Energetika, savdo, geosiyosat va madaniy sohalarda Xitoyning mintaqaga ta’siri kuchayib bormoqda. Ba’zilar buni uzoqni ko’zlovchi, puxta siyosat deydi. ”Shu yilning o’zida Xitoyning Rossiya, O’zbekiston, Qozog’iston va Turkmaniston bilan energetik bordi-keldisi hazilakam ish emas. Regionda mustahkam o’rnashishdir maqsadi”, - deydi ular. Kiritilgan pul bilan birga xitoyliklar ham oqib kelmoqda. Din ahli bu davlat sarmoyasiga shubha bilan qaraydi. Ularcha, hech kim beg’araz ish qilmaydi. Dinsizlik omili, genofondga zarar ular. ”Kelib o’zbek, tojikka uylansa, kelajakda bir mushkulot bo’ladi. Rossiyada bir million mehnat muhojiri bo’lsa, yarmi yigit. Natijada bizdagi xotin-qizlar xitoyliklar bilan turmush quradi”, - deydi dindorlar. Boshqalar Tojikiston zaif, iqtisodi bo’sh, qo’shnilarga qaramligi va korrupsiya Xitoyga qo’l kelmoqda, deydi. ”Xitoy Tojikistondagi loyihalarga ajratgan millionlab mablag’ini o’z ishchilari orqali qaytarib olmoqda. Holbuki, u pullarni mahalliy ishchilar olishi mumkin edi. Aslida biz Xitoydan emas, rahbarlarimizdan ranjisak to’g’ri bo’lar edi”, - deydi savdo ahli.