She'rxonlikni boshlabsiz, xo'p, bir so'z aytmay, Endi bizga bering uning sabog'ini. Shunda millatga xos bo'lib, cho'p olib, Kavlaymiz-da, keyin kalom o'chog'ini. ( ) Cho'g'ini cho'g', kulini kul qilib, saylab, Mag'zin olib, tashlaymiz so'ng po'chog'ini. Aybga boqmang, baytlar bisyor, ham beme'yor, Zo'rni oling, ne qilasiz pachog'ini? Eshitmoqni aylasangiz ixtiyorlar, Adabiyot keng ochar o'z quchog'ini G'azal o'qing, baytlar to'qing,anganmasa, Mayli so'ring kaminadan so'rog'ini Oldim qalam - sh'eriyatning yarog'ini Ochdim keyin muhabbatning varog'ini Ash'or bitsam o'zbek qizimning sha'niga, Topolmassiz tilaklarim adog'ini. Bu dunyoni she'rga ko'mib yashash kerak, Qalbga sanchib she'riyatning pichog'ini