Дата: Chorshanba, 08.02.2012, 13:57 | Сообщение # 1
Ijodkor
Группа: Sayt Do'sti (Sd)
Сообщений: 2927
Статус: Saytda emas
Internetda shu haqida maqola bor ekan, uni sizlar bilan baham ko'rishni lozim topdim! Demak boshladik! Qizlar bilan ilk marotaba tanishganda shunday hatoliklarga yo`l qo`yamiz-ki, keyinchalik bular bizning munosabatlarimizga o`z ta`sirini o`tkazmay qolmaydi. Albatta, ko`pchilik bunday holatlarni yuzlarida tabassum bilan yodga olishadi. Lekin bu holatdan doimo ham kulgu bilan chiqib keta olmaysiz. Shu sababli qizlar bilan tanishishdan avval quyidagilarni bilib o`lsangiz o`zingizga foyda bo`ladi. 1. O`ZINGIZNI MUHABBAT ASIRIGA AYLANTIRMANG U haqda kamroq o`ylang. Hayolingizda uning tasvirini chizishni ham bas qiling. Qizga sizning fikrlaringizni bandetishga imkoniyat bermang. Agarshunda ham muhabbat dardiga duchor bo`lsangiz, unga buni bildirmang.Albatta, ayollarda ichki hissyot juda rivojlangan. Bu sizga qiyin bo`lishi mumkin. Agaru sizning yaxshi ko`rishingizni payqasa, busizga jarima bo`ladi. Qizlar bilan bo`ladigan aloqalarning barchasini yakkama-yakka o`ynladigan o`yinga qiyoslash mumkin. Siz keyingi uchrashuvlarni hayajonga berilmagan holda rad eting. Unga ko`p qo`ng`iroq qilmang. Siz qilayotgan qo`ng`iroqlar soni u sizga qilayotgan qo`ng`iroqlar sonidan ortib ketmasin. Ammo, ataylab qilayotganingizni sezdirmaslikka harakat qiling. Yodda tuting: agar bu qism shartlarini bajarmasangiz, qolganshartlar o`z kuchini yo`qotadi! 2. QIZNI YAXSHILAB O`RGANIB CHIQING Siz o`zingiz uchun yangi yo`nalish toping. Qizni "skaner" qilib, "rentgen"dan o`tkazib o`rganing. Muhimi uning qalbiga yo`l toping. Uning qiliqlari, qiziqishlari, yomon ko`rgan narsalarini bilib oling. Agar uni sevgan yigiti bo`lsa, extiyot bo`ling. Eng asosiysi uning sevgan yigitini yomonlamang. Yaxshisiuni himoya qilishingiz to`g`risida ikki og`iz gapirib qo`ying. 3. TASHQI KO`RINISHINGIZGA E`TIBORLIROQ BO`LING Tashqi ko`rinish o`zaro aloqalar o`rnatishda muhim rol o`ynaydi. Agar qiz sizga "erkak kishi maymundan farq qilsa bo`ldi", desa, ishonmang! Albatta, go`zallik bu nisbiy tushuncha. Agar sizdabter hidi kelib tursa yoki tirnoqlaringiz osti kir bo`lsa, yaxshisi siz tanishish haqida o`ylamang. Kiyim ham bu borada muhim unsur hisoblanadi. Hayotda avval soatini, keyin botinkasini, so`ngra yigitning o`zini yoqtirib qolgan hodisalar ham uchragan. Biroq kiyimga katta e`tibor berish ham talab etilmaydi. Muhimi ular toza va o`zingizga yarashib turadigan bo`lishi lozim. 4. "ERKAK BO`LING" Xarakteringizga katta e`tibor qarating - qiyin vaziyatlarda his-hayajonga berilmasdan, hazil bilan vaziyatni yumshating. Jiddiylikni saqlang. Mimikangizning holatiga ham alohida e`tibor bering. Qizlar masxaraboz erkaklarni yoqtirishmaydi. Qizni turli laqablar ("mushukcham" va boshqalar) bilan atamang. Yengiltaklik, bolalarga hos qiliqlar qilmang. Agar u sizga "Huddi yosh bolaga o`xshaysiz-a", desa, tamom. Munosabatlaringizni yaxshilash yo`llarini qidiravering. Qizlar aqlli erkaklarni yoqtirishadi. Lekin siz buni suyiste`mol qilmang. Uning fikrlarini o`zingizning "temir mantig`ingiz" bilan bo`lmang. Bu holat munosabatlarga yomon ta`sir o`tkazadi. 5. ZIQNALIK QILMANG Qizlar ziqna erkaklarni hush ko`rishmaydi. Agar sizda moliyaviy muammolar bo`lsa, go`zal xonimlar haqidagi orzularingizni unuting. Cho`ntagingizga pul tushsa, o`zingizga yaqin bo`lgan qizni restoranga taklif qiling. U yerda unga eng qimmat taomlardan totib ko`rishni maslahat bering. Statistika ma`lumotlariga ko`ra bunday sahiylikka mahliyo bo`lgan qiz, biron-bir arzonroq taomga buyurtma berishi aniqlangan. Ko`plab arzon sovg`alarga ovora bo`lmasdan, bitta qimmatini sovg`a qiling. Siz ayolga o`z qarashlaringizdan kelib chiqib emas, balki uning ko`nglidagi narsani sovg`a qilishga harakat qiling. Shuni unutmang-ki, ortiqcha qilingan harajat ham qizning ko`nglini sovutib qo`yishi mumkin. Agar sizlar taksiga o`tirib, unga keragidan ko`p pul bersangiz, siz haqingizda qiz quyidagilarni o`ylashi mumkin: - Ahmoq, bu pul bilan yarim kun aylansa bo`lardi. - U taksida juda kam yuradi. - U savdolashishni bilmaydi, u bilan uzoqqa borib bo`lmaydi. - U mening yonimda o`zini shunday tutyapti. Demak, tushunchasi yaxshi emas ekan. 6. UNI TINGLANG VA AKSINI BAJARING Gap shundaki qizlarning ko`pchiligi o`zlari o`ylayotgan narsaning teskarisini so`rashadi. Agar biror qiz sizni hech qachon sevib qolmasligini aytsa, bu haqiqat bo`lishi mumkin. Lekin, ko`p hollarda buning aksi bo`lib chiqadi. 7. ALOQALARGA ANIQLIK KIRITISHGA HARAKAT QILMANG Qiz sizni sevadimi-yo`qmi, bilishga harakat qilmang. Undan bugun nega kayfiyati yo`qligini, shirin so`zlar bilan sizni siylamayotganligi haqida so`ramang. Biror marta bunday suhbat sizlarning boshingizdan o`tgan bo`lsa, butun umrga yutqazdim deb hisoblayvering.
Сообщение отредактировал SanjarBek - Chorshanba, 08.02.2012, 14:06
Дата: Chorshanba, 08.02.2012, 14:10 | Сообщение # 3
Ijodkor
Группа: Sayt Do'sti (Sd)
Сообщений: 2927
Статус: Saytda emas
8. UNGA MASLAHAT BERMANG Har qanday holatda ham qizlarga maslahat bermang. Qanday bo`yanadi, qanday kiyinadi, o`zi hal qilsin. Buni u o`ziga nisbatan haqorat deb qabul qilishi mumkin. Hatto u o`zining bugungi hunuk ko`rinishi haqidafikringizni so`rasa ham sizning nigohlaringizda undan go`zali yo`qligini ayting. Ilmiy yoki ish yuzasidan maslahatlarda esa boshqacha yo`l tuting. Ularda ham ehtiyotkorlik talab etiladi. Yaxshisi siz u sizning oldingizga qo`ygan variantlar ichidan keraklidini tanlab olishga yordam bering. 9. O`ZINGIZGA ISHONING Bilasizmi, kecha siz havas bilan qarab turgan qiz bugun sizniki bo`lishi mumkin. Umuman tanishib bo`lmaydigan qizlar yo`q. Ular ham biz istagan narsani hohlashadi. Bizningcha siz shu qizning orzusidagi yigitsiz. O`zingizga ishonch bilan qarang. Lekin o`zingizni birnchi o`ringa qo`ymang. Qizlar mayda gaplarni yoqtirishmaydi. Agar siz shu qoidalarga amal qilsangiz o`ylaymizki ko`nglingizdagi qiz bilan tanishish sizga ancha oson bo`ladi. Manba: Eslolmadim (agarda siz ushbu maqolani muallifi bo'lsangiz men bilan bog'lanishingiz mumkin)