MaRJoNa | Дата: Yakshanba, 10.03.2013, 17:07 | Сообщение # 1 |
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
| MUHAMMAD SURASIMadinada nozil bo‘lgan bu sura o‘ttiz sakkiz oyatdan tashkil topgan. Unda so‘z asosan Alloh yo‘lida jihod qilish va u jangda rioya qilinishi lozim bo‘lgan tartibintizom va qonun-qoidalar haqida boradi. Shuning uchun uni «Jang» surasi ham deb ataydilar. Bu surada mo‘minlarga agar ular Allohning diniga yordam bersalar, Alloh taolo ham ularning yordamida bo‘lishi ta’kidlanadi. Shuningdek, ro‘baro‘dagi dushmanga qarshi jang qilish bilan birga, oralaridagi munofiqlardan ham ogoh-ehtiyot bo‘lib turish lozimligi uqtiriladi va ularning ayrim sifatkirdikorlari ancha batafsil bayon qilinadi. Sura nihoyasida Tangri taolo mo‘min-musulmonlarga O’zi ular bilan birga ekanligini uqtirib, ularni Haq yo‘lida sustlashmay-og‘ishmay sa’y-harakat qilaverishga da’vat etadi. Bu sura payg‘ambar alayhis-salom nomlari bilan «Muhammad», deb atalgandir.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1. Kofir bo‘lgan va (o‘zgalarni ham) Alloh yo‘lidan to‘sgan kimsalarning amallarini (Alloh) zoe ketkazur.I z o h. Ushbu oyatda o‘zlari iymonsiz bo‘lib, boshqalarni ham din-iymon yo‘lidan to‘sadigan kimsalar agar yaxshi amallarni qilsalar ham, ularga hech qanday ajr-savob berilmasligi bayon etildi.2. Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan hamda Muhammad (alayhissalom) ga nozil qilingan narsaga (Qur’onga) – holbuki u Parvardigorlari tomonidan kelgan Haqiqatdir — iymon keltirgan zotlarning esa yomonlikgunoxlarini o‘chirur va ishlarin o‘nglar.3. Bunga (ya’ni kofirlarning amallari zoe bo‘lish mo‘minlarning gunohlari o‘chirilishiga) sabab – kofir bo‘lgan kimsalarning botil (yo‘l)ga ergashganlari, iymon keltirganlarning esa Parvardigorlari tomonidan bo‘lgan Haq (Qur’on yo‘li)ga ergashganlaridir. Alloh insonlarga ularning misollarini mana shunday bayon qilib berur.4. Bas, (ey mo‘minlar), qachon sizlar (jang maydonida) kofir bo‘lgan kimsalar bilan to‘qnashganlaringizda bo‘yinlariga uringiz — o‘ldiringiz! Endi qachon ularni(ng ko‘plarini) qirib (mag‘lub qilganingizdan keyin ularni asir olib) arqonlar bilan bog‘langiz! So‘ng yo (ularni ozod qilib yuborish bilan) marhamat ko‘rsatursizlar yo (ularni qo‘yib yuborish uchun) fidya-tovon olursizlar, Toki urush yuklarini qo‘ygunicha (ya’ni to‘xtagunicha sizlarga buyurilgan ish) mana shudir. Agar Alloh xohlasa ulardan (jang-jadalsiz ham) g‘olib bo‘lur (ya’ni ularni yo‘q qilib yuborur) edi, lekin U zot sizlarning ayrimlaringizni ayrimlaringiz bilan imtihon qilish uchun sizlarni jangga buyurdi). Alloh yo‘lida o‘ldirilgan zotlarning amallarini hargiz zoe ketkizmas.5. Ularni (jannat yo‘liga) hidoyat qilur va ishlarini o‘nglar.6. Ularni (Allohning) O’zi ularga tanitgan jannatga kiritur.7. Ey mo‘minlar, agar sizlar Allohga yordam bersangizlar (ya’ni Uning yo‘lida jihod qilsangizlar), U zot ham sizlarga yordam berur va jang maydonida kadamlaringizni sobit-barqaror qilur.8. Kofir bo‘lgan kimsalar uchun esa halokat bo‘lur va (Alloh) ularning amallarini zoe ketkazur.9. Bunga sabab, ularning Alloh nozil qilgan narsalarni (ya’ni, Qur’on va undagi hukmlarni) yomon ko‘rganlaridir. Bas, (Alloh) ularning amallarini behuda ketkazdi.10. Axir ular yer yuzida sayru-sayohat qilishib, o‘zlaridan avvalgi (payg‘ambarlarni yolg‘onchi qilib iymonsiz ketgan) kimsalarning oqibatlari qanday bo‘lganini (ular qanday qismatga yo‘liqishganini) ko‘rsalar bo‘lmaydimi?! Alloh ularning ustiga halokat yuborib (butunlay yo‘q bo‘lib ketdilar-ku)! Bu kofirlar uchun ham xuddi o‘sha (oqibat-halokat) ularning o‘xshashi bo‘lur.11. Bunga (ya’ni Alloh mo‘minlarga yordam berishiga, kofirlarni esa halok qilishiga) sabab Alloh iymon keltirgan zotlarning do‘sti-homiysi ekanligi, kofirlar uchun esa hech qanday homiy yo‘q ekanligidir.12. Albatta Alloh iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga kiritur. Kofir bo‘lgan kimsalar esa (mana shu hayoti dunyoning o‘tkinchi lazzatlaridan) foydalanib, chorva hayvonlari yeganidek yeb-ichurlar va ularning joylari do‘zax bo‘lur!13. (Ey Muhammad), sizni haydab chiqargan qishloq (ya’ni Makka ahli)dan ko‘ra (aholisi) kuchli-quvvatliroq bo‘lgan qanchadan-qancha qishloqni halok qilganmiz. Bas, ular uchun biron yordamchi bo‘lmagan.14. Axir Parvardigori tomonidan aniq-ravshan hujjatga (ya’ni Qur’onga) ega bo‘lgan kishi (ya’ni rasullulloh va mo‘minlar), qilgan yomon amali o‘ziga chiroyli ko‘ringan va havoyi nafsiga ergashgan (kofir) kimsalar kabi bo‘lurmi?!15. Taqvo egalari uchun va’da qilingan jannatning misoli - sifati (budir): «Unda aynimagan suvdan bo‘lgan daryolar ham, ta’mi o‘zgarmagan sutdan bo‘lgan daryolar, ichguvchilar uchun lazzatli (ya’ni badta’m va aqldan ozdirguvchi bo‘lmagan) maydan bo‘lgan daryolar ham, musaffo asaldan bo‘lgan daryolar ham bordir. Ular uchun u joyda barcha mevalardan bordir va (ular uchun u joyda) Parvardigorlari tomonidan mag‘firat bordir. (Ana shunday jannat axli bo‘lgan taqvo egalari) do‘zaxda mangu qoladigan va (u joyda) qaynoq suv bilan sug‘orilib, u (suv) ichaklarini bo‘lak-bo‘lak qilib tashlagan (kofir) kimsalar kabi bo‘lurmi?!I z o h. Yuqoridagi oyatlarda Alloh taolo mo‘minlar bilan kofirlar hech qachon barobar bo‘lmasliklarini aniq dalillar bilan bayon etdi va taqvodor mo‘minlarning borar joylarini ham, kofirlarning topajak oqibatlarini ham jonli lavhalar bilan tasvirlab berdi. Endi quyidagi oyatlarda so‘z munofiqlar va ularning kirdikorlari haqida boradi.16. (Ey Muhammad), ularning (munofiqlarning) orasida shunday kimsalar ham borki, ular sizga quloq solib turur-da, huzuringizdan chiqqan vaqtlarida, ilm ato etilgan zotlardan (masxara qilishib): «Hozirgina (Muhammad) nima devdi?» deb so‘rarlar. Ana o‘shalar Alloh dillarini muhrlab qo‘ygan va o‘zlarining havoyi nafslariga ergashgan kimsalardir.17. Hidoyat topgan – To‘g‘ri yo‘lga yurgan zotlarga esa (Alloh) yana hidoyatni ziyoda va taqvo ato etur, (ya’ni ularga haromdan parhez qilish yo‘llarini ko‘rsatur).18. Ular (Makka kofirlari o‘tmishdagi o‘z payg‘ambarlarini yolg‘onchi qilgan qavmlar duchor bo‘lgan halokatlardan eslatma-ibrat olmadilar), endi faqat to‘satdan (qiyomat) soati kelib qolishinigina kutmoqdalar. Darvoqe uning alomatlari keldi. Bas, ularga (qiyomat soati) kelgan vaqtida ularning eslatmaibrat olishlari (uchun) qanday (imkon) bo‘lur?!I z o h. Ya’ni Alloh taoloning oyat-mo‘jizalaridan pand-nasihat olib To‘g‘ri yo‘lda yurishni istagan kishi Qiyomat soati kelib qolishidan ilgari pand-nasihat olsin. Chunki u soat kelib qolgach, qilingan tavba-tazarru’ning hech qanday foydasi yo‘qdir. Darvoqe Qiyomat yaqinligining alomatlari ko‘rinib qoldi. O’zlar yotga, og‘aynilar yovga aylanishi, ulug‘lar kamayib, pastkash-tuban kimsalar ko‘payishi ana shunday alomatlardandir.19. Bas, (ey Muhammad), hech qanday iloh yo‘q, magar Allohgina bor ekanligini biling va o‘z gunohingiz uchun hamda mo‘min-mo‘minalar(ning gunohlari) uchun mag‘firat so‘rang! Alloh sizlarning (bu dunyodagi) kezar joylaringizni ham, (oxiratda) borar joylaringizni ham bilur.20-21. Iymon keltirgan zotlar: «(Kofirlarga qarshi jang qilishga buyurilgan) biron sura nozil qilinganida edi», derlar. Endi qachon aniq bir sura nozil qilinib, unda jang zikr etilsa, dillarida maraz bo‘lgan kimsalarni, sizga xuddi (kelib qolgan) o‘limdan (qo‘rqib,) behush bo‘lib qolgan kimsaning qarashi bilan qarashayotganini ko‘rursiz. (Holbuki), ular uchun (sizga) itoat etish va yaxshi so‘z (so‘zlash) loyiqroq edi. Endi qachon ish – jang muqarrar bo‘lsa, u holda agar ular Allohga (iymon keltirish va Uning jang qilish haqidagi amriga itoat etishda) sodiq-rostgo‘y bo‘lganlarida, albatta o‘zlari uchun yaxshiroq bo‘lur edi.22. Agar (iymondan) yuz o‘girsangizlar, yaqin-ki, sizlar yerda buzg‘unchilik qilursizlar va qarindosh-urug‘laringiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzursizlar!23. Unday kimsalarni esa Alloh la’natlagandir, bas ularning (quloqlarini pandnasihat eshitishdan) kar, ko‘zlarini esa (To‘g‘ri yo‘lni ko‘ra olmaydigan) ko‘r qilib qo‘ygandir.24. Axir ular Qur’on haqida fikr yuritmaydilarmi?! Balki dillarida qulflari bordir, (shuning uchun u dillarga Qur’on nuri yetmayotgandir)?!25. Albatta o‘zlariga hidoyat (yo‘li) aniq-ravshan bo‘lganidan keyin yana ortlariga (kufrga) qaytib ketgan kimsalarga (bu ishlarini) shayton chiroyli qilib ko‘rsatdi va ular uchun (puch orzu-xayolarni) uzun qilib qo‘ydi.26. Bunga (ya’ni kufrga qaytib ketishlariga) sabab, ularning Alloh nozil qilgan narsani (Qur’onni) yomon ko‘rgan kimsalarga: «Biz ayrim ishlarda sizlarga itoat etamiz», deganlaridir. Holbuki, Alloh ularning yashirgan (sirlari)ni bilur.I z o h. Munofiqlar musulmonlarga qarshi yahudiylar bilan ba’zi bir rejalarni xufyona tuzib yurar edilar. Mazkur oyatda Alloh taolo O’z payg‘ambariga ularning sirlarini oshkor qildi.27. Endi, farishtalar ularning yuzlari va orqalariga urib, jonlarini olar vaqtida, (ularning hollari) qanday bo‘lur?!28. Bunga (ya’ni o‘lim soatidagi bunday azobga) sabab, ularning Allohni g‘azablantirgan narsaga (ya’ni munofiqlik yo‘liga) ergashib, U zotning rizoligini (ya’ni mo‘minlar bilan birga kofirlarga qarshi jang qilishni) yomon ko‘rganlaridir. Bas, (Alloh) ularning qilgan yaxshi) amallarini ham behuda ketkazdi.29. Balki dillarida maraz-nifoq bo‘lgan kimsalar Alloh ularning (dillaridagi mo‘minlarga nisbatan bo‘lgan) adovatlarini oshkor qilmas, deb o‘ylagandirlar?!30. (Ey Muhammad), agar Biz xoxlasak, albatta sizga ularni (munofiqlarni) ko‘rsatib-tanitib qo‘ygan bo‘lur edik, u holda siz ularni (Biz belgilab qo‘ygan) belgi-alomatlaridan tanib olgan bo‘lur edingiz. (Qasamki, endi) albatta siz ularni (ular so‘zlayotgan — zohiri iymonga dalolat qiladigan, botini esa kufr bo‘lgan) so‘z ohang — uslubidan tanib olursiz. Alloh sizlarning (barcha) amallaringizni bilib turur.31. Albatta Biz, to sizlarning orangizdagi (Bizning yo‘limizda molu-jonlari bilan) jihod qilguvchi va (yaxshi-yomon kunlarda) sabr qilguvchi zotlarni bilgunimizcha, hamda sizlarning holi-xabarlaringizni tekshirib — yuzaga chiqargunimizcha, sizlarni imtixon qilurmiz.32. Albatta kofir bo‘lgan va (o‘zgalarni ham) Allohning yo‘lidan to‘sgan hamda o‘zlariga hidoyat (yo‘li) aniq-ravshan bo‘lganidan keyin yana payg‘ambarga qarshilik kilgan kimsalar, Allohga biron ziyon yetkaza olmaslar va (Alloh) ularning (payg‘ambarga qarshilik qilish yo‘lidagi barcha) amallarini behuda ketkazur.33. Ey mo‘minlar, Allohga itoat etingiz va payg‘ambarga itoat etingiz! Va (kufr, yo munofiqlik yo‘liga kirish bilan qilgan) amallaringizni botil-befoyda qilib qo‘ymanglar!34. Albatta kofir bo‘lgan va (o‘zgalarni ham) Alloh yo‘lidan to‘sgan, so‘ngra kofir hollarida o‘lgan kimsalarni Alloh hargiz mag‘firat qilmas!35. Bas (ey mo‘minlar), sizlar (u kofirlarga qarshi jang qilayotganingizda hargiz) sustkashlik qilmangiz va o‘zlaringiz ustun-g‘olib bo‘lgan hollaringizda (ularni) yarashga ham chaqirmangiz! Alloh sizlar bilan birgadir va U hargiz qilgan amallaringizning savob-mukofotini) kamaytirmas.36. Albatta bu hayoti dunyo faqat (bir nafaslik) o‘yin-kulgidir. Agar sizlar iymon keltirsangizlar va taqvo egalari bo‘lsangizlar U zot sizlarga ajrmukofotlaringizni berur va sizlardan mol-dunyolaringizni so‘ramas.37. Agar (Alloh) sizlardan (mol-dunyolaringizni) so‘rab, sizlarni qiynaydigan bo‘lsa, sizlar baxillik qilursizlar va U sizlarning (dillaringizdagi) kekadovatlaringizni oshkor qilur.38. Mana, sizlar shunday kishilardirsizki, Alloh yo‘lida infoq-ehson qilish uchun da’vat qilinursizlar. Bas, (aniqki) sizlarning orangizda baxillik qiladigan kimsalar ham bordir. Kim baxillik qilsa, bas, albatta u faqat o‘z ziyoniga baxillik qilur. (Chunki u ajr-savobdan mahrum bo‘lur). Alloh (sizlarning xayrehsonlaringazdan) boy-behojat, sizlar esa (U zotning ajr-savobiga) faqirmuhtojdirsizlar. Agar sizlar (Allohga itoat etishdan) yuz o‘girib ketsangizlar, U zot (o‘rningizga) sizlardan boshqa bir qavmni almashtirib qo‘yur, so‘ngra ular sizlarga o‘xshagan bo‘lmaslar, (balki Allohga toat-ibodat qilurlar)!
Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
|
|
| |