Bugun mendan kulib-kulib ketdilar, Sevgimni yurakdan yulib ketdilar, Meni go‘yo telba bilib ketdilar, Maylida kulsalar o‘zi biladi — Oxirida kulsa kim, chindan kuladi. Izidan termulib yig‘ladim zor-zor, Ortiga qayrilib boqmadi bir bor, Holimni ayladi shunchalar abgor, Maylida ketsalar o‘zi biladi — Oxirida kulsa kim, chindan kuladi. Oltin xor bo‘lmagay, loyda yotsa ham, Qadrin yo‘qotmagay, o‘tda yonsa ham. Mayli edi hatto kulmay ketsa ham, Qadrimga etmasa o‘zi biladi — Oxirida kulsa kim, chindan kuladi. O‘zgadan kulganlar bir kun xor bo‘lar, Muhabbat mehriga yig‘lab zor bo‘lar, Alamu-qayg‘uga griftor bo‘lar. Maylida kulsalar o‘zi biladi — Oxirida kulsa kim, chindan kuladi