Gipertonik kriz yoki qon bosimi ko'tarilganda birinchi yordam
Gipertonik kriz deb arterial qon bosimining to‘satdan, juda yuqori ko‘tarilib ketishiga aytiladi. Gipertonik kriz asosida bosh miyada joylashgan yurak qon tomir sistemasini boshqaradigan markaz faoliyatining buzilishi yotadi... Sabablari: qon bosimiga qarshi ichilayotgan dori vositasini to‘satdan bekor qilish dori vositasining dozasini shifokor ruxsatisiz o‘zgartirish ob-havoning o‘zgarishi – erta bahor va kech kuz oylarida kriz ko‘proq kuzatiladi ayollardagi hayz va klimaks davri emotsional streslar (siqilish, tashvish, qayg‘u, janjal). tanadagi mavjud yondosh kasalliklarning qo‘zg‘alishi (masalan, oyoq og‘rishi va h.k.). spirtli ichimliklarni ichish. Kasallik belgilari – ko‘rsatilganlardan biri yoki ushbu belgilardan ba’zilari birgalikda kuzatilishi mumkin: boshning lo‘qillab og‘rishi ko‘z oldida yulduzchalar paydo bo‘lishi yurak sohasidagi og‘riq nafas siqishi umumiy holsizlik ko‘ngil aynishi, qusish ko‘z soxasida kuchli og‘riq ba’zan kriz boshida bemor xush kayfiyatli yoki jahldor yoki yig‘loqi bo‘lib qolishi mumkin. Gipertonik krizda bemorga birinchi yordam ko'rsatish Birinchi navbatda darxol “tez yordam” chaqirish zarur. “Tez yordam” yetib kelgunga qadar: - bemorni o‘ringa yarim o‘tirgan holda yotqizish; - shifokor kelgunga qadar quyidagi dori vositasini qabul qilish zarur - Farmadipin tomchisidan 5 tomchisini kichik qand bo‘lagiga tomizib til ostiga qo‘yish (qand bo‘lmaganda til ostiga tomiziladi). *Eslatma ushbu dori (farmadipin) yurak tez urganda (taxikardiya), miokard infarktida, stenokardiya xuruji davrida, ya’ni yurak va to‘sh sohasida og‘riq kuzatilganda aslo mumkin emas. Agar ushbu doriga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lganda, Kaptopril 25 mg tabletkasini 1 donasini til ostiga qo‘yish mumkin. Agar qon bosimingiz tez-tez ko‘tarilib turadigan bo‘lsa, shifokoringiz bilan maslahatlashing va har doim qon bosimini tushiradigan dori vositalarini uyingizda saqlang. Qon bosimining ko‘tarilishiga aslo yo‘l qo‘ymang. Shifokor tavsiyalarini bajaring. Unutmang, kriz asorat berishi bilan xavflidir, natijada miokard infarkti, insult, nogironlik hatto o‘lim holatlari kuzatilishi mumkin.