Intizor kutsam yo‘ling, O‘zgaga tutding guling. Yana kelibdi ko‘rging, Ayt seni qanday sevay? Dildan ketsa diyonat, Paydo ekan xiyonat. Sevgi bunda xijolat, Ayt seni qanday sevay? Boshingni urib toshga, Yonimga kelma boshqa. Ishonmayman ko‘z yoshga, Ayt seni qanday sevay? «Yurish»ni qibsan hunar, Bundaylarga kim ko‘nar. Muhabbat qasos so‘rar, Ayt, seni qanday sevay?
Yuragimni qoplab oldi yana hayajon, Yana uning sog'inchida yig'ladim unsiz. Kechagina quvonchlarni bo'lishgan edik, Bugun esa qalbim yana ikkimiz yolg'iz.