Paparatssilar
kimlar? Bu haqda
rus tili izohli
lug‘atida
quyidagicha
yozilgan: «Haddan
tashqari me’daga tegadigan
jurnalist-suratkash, mashhur
kishilarning shaxsiy hayotini
o‘rganish va turmush tarzini
tasvirga olishga urinuvchi
shaxs».
G‘arbda paparatstsilar — faqat
yuqori tabaqadagi suratkashlar
hisoblanadi. Bir paytning o‘zida
ularni yaxshi ko‘radilar va ularga
nafrat bilan qaraydilar, ammo
paparatstsilar bilan
hisoblashadilar, ularning
rasmlarini kutishadi va bu ijod
namunalari juda qimmat
baholanadi. Bu kasb egalari hech
qachon charchamaydilar (bo‘sh
kelmaydilar). Ular doim kerakli
joyda va kerakli paytda tayyor
turadilar. Axir — bu oddiy ish
bo‘lmasdan, balki ularning
turmush tarzidir.
Paparatstsilar — haqiqiy va sabr-
qanoatli, ishqivoz «ovchi»lardir.
Ular o‘zlarining qimmatbaho
narsalarini asrab-avaylab,
ardoqlaydi. Agar zarur bo‘lsa,
mashhur kishilarning sirli
hayotiga ko‘z olaytirgan insonlar
bilan, o‘zlarining hayotini xavf
ostiga qo‘yib bo‘lsa ham,
kurashadilar.
Paparatstsilar — havaskor
suratkashlar emas, balki biror-bir
voqea tarixini yoritib beruvchi
muxbirlardir. Ularning ishlari
asosida biror-bir yulduzni kashf
etish emas, avvalambor,
insonning xarakterini,
serg‘ayratligi yoki ochiq surbetlik
darajasiga yetganligini ochib
berish yotadi. Ayniqsa,
paparatstsilarga nashriyot talabi
uchun suratga olish jarayonining
sifati ahamiyatga ega.
Paparatstsining tarixiga nazar
soladigan bo‘lsak, 1950 yilning
boshlarida Rim shahrida ilk
paparatstsilar paydo bo‘ldi.
Ushbu atamaning kirib kelishiga
Federiko Fellini sababchi bo‘lgan.
U «Shirin hayot» kinofilmida
asosiy qahramon sifatida
Paparatstso ismli fotomuxbirni
suratga olgan.
Ba’zi taxminlarga ko‘ra,
paparatstsi — bu taniqli
rejissyorning familiyasi deyilsa,
boshqa tomondan u italyan
so‘zining bir shevasidan olingan
bo‘lib, «uy zararkunandasi»
degan ma’noni anglatadi. Misol
tariqasida, paparatstsi timsolida
suratkash Tatsio Sekkyarolini
ko‘rishimiz mumkin. Haqiqiy
paparatstsining o‘ziga xos ajralib
turuvchi xususiyatlari mavjud.
Birinchidan, u mashhur
kishilarning shaxsiy hayotini to‘la
ochib berishi lozim. Ikkinchidan,
u bir martalik surat uchun katta
miqdorda gonorar oladi.
Ilk rimlik paparatstsilar kam
miqdorda ish haqi olgan. Ammo
70-yillarning boshida G‘arbda
urushdan charchagan ommaning
mashhurlar shaxsiy hayotiga
bo‘lgan qiziqishi ortib bora
boshladi va paparatstsilarning
olgan suratlari uchun katta
miqdorda pul to‘lay boshlandi.