Bosh sahifa » 2011»Dekabr»26 » PRIMADONNANING MUSOFIRCHILIKDAGI KO`ZYOSHLARI...QISHDA QIZIL QOR YOQQANIMI?
12:17
PRIMADONNANING MUSOFIRCHILIKDAGI KO`ZYOSHLARI...QISHDA QIZIL QOR YOQQANIMI?
PRIMADONNANING MUSOFIRCHILIKDAGI KO`ZYOSHLARI...QISHDA QIZIL QOR YOQQANIMI? Dehlida turib ham ajoyib yangiliklardan muxlislarimiz orqali boxabar bo'lib turibmiz. Mana, ushbu maqolaga sababchi ham Toshkentlik bir musiqa ixlosmandining internet orqali bog'langani sabab bo'ldi. "Hozir KRAL TVni ko'ryapmiz, tez siz ham tomosha qiling”- deya yoza boshladi u. Afsus bu yerda hamma telekanallar "Achcha Achcha...Muhabbat He” bo'lib yotganidan kimning ham xabari bor?!) Muxlis Yulduz Usmonova bilan jonli efirda muloqot bo'lganini va shunchaki o'tmaganini ma'lum qildi. Biz esa xulosalarimizni bitishga chog'landik. Yulduzning yig'laganini ko'rib ko'pchilik to'lqinlangan bo'lishi tabiiy. Axir, necha yillik yulduz. Primadonnaning ko'zyoshlarini ko'rish ham qizil qor yoqqani bilan barobar. Ustiga-ustak darbadar bo'lib, musofirchilikda...Bir narsani aniq bilaman, Yulduz shou uchun yig'lamaydi. Ayniqsa, Totlisasga o'xshab. Odamlar diqqatini tortish, o'ziga mehr qozonish uchun yig'lash soxtalik. Buni hamma ham birdek tushunmaydi-da. "Usmonova yig'lasa yig'labdi- da” deya qo'l siltash ham yaxshimas. Balki uning ko'z yoshlarida qancha-qancha og'riqli kunlari nidosi bordir, balki necha yillab finaldan tushmagan xonandaning o'rni boshqa (balki san'ati arzir yo arzimas) iste'dodlarga qolib ketganini hech kimga aytolmayotgan fig'oni bordirq Yo aprel konsertlari deganda faqat primadonna tushunalidigan kunlar endi boshqalarga nasib etganini tushuna olmay qilayotgan charxi faryodidirq Ne bo'lganda ham, Yulduz bejizga yig'lamaydi: u xatolarini yo tushunib yetib, kechirim nolasini so'rayapti, yo qayerda qandaydir, bilib- bilmay xatolar qilganini haligacha tushuna olmay halak... Jonli efirda bildirilgan ko'p fikrlarda primadonni duo qilishlarini, tezroq musofirlikdan voz kechib, o'z ona yurtida oldingiday jo'shqin ijod qilishini bildirishgan. "Gar o'lsam” qo'shig'ida xonandaning shunday "vasiyat”lari bor: "Gar o'lsam, beshigimning yopinchig'in topinglar, Yirtiq- yamoq bo'lsada tobutimga yopinglar, Ko'rsinlar yig'laganlar umrim bori xatodir, Bu dunyoda topganim shu bir parcha matodir...”. Yosh qizchaning shu qo'shiqdan bir parcha kuylagani esa Yulduzni titratib yuborgan...Qora ko'zoynak taqib, yoshiga nisbatan o'ta yasharib ketishga urinib, 18 yashar qizchalardek kiyinib olganiga qaramang...Bu shou biznes, bu primadonnaning erkaliklari! Uning qalbidagi dard, nolalar soxta emas. Haqiqatan ham tilidan emas, dilidan kuylaydigan ikkitasi yo o'ntasi bo'lsa...hammasi uning o'zi! Bu taqdir sinovlaridir. Darvoqe, primadonna bo'lish ham osonmiq San'at nonini yeyish uchun temirdan tishlar kerak deydi, hamisha Yulduz. Primadonnalik mavqei yukini ko'tarib yurish uchun o'zingiz o'ylayvering qanaqa yelka kerakq! Dilda yaxshi niyatlar ko'p, deya kuylagandingiz, hammasi yaxshi bo'lishiga umidingizni ham so'ndirmang!