Ko’pincha egizaklar bir-biriga o’xshaydi.
Darhaqiqat, shunday
egizaklar bo’ladiki,
ular xuddi bir olmaning
ikki pallasidek bir-biriga aynan o’xshash bo’ladi. Lekin bu hodisa hamma egizaklarda ham
uchrayvermaydi. Bir-biriga
uncha o’xshamaydigan egizaklar
ham ko’p bo’ladi.
Buning siri nimada? Qay vaqtda
egizaklar bir-biriga o’xshaydi-yu,
qanday hollarda unchalik
o’xshamaydi?
Mutaxassislarning
ta’kidlashlaricha, quyib
qo’ygandek o’xshash egizaklar
urug’langan bitta tuxum
hujayrasidan rivojlanib
bunyodga keladi. Shuning uchun
bundaylarni bir tuxumli egizaklar
deb yuritiladi. Uncha o’xshash
bo’lmagan egizaklar esa ikki
tuxum hujayrasining bir vaqtda
rivojlanishidan vujudga keladi va
ular ikki tuxumli egizaklar, deb
ataladi. Tibbiy fanlar
akademiyasi Tibbiyot genetikasi
instituti va Moskva ikkinchi
Tibbiy instituti xodimlari shu sirli
hodisa sababini – qachon bir
tuxumli egizaklar tug’iladi-yu,
qanday holatda ikki tuxumlilar
tug’iladi? Degan muammoni hal
etishga urinib ko’rishgan. Ular
o’sha paytda istiqomat
qilayotgan egizak farzandli 259
oilada tekshirish o’tkazishdi.
Ma’lum bo’lishicha, bu oilalarda
tavallud topgan egizaklarning 86
jufti bir tuxumli, 173 jufti esa
ikki tuxumli egizaklar edi.
Natijalarga ko’ra, bu g’alati
hodisaning o’ziga xos
qonuniyatlari mavjud ekan.
Shundog’ki, ona qanchalik
bo’ychan bo’lsa ikki tuxumli
egizaklar tug’ilishi ehtimoli
ko’proq ekan. Bu ehtimollik
shuningdek, ona jismoniy
mehnati bilan shug’ullanadigan
hamda ota-onaning o’zaro munosabatlari unchalik yaxshi bo’lmagan oilalarda ham kuzatilarkan.