlar, Biz bu payg‘ambarni) sizlar Allohga va uning payg‘ambariga iymon keltirishlaringiz uchun va U zotni ulug‘lab, ehtirom qilishlaringiz hamda ertayu-kech Uni poklab, tasbeh aytishlaringiz uchun (yubordik).10. (Ey Muhammad), darhaqiqat sizga bay’at-qasamyod qiladigan zotlar hech shak-shubhasiz Allohga bay’at qilurlar. Allohning qo‘li ularning qo‘llari ustida bo‘lur. Endi kim (o‘z qasamyodini) buzsa, bas, u faqat o‘z ziyoniga buzur. Va kim Alloh bilan ahd-paymon qilgan narsasiga vafo qilsa, u holda (Alloh) unga ulug‘ ajr-mukofot ato etur.I z o h . Sahihul-Buxoriyda rivoyat qilinishicha Xudaybiyya vodiysidagi bir daraxt ostida o‘sha joyda hozir bo‘lgan bir yarim mingga yaqin sahobalar payg‘ambar alayhis-salomga qo‘l berib, to boshlariga o‘lim soati kelgunicha, u zotga sodiq bo‘lishga bay’at-qasamyod qiladilar. Qur’on ularning payg‘ambar vositalarida Alloh taoloning O’ziga bay’at qilganlarini uqtiradi va bu bay’at islom tarixida “Bay’atur-rizvon” ya’ni Alloh rozi bo‘lgan bay’at degan nom bilan qoladi, Bu haqda ushbu surada alohida oyat mavjuddir.11. (Ey Muhammad), hali (Madinaga qaytganingizdan keyin) sizga a’robiylardan bo‘lgan (siz bilan birga Umra safariga chiqmasdan) qolgan (munofiq) kimsalar «Bizlarni mol-mulklarimiz va axli-oilalarimiz mashg‘ul qilib qo‘ydi, (shuning uchun sen bilan birga safarga chiqa olmadik). Endi o‘zing bizlar uchun (Allohdan) mag‘firat so‘ragin», derlar. Ular tillarida dillarida bo‘lmagan narsani – yolg‘onni ayturlar. Ayting: «Agar (Alloh) sizlarga biron ziyon (etkazish)ni istasa, yoki U sizlarga biron manfaat (etkazish)ni istasa, u holda kim sizlar uchun Alloh tomonidan bo‘lgan biron narsa(ni daf’ qilishga ega bo‘la olur?! Yo‘q, Alloh sizlar qilayotgan amallaringizdan ogoh bo‘lgan zotdir!12. Balki sizlar payg‘ambar va mo‘minlar (bu safarlaridan) o‘z axli-oilalariga hech qachon qaytib kelmaydilar, deb o‘yladinglar va bu dillaringizga chiroyli ko‘rinib, yomon gumon qildinglar hamda halok bo‘lguvchi qavm bo‘ldinglar!»13. Kim Allohga va Uning payg‘ambariga iymon keltirmagan bo‘lsa, bas, albatta Biz unday kofirlar uchun do‘zaxni tayyorlab ko‘ygandirmiz.14. Osmonlar va yerning mulki Allohnikidir, u O’zi xohlagan kishilarni mag‘firat qilur va O’zi xohlagan kimsalarni azoblar, Alloh mag‘firatli va mehribon bo‘lgan zotdir.15. Hali sizlar (Haybar jangida qo‘lga kiritgan) o‘ljalarini olish uchun ketayotgan vaqtingizda (jihodga chiqmasdan) qolgan kimsalar: «Bizlar ham (o‘sha o‘ljalardan olish uchun) sizlarga ergashishimizga (yo‘l) qo‘yinglar», derlar. Ular Allohning kalomini o‘zgartirmoqchi bo‘ladilar. Ayting: «Hargiz bizlarga ergashmaysizlar! Alloh ilgari mana shunday degandir». Endi ular: «Yuq, sizlar bizlarga hasad-baxillik qilmoqdasizlar», derlar. Yo‘q, ular kamdankam narsalarnigina anglarlar.I z o h . Payg‘ambar alayhis-salom boshliq sahobalar Xudaybiyya sulhidan qaytishgach, Haybar vohasidagi yahudiylarga qarshi jang qilishib, g‘alaba qozonadilar va katta o‘ljalarni qo‘lga kiritadilar. Bu o‘ljalardan xabar topgan munofiqlar o‘zlari jangdan qochgan bo‘lsalar-da, o‘ljadan xomtama’ bo‘lganlarida, mazkur oyat orqali ularga keskin rad javobi beriladi va Alloh taolo bu o‘ljalarni faqat Xudaybiyya sulhida ishtirok etgan kishilar uchun xos qilib qo‘ygani bayon etiladi, hamda u munofiqlarning Alloh buyurgan hukmlaridagi hikmatni anglay olmasliklari ham oshkor qilinadi.16. A’robiylardan bo‘lgan (jihodga chiqmasdan) qolgan (munofiq) kimsalarga ayting: «Yaqinda sizlar kuch-quvvat egalari bulgan bir qavm (bilan jang qilish)ga da’vat etilursizlar. (Ushanda yo) ular bilan urishursizlar, yoki ular (jang-jadalsiz) Islomga kirurlar. Bas agar (o‘sha payt sizlarni kofir qavmga qarshi jihod qilish uchun da’vat etuvchiga) itoat etsangizlar, Alloh sizlarga go‘zal ajr-mukofot ato etur. Agar ilgari yuz o‘girib ketganlaringizdek yuz o‘girib ketsangizlar, (Alloh) sizlarni alamli azob-la azoblar.17. (Jihodga chiqmay qolishdan) ko‘zi ojiz kishiga xaraj-tanglik yo‘qdir. Cho‘loqqa xaraj yo‘qdir, xastaga xaraj yo‘qdir (ya’ni ular jihodga chiqmaganlari uchun ayblanmaslar). Kim Alloh va uning payg‘ambariga itoat etsa, U zot uni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga kiritur. Kim yuz o‘girib ketsa, uni alamli azob-la azoblar.18-19. (Ey Muhammad), darhaqiqat Alloh mo‘minlardan — ular daraxt ostida sizga bay’at qilayotgan vaqtlarida — rozi bo‘ldi. Bas, U zot ularning dillaridagi narsa (sadoqat va vafo)ni bilib, ularga sakinat – orom tushirdi va ularni (Xaybar jangida erishiladigan) yaqin g‘alaba va o‘zlari(gina) oladigan ko‘pdanko‘ p o‘ljalar bilan mukofotladi. Alloh qudrat va hikmat sohibi bo‘lgan zotdir.20. (Ey mo‘minlar), Alloh sizlarga o‘zlaringiz oladigan ko‘pdan-ko‘p o‘ljalar va’da qildi. Endi mana bu (Xaybar jangida qo‘lga kiritadigan o‘ljalaringiz)ni esa naqd qilib qo‘ydi va (sizlarga dushman bo‘lgan) odamlarning qo‘llarini sizlar(ga biron ziyon yetkazish)dan to‘sib qo‘ydi, Toki (bu ne’matlar) mo‘minlar uchun oyat-ibrat bo‘lgay va (Alloh) sizlarni To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilgay.21. Yana boshqa sizlar hali-hanuz qodir bo‘lmagan (o‘lja)lar ham borki, Alloh ularni (sizlarning o‘ljalaringiz ekanini O’z ilmi ilohiysi bilan) ihota qilib olgandir. Alloh barcha narsaga qodir bo‘lgan zotdir.22. Agar (Makka axlidan) kofir bo‘lgan kimsalar (sulh tuzish o‘rniga) sizlar bilan jang qilganlarida, albatta ortlariga qarab qochgan bo‘lur edilar. So‘ngra ular na bir do‘st va na bir yordamchi toparlar.23. Bu, ya’ni mo‘minlar zafar topib, kofirlar mag‘lub bo‘lishi Allohning yo‘li — qonuni bo‘lib, ilgari ham o‘tgandir. Allohning yo‘lini esa hargiz o‘zgartira olmassiz.24. U (Alloh) Makkaning ichida (ya’ni Xudaybiyyada) sizlarni ularning (Makka mushriklarining) ustiga g‘olib qilganidan keyin ularning qo‘llarini sizlardan, sizlarning qo‘llaringizni ulardan to‘sgan (ya’ni o‘rtalaringizda sulh paydo qilgan) zotdir. Alloh qilayotgan amallaringizni ko‘rib turguvchi bo‘lgan zotdir.25. Ular (Makka mushriklari) kofir bo‘lgan va sizlarni Masjid-al-Haromdan, hadya (qurbonliq qilish uchun olgan hayvonlaringiz)ni esa mahbus bo‘lgan holida, o‘z joyiga yetishdan to‘sgan kimsalardir. Agar (Makkada) sizlar bilmagan mo‘min kishilar va mo‘mina ayollar bo‘lmasa edi — sizlar ularni bilmagan holingizda (mushriklardan deb o‘ylab) bostirib — halok qilib qo‘yib, ular sababli sizlarga or-gunoh yetmasa edi. (Alloh sizlarni Makkaga yurish kilishdan to‘smagan bo‘lur edi). Alloh O’zi xoxlagan kishilarni O’z rahmatiga doxil qilish uchun (ya’ni ularni mushriklar qatorida halok bo‘lib ketishlaridan asrash uchun sizlarni jang qilishdan to‘sdi). Agar (mo‘minlar) ajralib olganlarida, albatta ulardan (ya’ni Makka axlidan) kofir bo‘lgan kimsalarnk alamli azob-la azoblagan bo‘lur edik.26. O’shanda kofir bo‘lgan kimsalar dillariga qiziqqonlikni — dinsizlik qiziqqonligini solganlarida (ya’ni Muhammad alayhis-salomning payg‘ambar ekanliklarini inkor etishib, musulmonlarni Makkaga kirishdan to‘sganlarida) Alloh O’z payg‘ambarining va mo‘minlarning ustiga O’z sakinat — oromini tushirdi va ularga taqvo kalimasini (ya’ni “La ilaha illalloh” kalimasini) lozim qildi. Ular o‘sha (kalima)ga juda haqdor va ahl-loyiq edilar. Alloh barcha narsani bilguvchi bo‘lgan zotdir.27. Qasamki, Alloh O’z payg‘ambariga (u kishi ko‘rgan) tushni haqqi-rost qildi: albatta sizlar (ey mo‘minlar), insho Alloh Masjid-al-Xaromga tinch-omon boshlaringizni (sochlaringizni) qirdirgan va (yoki) qisqartirgan hollaringizda xavf-xatarsiz kirursizlar. Bas (Alloh) sizlar bilmagan narsani bilib, undan (Makka fathidan) oldin yaqin bir g‘alabani (Xaybar jangidaga g‘alabani muyassar) qildi.I z o h. Mufassirlar rivoyat qilishlaricha, payg‘ambar alayhis-salom Xudaybiyya sulhidan ilgari tushlarida sahobalari bilan birga Makkaga kirganlarini va Ka’batullohni tavof qilishgach, ayrimlari sochlarini qirdirib, ayrimlari qisqartirib haj-umra marosimlarini ado etganlarini ko‘rgan va sahobalarga bu tushlarini so‘zlab bergan ekanlar. Bunday xushxabardan benihoya shodlangan sahobalar rasullulloh bilan birga Umra ibodatini ado etish uchun Makkai Mukarrama tomon yurish qiladilar. Lekin Xudaybiyya vodiysiga yetib kelganlarida mushriklar tarafidan yo‘llari to‘silib, ikki o‘rtada o‘tgan oyatlarda mazkur bo‘lgan sulh tuzilgach, Makkaga kira olmasdan Madinaga qaytib ketishayotganida munofiq kimsalar: «Muhammadning ko‘rgan tushi rost chiqmadi-ku! » deb, musulmonlar orasida ig‘vo tarqatganlarida, yuqoridagi oyat nozil bo‘lib, payg‘ambar alayhis-salomning tushlari shak-shubhasiz o‘ngidan kelishi, ammo Alloh taolo bandalar bilmaydigan sirasrorlarni bilib, Makka fathidan avval Xaybar jangidagi g‘alabani muyassar qilgani haqida xabar berildi. Mana shundan keyin oradan bir yil kechgach, Makka musulmonlar tomonidan fath qilindi.28. U (Alloh) O’z payg‘ambari (Muhammad alayhis-salom)ni hidoyat va Haq din (Islom) bilan, u (din)ni barcha (din)larga g‘olib-ustun qilish uchun yuborgan zotdir. Allohning O’zi (ushbu va’dasining ro‘yobga chiqishiga) yetarli guvoxdir.
29. Muhammad Allohning payg‘ambaridir. U bilan birga bo‘lgan (mo‘min)lar kofirlarga qahrli, o‘z oralarida (mo‘minlar bilan) esa rahm-shafqatlidirlar. Ularni (mudom) Allohdan fazl-marhamat va rizolik tilab ruku’, sujud qilayotgan hollarida ko‘rursiz. Ularning yuzlarida sajda izidan (qolgan) belgi-alomatlari bordir. Mana shu (ya’ni kofirlarga qahrli bo‘lish, mo‘minlarga mehribonlik va ko‘p namoz o‘qib, ruku’-sajda qilish) ularning Tavrotdagi misollaridir. (Ya’ni Tavrotda ham Alloh taolo mo‘minlarni mana shunday sifatlar bilan sifatlagandir). Ularning Injildagi misollari esa xuddi bir shoxlar chiqarib, quvvatga kirgach, yo‘g‘onlashib, o‘z novdasida tik turgan, dehqonlarni lol qoldiradigan o‘simlikka o‘xshaydi. (Mo‘minlarning avval-boshda zaif-ozchilik bo‘lishib, keyin asta-sekin ko‘payib, kuchga to‘lib ketishlari Injilda yuqorida zikr qilinganidek o‘simlikka o‘xshatilishi) ular sababli kofirlarni xafa qilish uchundir. Alloh (mo‘minlardan) iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlarga mag‘firat va ulug‘ ajr-mukofot va’da qilgandir.


Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

������ �� ������ ZeroParking
Личный профиль
Avatar qoyilmagan!

Guruh:
Mehmonjon
Soat:18:26

Login: Mehmon
ID: 0
Твой IP:3.15.192.89
Профиль
Читать ЛС ()


Голосовой поиск

Топ рисунок

TOP mp3