Statin sinfiga kiruvchi tanadagi
xolesterin miqdorini
kamaytirishga mo‘ljallangan
preparatlar chekish azobidan
qiynalayotganlarga yordam
berishi mumkin.
Oklaxoma universitetida olib
borilgan o‘pka yallig‘lanishining
oldini olishga qaratilgan qator
tajribalarning muallifi Valid Yunis
o‘z amaliyotidan kelib chiqib buni
ma'lum qildi.
"So‘nggi o‘nyillikda statin yurakni
xolesterindan ozod qilib, uning
bevaqt kasallanib qolishidan tash
qari o‘pkaga ham ijobiy ta'sir
qilishi ma'lum bo‘ldi, deydi
doktor Yunis. - Kashandalarda
o‘tkazilgan testlar shuni
ko‘rsatdiki, kashandalik tufayli
o‘pkada paydo bo‘ladigan yengil
shamollashning statin yordamida
oldini olish mumkin."
Kashandalikning yengil va og‘ir
darajalari mavjud. Bir kunda o‘n
martagacha nikotinga hamroh
bo‘luvchilarni olimlar yengil
tipdagi chekuvchilar deb
atashadi. Yunis tavsiya qilayotgan
sigaretga qarshi statin usuli
chekuvchilarni kundalik
azoblaridan xalos etishi mumkin.