Internet injiqliklari yoxud blokqilingan saytlar xususida
Internet
yordamida
ma'lumot topish
kerak bo'lganda
ko'pincha
"google"
qidiruvidan foydalanaman.
Ba'zan ish osonga ko'chadiyu,
ba'zan umuman boshqa
ma'lumotlarni taqdim etishi
asabni buzadi. Mana, topdim, deb
navbatdagi manzilga kirmoqchi
bo'lganimda u qolib, qandaydir
msn.com ga tushib qolaman.
Sabab - u saytga blok qo'yilgani,
ya'ni kirish va foydalanish
taqiqlangani!
Virtual olamda cheklovning turli
ko'rinishlari mavjud. Rasmiy blok
qilinmagan oddiy saytlarning
ba'zilarida ham bir qancha ochiq-
yopiq qismlar bo'ladi. Masalan,
saytning barcha uchun ochiq
qismiga "Mehmon"
foydalanuvchilar kira oladilar.
"Mehmon"lar uchun yopiq qismi
ham borki, uning
foydalanuvchisiga aylanish uchun
ro'yhatdan o'tish kerak. Saytlarda
maxsus qism ham bo'lib, bunga
ba'zi guruh foydalanuvchilari kira
oladilar. (misol uchun, diniy
saytlarning "Muslima" bo'limiga
faqat qizlar kiritilishi,
moderatorlar paneli).
Bu internetning eng oddiy
cheklovi. Bundan tashqari, tijorat
maqsadida reklama oldi blok
ham qo'yilishi kuzatilgan. Bu
ko'pincha auditoriyasi ko'p
saytlarda bo'lib, reklamaning
kichik oynasini (o'qiysizmi-
yo'qmi) o'chirmasdan, ortidagi
ma'lumotdan voqif bo'lolmaysiz.
Asosiysiga endi keldik. Ba'zi
saytlar ko'rish va ma'lumotlarini
o'qishni taqiqlash maqsadida siz
uchun yopiq bo'ladi. Internet
rivojlangan sari, taqiqlar ham
ko'payib bormoqda. Bir necha
davlat mutaxassislari mazkur
xolatga ijobiy qaraydilar.
Aytishlaricha, bu internet
tarmog'iga e'tibor va nazorat. Bu
- "sozlash", "tozalash", "tartibga
keltirish" deb talqin qilinayotgani
bilan, internet foydalanuvchisi
uchun birgina so'z - "senzura"
bo'lib qolaveradi.
Vaziyatga xolis qarash uchun,
saytlar nima maqsadda blok
qilinishini anglab olish kerak.
Blok qilinadigan saytlar turlicha.
Ularning bir turi radikal ruhdagi,
siyosatga "aralashgan", boshqa
davlatlarga axborot xuruji
o'tkazgan veb sahifalardir.
Bunday saytlarga "e'tibor"
qaratish har bir davlatda bor,
xavfsizlik chorasi muhim
siyosatga aylangan. Jumladan,
Toni Bler internetda tartib
o'rnatish tarafdori ekanligini bir
necha bor bayon qilgan.
Rossiyada ham academ.org sayti,
"Сибирь Телеком" ,
"Академтелеком", "Полимекс
плюс", "Первая миля" tuman
provayderlari foydalanuvchilar
uchun yopiq. Xitoyda internet
uchun "firewall" degan
tushuncha bo'lib, bu "yong'indan
himoyalovchi devor" degan
ma'noni bildiradi. Bu internetni
viruslardan, "xakker"lardan va
hazil qilib aytganda,
foydalanuvchilardan
himoyalashdir. Xitoyda va Eronda
hattoki Wikipedia sayti ham blok
qilingan. Kubada ma'lum qatlam,
masalan mediklargagina
internetdan foydalanish ruxsat
etilgan bo'lsa, Shimoliy Koreyada
faqat hukumat va partiya saytlari
ochiq hisoblanadi.
Dunyodagi ko'plab
mamlakatlarning hukumatlari
internetdan erkin foydalanishni
cheklashga urinayotgani sababli,
AQShdagi Global masalalar
bo'yicha Davlat kotibining
o'rinbosari Paula Dobrianskiy
xususiy sektorni internet
tarmog'iga qo'yilayotgan
cheklovlarga qarshi turishga
chaqirdi. Tilga olganimiz Xitoy,
bundan tashqari, Misr, Kuba kabi
davlatlar internetdan erkin
foydalanishni cheklagani uchun
xalqaro hamjamiyatning
tanqidiga uchradi.