O'zbek estradasida o'z o'rniga ega bo'lgan ikki yulduzning yo'li bir
chiziqda kesishadigan fursat yetgan ko'rinadi. Sardor Rahimxon va Lola endilikda birga duet tarona kuylashga
qaror qilishgan. Ayni damda duet tarona uchun mos keladigan musiqa va so'zlar
tanlash ishlari olib borilmoqda.
Umid qilamizki, ushbu ijodiy mahsulot barchaning diqqatini
o'ziga tortadi va ajoyib hit tarona dunyoga keladi.
Shuningdek, Sardor Rahimxon qoraqalpoq tilida kuylagan "Ko'nglum sendedur" taronasga ham klip suratga tushirish
niyatida. Klipni Yodgor Nosirov suratga olishi rejalashtirilgan.
Darvoqe, 3 sentyabr kuni "O'zbegim taronasi" radiosi tomonidan uyushtirilgan "Yulduzli hit-parad" gala-konsert dasturida Sardor Rahimxon ijro etgan "Eyforiya" taronasi ham
yilning eng yaxshi taronalaridan biri deb topilib, maxsus "Oltin
disk" bilan taqdirlandi. Mana shu kuni Sardor Rahimxonning tavallud topgan kuni edi.
Shunday qilib Sardor 3
sentyabrda qo'shaloq bayramni nishonlashga erishdi.