Apple shirkati ko'pchilik tarafidan muhokama qilinayotgan iPad Mini planshetini oktyabr oyi ohirida e'lon qilishi mumkin.
Bu haqda Apple ning 23 oktyabr kuniga uyushtirayotgan taqdimot marosimiga taklifnoma olgan jurnalistlar xabar qilmoqda.
Taklifnomada "Bizda siz uchun yana bir narsa bor" ("We've got a little
more to show you") yozuvi tushirilgan. Jurnalistlarga ko'ra, "little"
(ozgina, kichkina - tahr.) so'zi kichraytirilgan iPad planshetiga ishora
etishi mumkin.
Кореяликлар истеъмолчиларга реклама роликларидан бирида iPhone — кексалар учун мўлжалланган телефон эканлигини, Android смартфони эса айнан ёшларбоп эканлигини очиқ ойдин акс эттиришди. Аммо статистика акс ҳолатни тасдиқламоқда.
Apple shirkati 21 sentyabr kuni sotuvga chiqarilgan iPhonening yangi modeli uch kun ichida 5 million dona sotilganini ma‘lum qildi.
iPhone 5 dunyoning 9 davlati, jumladan, AQSh, Frantsiya, Kanada va Yaponiyada sotuvga chiqarilgan edi.
Shu haftaning oxirigacha iPhone 5 yana 22 davlatda sotuvga chiqariladi. Apple joriy yilning oxirigacha iPhone 5 dunyoning yuzta davlatida sotiladigan bo‘ladi.
iPhone 5 илк уч кун сотилиши бўйича Уолл- стрит таҳлилчиларининг ўтган ҳафта қилган башоратлари амалга ошмади. Мутахассислар iPhone5 янги модели 6-8 миллион нусхада сотилишини кутган эдилар.
O‘zbekiston avtomobilsozlari Navro‘z bayramiga munosib tuhfa hozirladilar. Poytaxtimizda 20 mart kuni "GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan "Chevrolet Malibu” avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mamlakatimizning tegishli vazirlik va idoralari, "O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar, "General Motors” kompaniyasi, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Marosimda Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida O‘zbekistonda avtomobilsozlik sanoatiga asos solingani va ushbu soha bugungi kunda iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biriga aylangani alohida ta’kidlandi.