Sharof Muqimov hamda Sevinch Muqimovalar xonadoniga yangi mehmon tashrif buyurdi. Estradamizning ikki yorqin yulduzi 20 sentyabr kuni farzandlik bo'lishdi. Biz ularni dunyoga kelgan qizaloq farzand bilan chin dildan muborakbod etib qolamiz.
20 sentyabr kuni soat (tongda) 4:20da Toshkent shahrining SamPI tug'uruqxonasida Sevinch Muqimova (Mo'minova) farzand ko'rdi. Hozirda ona va bola o'zlarini juda ham yaxshi his qilmoqdalar. Qizaloqqa Sharof hamda Sevinch bir qarorga kelib Aslzoda deb ism qo'yish haqida bosh qotirmoqdalar. Hozircha ism qo'yilgani yo'q. Ammo, ota va ona shu ismda to'xtalib turibdilar. Biz Samimiyat.ucoz.com portali ijodiy jamoasi Sharof hamda Sevinch Muqimovalarni dunyoga kelgan shiringina qizaloq farzand bilan muborakbod etib qolamiz. Ularning hayotlari endilikda bundanda quvnoq va a'lo darajada o'tsin! Farzandlarini rohatini ko'rib yurish nasib etsin!