Oybek va Nigora haqida (toliq malumod) Oybek Tug’ilgan joyingiz? Toshkent shahrida tavallud topganman. Oila a’zolaringiz? Otam- Bahodir Alimov, onam Nodira Alimova. Oilada ikki farzandmiz. Bir akam bor. Oilaviy holatingiz? Uylanmaganman. Ishlagan , oqigan joylaringiz? Hamza nomidagi Respublika Musiqa kollejining 3-kurs talabasiman. Nima uchun qo`shiqchi bo`lgansiz ? Yoshligimdan qiziqqaman. Oilamdagilar ham mening qarorimni qo`llab - quvvatlashgan. Sizningcha san`atkorlar nima uchun kerak? San`at bilan hayotimiz jozibaliroq bo`ladi. Hayot rang- barangroq, qiziqarliroq bo`ladi. Qo`shiq yaratish siz uchun nima? Qo`shiq yaratish meni uchun zavq. Qiziqishlaringiz? Sportga qiziqaman. Internetda ko`p ishlayman va o`yinlar o`ynayman. Sevimli rangingiz yoki xushlamaydigan rangingiz? Yashil rangni yo`qtiraman. Yomon ko`rgan rangim yo`q. Bo’yingiz va vazningiz? Bo`yim 175 sm, vaznim 60 kg. Ko`p aldaysizmi? Kam aldayman. Aldaydiganlarni yomon ko`raman. Kech qolib yurasizmi? Yo`q. Doimo vaqtida aytilgan joyga boraman. Qanday sovg`ani xush ko`rasiz? Oddiygina, mo`jaz sovg`alarni yoqtiraman. Orzuingiz Orzuim- san`atkor bo`lish edi. Orzu ushalgandan so`ng, yana bittasi tug`iladi. Xudo xoxlasa, ularga ham erishishga harakat qilaman. Armoningiz Armonim yo`q. Bahtlimisiz? Baxtliman. Do`stlaringiz ko`pmi, kimlar? Do`stlarim ko`p. Adham, Azamat, Kostya, Furqat. Kelgusidagi rejalaringiz? Kelgusida har bitta san`atkor singari konsert berishni rejalashtiryapman. Xalqqa manzur bo`ladigan qo`shiqlar yaratish. Qaysi mavzudagi qo`shiqlar tinglovchining ko`ngliga tez yetib boradi? Ayriliq, aniqrog`i sevgi ayrilig`i haqida Qaysi davlatlarda bo’lgansiz? Chet elda bo`lmaganman. Qo`shni Respublikalarda bo`lganman. Maktab davri eng ajoyib va g`aroyib voqealarga boy bo`lganligi bilan xotiramizda saqlanib qoladi. Birinchi sinf, birinchi do`st, birinchi sevgi... Maktab davrida siz bilan sodir bo`lgan voqealardan so`zlab bersangiz... Maktabga borganimda birinchi sinfdan boshlab darslardan qochardik. Shuningdek, maktab damlarimni eslasam, ikkichi bo`lganligim yodimga tushaveradi. Siz haqingizda mish-mishlar (Yomon ma`nodagi) tarqab ketsa, o`zingizni qanday tutasiz? Ahamiyat bermayman. Xit qo`shiq yaratish uchun eng avvalo nima qilish kerak? Xit qo`shiq yaratishga harakat qilish mumkin. Lekin, kutilgan natijalarga erishmasligimiz mumkin. Bu haqiqiy omad deb o`ylayman. Kinoda suratga tushishga taklif qilishsa, rozi bo`lasizlarmi (Qaysi kinofillarad sur’atga tushgansiz)? Taklif qilishsa, rozi bo`lardim. Telbalarni rolini (xazillashib) Yutuqli oyindan million dollar yutib olsangiz nimaga sarf qilardingiz? xayr exsonga menimcha. Nigora Tug’ilgan joyingiz? Toshkent shahrida tavallud topganman. Oila a’zolaringiz? Otam- Abduvahob Ismoilov, onam- Adashxon Rahimova. Oilada beshta farzandmiz. uchta opam va bitta ukam bor. Oilaviy holatingiz? Turmushga chiqmaganman. Ishlagan , oqigan joylaringiz? Hamza Hakimzoda Niyoziy nomidagi musiqa kollejida o`qiyman. 3- bosqich talabasiman. Nima uchun qo`shiqchi bo`lgansiz ? Qo`shiqchi bo`lish orzuim edi. Sizningcha san`atkorlar nima uchun kerak? Hayotimizda san`atkorlar har kuni kerak. San`atkorlar yaxshi kayfiyat ulashuvchi ijodkorlar bo`lishadi. Yaxshi kunlarda insonlarning yonida bo`lishadi. Qo`shiq yaratish siz uchun nima? O`z his-tuyg`ularimni ifodalashim uchun imkoniyat. Qiziqishlaringiz? Komedia, ujas kinofilmlarini tomosha qilish. Shuningdek, uxlashni ham yoqtiraman. Sevimli rangingiz yoki xushlamaydigan rangingiz? Sariq rangni yoqtiraman. Yashilni esa yoqtirmayman. Bo’yingiz va vazningiz? Bo`yim 165 sm, 42 kg. Ko`p aldaysizmi? Judayam ko`p aldayman. Foyda keltiradi, ba`zan. Kech qolib yurasizmi? Har safar kech qolib yuraman. Qanday sovg`ani xush ko`rasiz? Katta-kichikligiga e`tibor bermayman. Eng asosiysi menga nisbatan bo`lgan e`tibordir. Orzuingiz Orzuim hayotda baxtli bo`lish. Armoningiz Armonim bor, sir. Bahtlimisiz? Xudoga shukur, baxtliman. Do`stlaringiz ko`pmi, kimlar? Do`stlarim Shohinur, Shaxnoza. Bular mening yoshligimdan do`stlarimdir. Kelgusidagi rejalaringiz? Ertaga bormanmi, yo`qmanmi, buni hech kim bilmaydi. Shuning uchun uzoq vaqtga oldindan reja tuzib yurmayman. Qaysi mavzudagi qo`shiqlar tinglovchining ko`ngliga tez yetib boradi? Maxzun yo`nalishdagi qo`shiqlar menimcha tezroq yetib boradi. Qaysi davlatlarda bo’lgansiz? Chet elda bo`lmaganman. Maktab davri eng ajoyib va g`aroyib voqealarga boy bo`lganligi bilan xotiramizda saqlanib qoladi. Birinchi sinf, birinchi do`st, birinchi sevgi... Maktab davrida siz bilan sodir bo`lgan voqealardan so`zlab bersangiz... Maktab davrini eslasam, ko`p voqealar yodimga tushadi. Bir safar, sinfdosh bolalar bilan futbol o`ynaganmiz. Sinfdoshim Ixtiyor koptok tepgan. Shunaqangi zarb bilan tepgan ekanki, men darvozaxonada turgan edim, koptok kelib, qornimga teggan. Ikki kun uyda yotib qolganman. Siz haqingizda mish-mishlar (Yomon ma`nodagi) tarqab ketsa, o`zingizni qanday tutasiz? Bunday mish-mishlar tarqalsa, o`z holiga qo`yaman. Agar haddan ziyod shaxsiyatga tegadigan mish-mishlar bo`lsa, tagiga yetishga, kim tarqatganini bilishga harakat qilaman. San`atga kirib kelganingizda sizga kim birinchi bo`lib qo`l cho`zgan? Ustozingiz deb kimni bilasiz? Fotima va Zuhra Ziyomuhamedovalar menga yordam berishgan. "Akfamedia"ga ham o`z minnatdorchiligimni bildiraman. Xit qo`shiq yaratish uchun eng avvalo nima qilish kerak? Ishlash kerak. Kinoda suratga tushishga taklif qilishsa, rozi bo`lasizlarmi (Qaysi kinofillarad sur’atga tushgansiz)? "Boyvachcha" kinofilmida suratga tushdim. Taxmina ismli obrazni yaratdim. Agar yana taklif qilishsa, rozi bo`lardim. Bisotingizda sahna va to`ylar uchun ko`ylaklaringiz ko`pmi? O`ziga yarasha. Yutuqli oyindan million dollar yutib olsangiz nimaga sarf qilardingiz? Yutib olay, keyin ko`ramiz.