Bosh sahifa » 2011»Dekabr»15 » Nokia kompaniyasi o‘ziningVertu telefonlarini ishlabchiqaruvchi bo‘linmasinisotmoqchi
20:39
Nokia kompaniyasi o‘ziningVertu telefonlarini ishlabchiqaruvchi bo‘linmasinisotmoqchi
Finlandiyaning telefon ishlab
chiqaruvchi Nokia kompaniyasi
hozirda o‘z boshidan judayam
qiyin vaziyatni o‘tkazayotganligi
hammamizga ma’lum. Shu
sababdan kompaniya yaqinda
o‘zining judayam qimmat
telefonlar ishlab chiqaruvchi
Vertu bo‘linmasini sotishga
qaror qildi. Bu haqda “The
Financial Times” gazetasi
Britaniya ommaviy axborot
vositalariga tayangan holda
xabar qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu bitim
bilan “Goldman Sachs”
investitsion banki shug‘ullanadi
hamda jarayon endigina
boshlangan.
Nokia kompaniyasining rasmiy
vakillari ushbu xabarga hali biror
izoh berishgani yo‘q, chunki
kompaniya ichida mazkur
bo‘linmani sotish to‘g‘risidagi
yakuniy qaror qabul qilinganicha
yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Vertu faqatgina
hashamatli, judayam qimmat
telefonlar ishlab chiqarish bilan
shug‘ullanadi hamda Nokia
ushbu bo‘linma faoliyati
haqidagi statistik ma’lumotlarni
ommaga e’lon qilmaydi. Biroq,
ba’zi manbalarga ko‘ra, Nokia
o‘zining ushbu bo‘linmasi
faoliyatidan bir yilda o‘rtacha
200-300 million yevro daromad
oladi.
Ma’lumot o‘rnida:
Nokia – jahonda mobil
kommunikatsion texnologiyalar
sohasidagi eng yirik
kompaniyalardan biri.
Kompaniya mobil apparatlar
ishlab chiqarish hamda mobil
telefonlar va kommunikatorlar
uchun dasturiy ta’minot
mahsulotlarini ishlab chiqish,
ularni rivojlantirish bilan
shug‘ullanadi. Hozirda
kompaniyada butun dunyo
bo‘ylab 136 ming kishi mehnat
qilmoqda (bunga “Nokia Siemens
Networks” qo‘shma
korxonasidagi ishchilar ham
kiradi).
O‘tgan 2010-yilda kompaniya
jami 453 million dona mobil
qurilma sotishga muvaffaq
bo‘ldi. Biroq, so‘nggi yillarda
Nokia kompaniyasining jahon
bozoridagi ulushi tinmay
kamayib bormoqda. Xususan,
2011-yilning birinchi yarim yilligi
yakunlarigako‘ra uning
jahondagi ulushi 23 foizni tashkil
qilmoqda. Smartfonlar savdosi
bo‘yicha esa Nokia uchinchi
o‘ringacha tushib ketdi, bu
borada hozirda Janubiy
Koreyaning Samsung va
AQShning Apple kompaniyalari
yetakchilik qilmoqda.
Elita telefonlar ishlab chiqaruvchi
Vertu kompaniyasi 1998-yilda
tashkil qilingan bo‘lib, hozirda u
Nokia kompaniyasi tarkibiga
kiradi. Uning bosh ofisi
Angliyaning Cherch-Krukxem
shahrida joylashgan.
Vertu o‘z telefonlarini bezashda
ba’zi qimmatbaho metallar, teri,
yoqut oyna va javohirlardan
foydalanadi. Kompaniyaning
apparatlarini sotib olganlar
“Vertu Concierge” servisiga ham
a’zo bo‘lib, ushbu xizmat
yordamida ular restorandan joy
band qilish, taksiga buyurtma
berish yoki samolyotga chipta
buyurish kabi ishlarni qilishi
mumkin.