Меню сайта

Категории раздела
Shou-biznes olami [114]
Oila va jamiyat [23]
Oila va jamiyat turmush saboqlari
Salomatlik sirlari [19]
sogliq
Dunyo xabarlari [114]
Qiziqarli ma'lumotlar [80]
Sport xabarlari [40]
Shirinlik va taomlar Haqida [16]
Foydali maslahatlar [17]
Sevgi dunyosi [75]
XXI asr texnologiyasi [12]
O'zbekiston yangiliklari [65]
Mutolla uchun [48]
Onlayin Mp3 [10]
ONLINE RADIO [1]
Online Kino [1]

Опрос
     
Eng extirosli xonanda
  
1. Shaxzoda
2. Rayxona
3. Dilso'z
4. Nilufar Usmanova
5. Ziyoda
6. Lola
7. Sug'diyona
8. Manzura
9. Dineyra
10. Ruxshona
javascript:; javascript:;
  
Всего ответов: 118

  

Статистика
Статистика
Всего: 9159
За месяц: 0
За неделю: 0
Вчера: 0
Сегодня: 0
Из них
Гл.Администраторов: 3
Администраторов: 1
Гл.Модераторов: 1
Модераторов: 0
Дизайнеров: 1
Журналистов: 1
V.I.P:
Постоянных: 2
Проверенных: 104
Забаненых: 0
Обычных юзеров: 9047
Из них
Парней: 9065
Девушек: 81

Счетчики
waplog Яндекс.Метрика waplog.uz
Онлайн лист
Пользователи отсутствуют...
         
Cегодня нас посетили

Смски
SMS TURK [7]
SMS TURK
SMS English [1]
SMS English
Студенческие смс [1]
Студенческие смс
Смс реклама [1]
Смс реклама
Смс признания [0]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [0]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [0]
СМС на день рождения
Смс другу [0]
Смс другу
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [2]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
Любовные смс [0]
Любовные смс
SMS VATAN [3]
SMS VATAN
SMS Новый год [1]
SMS Новый год
SMS YANGI YIL [1]
SMS YANGI YIL
SMS XIKMATLI [1]
SMS XIKMATLI
SMS TOPISHMOQ [1]
SMS TOPISHMOQ
SMS TABRIK [2]
SMS TABRIK
Зарубежная [0]
Зарубежная
SMS SPORT [2]
SMS SPORT
SMS ANIMATSIYA [0]
SMS ANIMATSIYA
SMS SEVGI [17]
SMS SEVGI
SMS REKLAMA [0]
SMS REKLAMA
SMS MAQOL [0]
SMS MAQOL
SMS MANTIQIY [0]
SMS MANTIQIY
SMS LATIFA [2]
SMS LATIFA
SMS KINO MIX [0]
SMS KINO MIX
SMS IBRATLI SHERLAR [1]
SMS IBRATLI SHERLAR
SMS GRAFIKALAR [0]
SMS GRAFIKALAR
SMS FOTO [0]
SMS FOTO
SMS DO`STLIK [2]
SMS DO`STLIK
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [10]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari..
MAKTAB SMS SHERLAR [1]
MAKTAB SMS SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) [8]
SMS PRIKOL (xazil)

Bosh sahifa » 2011 » Dekabr » 20 » "BUYERLARDANQOCHIB KETAMIZ,ALBATTAKETAMIZ !"
08:44
"BUYERLARDANQOCHIB KETAMIZ,ALBATTAKETAMIZ !"
Batafsil yozilgan, ko'p sonli
hikoya. (1-qism)
Hayot qizig'-a ? Gohida
mehribon, gohida beshavqat,
goh quvonch, goh g'am ...
Hayotimizning eng go'zal
damlarini "baxt" deb ataymiz. Bu
hayotga baxtli yashash uchun
kelganmiz. Ammo bu oson emas.
Hayotning son-sanoqsiz
qiyinchilig-u, mashaqqatlari
mavjud. Chunki bu sinovli
dunyo ! Ushbu sinovlarning eng
shirin dardliligi, bu "Muhabbat" !
Aytilishini o'zi bir, juda ham
hayajonli. Qalbingiz o'zgacha bir
olamda yashayotgandek
o'zgarishlarning kuzatilishi ham,
bu "Muhabbat" tuyg'usi sababli.
Ilgari bu so'zga tushunmasdim
va shu so'zni eshitsam jahlim
chiqardi. Nimaga, deysizmi ?
Hozir barchasini bir boshidan
bafurcha gapirib beraman. Keling
avval o'zimni tanishtiray. Ismim
Otabek. To'rt kishidan iborat
fayzli oilam bor. Oyim, Dadam,
Men va Singlim ... Ota-onam,
Allohga shukur juda ham yaxshi
va mehribon insonla. Baxtimga
omon bo'lishsin ! Onam uy
bekasila. Men, Dadam bilan
birgalikda, kichik bir korxonani
boshqarib, ishlaymiz. Singlim,
ayni kunda kollej talabasi. Ahil va
inoq oilamiz. Ilgari "Muhabbat"
degan so'zni, umuman yomon
ko'rardim. Chunki har kun
kechqurun, muhabbat seriallari
berardi. Oyim ko'rardila.
Televizor shovqinidan ko'zimga
uyqu kelmasdi. Qaniydi bitta
serial bersayu, televizorni
o'chirishsa. Afsus-ki, unday
emas. Biri tugashi bilan, ketidan
boshqa kanalda yana bittasi
boshlanadi. "Muhabbat
mojarosimiyey", "Qalbim
chechagimiyey",
"Esmeraldamiyey" ... Voy-dod
deb baqirgim kelardi. Muhabbat
nimaligini tushunmaganingdan
keyin, serialni ham ko'rishing
kelmas ekan. Kechqurun ovqat
mahalda, ovqatlanayotib majbur
ko'raman. Ammo ertalabgi
nonushtaga chiqib, ne ko'z bilan
ko'rayki, yana o'sha Muhabbat
serialini takroran namoyish
etishyapti. Takroran berishi
yetishmay turgan ekan-da ...
Bitta serialdan qutulsang, ertaga
yana bittasi paydo bo'ladi.
Reklamalarini-ku aytmasam ham
bo'ladi. "Yoshlar"
teleradiokanalida yana bir yangi
serial "Muhabbat faloncha-
falonchasi" ! Eng asabimga
tegadigani ham, manashu edi. Bir
marta reklama qilsa-ku mayli
desangiz. Yo'q, bular har 15
minutda ko'rsatishi kerak.
Tovba ... Shu tariqa kunlar, oylar
o'ta boshladi. 2009 - yilni, Aprel
oyiga kelibgina, men birinchi bor
"Muhabbat" nimaligini
tushundim. Shundan so'ng
"Muhabbat" tuyg'usiga e'tibor
beradigan bo'ldim. Bu qanday
sodir bo'lganini ham, hozir
bafurcha gapirib beraman.
Singlimni, aprel oyida tug'ilgan
kuni edi. Qalbimga Muhabbatni
kirib kelishi ham, aynan shu
kundan boshlandi ... Uyda erta
tongdan tayorgarlik ko'ra
boshlagan singlim, dugonalari
kelishini aytdi.
-Ha erkatoy singlim, tug'ilgan
kuning bilan !
-Rahmat akajon ! Vooo-oy
to'xtangchi, faqat tilak
xolosmi ???
-Aha, yana nima bo'lsin ?
-Sovg'a qani ?
-Qanaqa sovg'a ? Tilakga ham
shukur qil ...
Odatda singlim bilan ko'p
hazillashib turamiz. Bu safar ham
hazil qilib, biroz qo'rqitmoqchi
bo'ldim. Shunda singlim:
-Sizdan xafaman ! ... Birinchi
sizdan sovg'a kutgandim.
( Biroz xafa holda )
-Unda qo'lingni berchi.
-Nimaga ?
-Hozir ko'rasan.
-Yo'q !
-Qo'ysangchi singlim ...
-Yo'q !
-Voy, arazlama endi. Axir bugun
tug'ilgan kuning ...
-Hmm ... Ha-Mayli ...
-Bu senga. Tug'ilgan kuning
bilan, o'zimni go'zal singlim.
-Iye, nima-bu ?
-Ochib ko'r-chi.
-Hozir ... Voo-oy, tumormi ?
Buncha chiroyli. Sovg'a yo'q deb
o'tirgandiz-u ? ...
-Hazil qildimda. Singlimga sovg'a
ololmasam, nima qilib yuribman.
-Rahmat akajon ! Sizni juda ham
yaxshi ko'raman.
-Men ham singlim. Ha aytgancha,
oyim va dadam ko'rinmaydila ?
-Buvimlarnikiga ketuvdila. Biron
soatda qaytarkanla. Dadam:
"Akang uyg'onsa ishxonaga ham
bir borib, xabar olsin" degandila.
Sizga nonushta taxlab
qo'yuvdim. Oshxonaga kirib,
ovqatlanib oling.
-Aha, xo'p. Bo'lmasa
tayorgarlikni davom etdiraver.
Biron nima kerak bo'lsa, bemalol
menga aytgin xo'pmi.
-Xo'p bo'ladi akajon ...
Ishxonaga bordim va qaytishda
barcha kerakli mahsulotlarni
keltirib berdim. Soat 10:30 lar
chamasi, Elyor degan yaqin
o'rtog'im uyimiz keldi.
Kompyuterda bir ishni
tushunmayotganini va ko'rib
berishini aytdi. Shundan so'ng u
bilan xonamda suhbatlashib
o'tirdik ... Soat 11:40 lar chamasi
eshik qo'ng'irog'i jiringladi. 3 - 4
bor jiringladi ...
-Singlim, eshikga qarachi, kimdir
keldi.
-Akajon, o'ziz ochaqoling. Qo'lim
biroz ho'l. Ovqatni
tayorlayotgandim.
-Ob-bo ... Xo'p, hozir.
Eshikni ochdim. Singlimni
dugonalari kelishibdi. Bu
dugonalari ichida esa .......... Men
muhabbatimni uchratdim.
Aniqrog'i, juda ham chiroyli
husni, qosh-u ko'zlari bilan bir
qiz, meni o'ziga maftun etdi.
Nima deyishni bilmay, go'yo
o'zimni yo'qotib qo'ydim.
Taqdirni ishimi-bu bilmadim,
aynan o'sha qiz so'z boshladi ...
-Salom. Shahnoza uydalami ? Biz
dugonalari bo'lamiz.
-A ... Ha-ha uyda-uyda. Kelinglar.
Marhamat.
Singlim, dugonalaring kelishdi.
-Hozir, ketyapman akajon.
-Marhamat, mehmonxonaga
kiringlar. Xush kelibsizlar ...
Singlim ham keldi va ular bilan
ko'rishdi. Men esa, negadir
birdan o'zgarib, qoldim.
Xonamga kirganimda,
hayolparishon bo'lib, o'rtog'imni
gaplarini eshitmabman.
Muhabbat deganlari, shunchalik
ham sehrli bo'ladimi-a ?
"Muhabbat, inson qalbiga
kutilmaganda kirib keladi"
deyishadiku ...
-O'rto ? Bu kompyuterga bir
qaragin. Zagruzka qilib bo'ldi.
Hey ? Eshityapsanmi ?
-A ? ... Ha-ya uzr ... Hozir.
-Tinchlikmi ? Birdan o'zgarib
qolding ?
-Hech gap yo'q Elyor. Tinchlik.
Shunchaki o'zim.
-Aldama ! Iye, shoshmachi ...
O'rtog'im eshikdan chiqdida,
mehmonxonaga qaradi.
Uyerdagi singlimni dugonalarini
ko'rib, xuddi sezganday oldimga
kelib, kula boshladi.
-Ha, nega kulyapsan ?
-Qaysi biri Otabek ?
-Nima deganing bu ???
-O'zingni bilmaganga olma o'rto.
-E, nimalar deyapsan ?
Hechnarsani bilmayman.
-Qo'ysangchi, yashirma endi.
Qaysi biridir yuragingdan urgani
aniq. Ha-ha bu aniq ! Mendan
yashirolmaysan.
-E bo'ldi qil. Boshqa gap yo'qmi ?
Kel yaxshisi kompyuterdagi
ma'lumotlarni to'g'irlaylik.
Shunaqa deb gapni olib qocha
boshladim. Lekin o'rtog'im
baribir sezardi. Biroz vaqt
o'tgandan so'ng, singlim oldimga
keldi.
-Akajon, ovqatni suzyapman.
Qayerda yeysizlar ?
Oshxonadami yoki xonangizga
olib kelay ?
Men gapirishni o'rniga, Elyor
gapira ketdi.
-Shahnoz, yaxshisi sizlar bilan
ovqatlanaylik. Otabek ham
menimcha bunga qarshi emas ...
(Tirjayib)
O'rtog'imni bu gapidan jahlim
chiqib ketdi.
-E ahmoq, nimalar deyapsan ?
Singlim bunga e'tibor berma.
Ovqatni xonamga keltira qol. Shu
yerda ovqatlanamiz.
-Xo'p akajon. Hozir.
-Senga qarashib yuboraman.
-Yo'q, siz o'tiravering. Dugonam
yordamlashyapti.
-Iye, mehmonni ovori qilib
qo'yamiz-ku.
-O'zi deyarli ish yo'q. Hamma
narsa tayyor. Ovqatni suzamiz
xolos. O'tiravering ...
-Ha mayli ...
O'rtog'im bilan kompyuter
ishlarini davom etdirdik. Biroz
vaqdan so'ng xonam eshigi
taqqilladi.
-Kiraqo singlim, eshik ochiq.
-Kechirasiz ... Mana ovqat.
Dasturxonni hozir olib kelaman.
(Past ovozda)
Hayron bo'lib qarasam, u singlim
emas, meni o'ziga maftun etgan
qiz ekan. Yugurib turib, qo'lidan
ovqatni oldim.
-Voy, sizni ovora qilib qo'yibmiz-
ku. Qo'ying, hozir dasturxonni
o'zim olib kelaman. Siz
mehmonxonaga chiqing ... Xijolat
bo'lib ketganimdan nima
deyishni bilmay qoldim.
O'rtog'im esa tinmay tirjayib,
asabimga tegardi. Oshxonaga
borib, qolgan narsalarni olib
keldim. Ovqatlanayapmiz ... Lekin,
fikr-u xayolim, o'sha qizda edi.
Eshikni ochganida, qo'lida ovqat
bilan yerga qarab turgan
nigohlari, hech xayolimdan
ketmasdi. O'z-o'zimga savol
beryapman: "Nahotki sevib
qoldim ???" Ovqatlanib
bo'lganimizdan so'ng, biroz vaqt
o'tib, oyim va dadam ham
kelishdi. Meni xayolim, hali hanuz
o'sha qizda edi. Yolg'ondan "Suv
ichib kelay" deb xonamdan
chiqib, uni bir bor uzoqdan
bo'lsada, ko'rishga oshiqardim.
Shu tariqa 2 - 3 soat tug'ilgan
kun o'tdi. Singlimning dugonalari
ketishayotganda ham, uni yana
bir bor ko'rish uchun, eshikdan
sekingina qarab qo'yardim.
Anavi Elyor o'rtog'im esa,
ustimdan kulishdan to'xtamasdi.
Dugonalari ketishdi. O'rtog'imni
ishini bitkazib berdim. U ham
ketdi. Keyin singlimni oldiga
kelib, o'sha qiz haqida bilmoqchi
bo'ldim. Ammo, qanday
so'rashni, nima deyishni ham
bilmasdim ...
-Shahnoz ? ...
-Labbay ?
-Haligi ...
-Nima akajon ?
-Nima desam ekan ...
-Xo'sh ? ...
-Hmm-mm ... Haligi ...
Nimadir demoqchimisiz ?
-Haa-a-a, tug'ilgan kun yaxshi
o'tdimi ?
-Ha rahmat. Xudoga shukur,
hammasi zo'r o'tdi. Sizga ham
rahmat !
-Yaxshi. Xursandman ...
-Akajon, negadir
parishonxotirsiz. Nimadir
bo'ldimi ? Menga nimadir
demoqchiga o'xshaysiz.
Tinchlikmi ishqilib ?
-Tinchlik singlim. Hech gap
bo'lgani yo'q. Shunchaki o'zim.
Mayli, men bora qolay.
Ishxonaga ham bir o'tib kelaman
shunday.
-Xo'p akajon. Yaxshi boring ...
Men singlimga aytolmadim.
Jur'atim yetmadi. Yo'lda
ketyapman-u, fikr-u xayolim
yana o'sha qizda edi. Ismi nima
ekan, qayerda turar ekan deb,
qiziqa boshladim. Biroq, qanday
qilib bilishni, bilmasdim. Uyga
qaytdim. Kechqurun oila
a'zolarim bilan singlimni
tug'ilgan kunini nishonladik.
O'sha kuni kechqurun, ko'zimga
uyqu kelmadi. Eh Muhabbat ...
O'ylay-o'ylay bu haqda o'rtog'im
Elyorga aytishga va
dardlashishga qaror qildim.
(Davomi bor)


Расскажи друзьям:


Категория: Sevgi dunyosi | Ko'rildi: 725 | Qo'shdi: ShuM_BolA | Reyting: 0.0/0 Печать страницы
Izohlar: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]
������ �� ������ ZeroParking
Личный профиль
Avatar qoyilmagan!

Guruh:
Mehmonjon
Soat:03:01

Login: Mehmon
ID: 0
Твой IP:3.137.171.121
Профиль
Читать ЛС ()


Голосовой поиск

Топ рисунок

TOP mp3