Assalomu alaykum sayt a'zolari. man ham boshqa muhlislar kabi maslahatga muhtojman. 2 yil oldin bir inson bilan tanishib qoldik. u insonim manga shunchalar yaqin bo'lib ketdik. yaqinda oilalarimiz bir-birlari bilan tanishib, bizani unashtirib qo'yishdi. unashtirilgan kunimiz mandan-da baxtiyor inson yo'q edi. lekin bizning baxtimizga ko'z tegdimi bilmadim. mani sevgan insonim ko'p internetda o'tiradigan odatlari bor edi. bir kuni bir notanish qiz mani sevgan insonim haqida shunaqa gaplani etib ketdi-ki, o'zimni yo'qotib qo'ydim. bu gaplani sevgan insonimdan so'rasam "bo'lmagan gap" deb o'zlarini oqlab boshladila, bu orada u qiz tez-tez tinchimni buzadigan odat chiqardi. man noiloj qolib ulaning pochtalariga kirdim. qarasan u qiz etgan gaplari hammasi to'g'ri bo'lib chiqdi. bilsam man ko'ngil qo'yan inson yomon qizla bilan gaplashishni va ko'ngil hushlashni yoqtiradigan inson bo'lib chiqdi. endi ikki o't orasida qoldim. sevgan insonimga bu haqida etdim. ula mani ayblab, pochtaga kirganim uchun mani koyidila. ancha manga jahl qilib yurdila. man ula qilgan ishlari uchun uladan kechirim so'radim. ota-onam yuzini yerga qaratmaslik uchun. lekin qanaqa qilib bu inson bilan hayotim oxirigacha yashay olaman? bilmadim? har doim shu haqida o'ylayman. nima qiliy? manga maslahat beriyla...