"Musulmonlar kofirlarga ularning bayramlariga xos bo'lgan biror narsada o'zlarini o'hshatishlari mumkin emas, bu o'hshatish taomda, kiyimda, yuvinish, gulxan yoqish hayotdagi islomga xos odat yoki ibodatlarni bekor qilishda bo'lsin buning farqi yo'q, shu munosabatlar bilan bazm o'tirishlar, uyushtirishlar, hadyalar ulashish va ana shu munosabatlarda ishlatiladigan narsalarni sotish, bolalar va ayollarga o'yin kulgu uchun imkoniyat yaratib berish, hamda yangi liboslarni kiyib yasanish mumkin emas, umuman musulmonlar o'z bayramlarida kufr ahlining bayramlariga xos narsalarning birontasini qilishlari mumkin emas, shuningdek kufr ahlining bayramlari musulmonlar uchun oddiy kunlardek o'tmog'i lozim "(Fatovo Al-Kubro) Al-Qayyum rahimahulloh aytadilar: "Kofirlarga xos munosabatlarda tabriklash, muborakbod etishning ham haromligiga ulamolar ittifoq qilishgan, masalan bayramingiz qutlug' bo'lsin va shunga o'hshash iboralar bilan tabriklash, shu so'zlarni aytgan odam dindan chiqmasada judda qattiq harom ishni qilgan bo'ladi, uning misoli uni hoj-krestga sajda qilishi bilan tabriklashga o'hshaydi, bu esa Allonhing nazdida aroq ichish, zino qilish va odam o'ldirishdan ko'ra qattiqroqdir, aksariyat dinning qadriga yetmaydigan kishilardam shu kabi ishlar sodir bo'ladi, u o'zining qilayotgan ishi naqadar yaramas ekanligini fahmlamaydi, birovni qilayotgan gunohi, bid'ati, kufr ishi uchun tabriklagan kishi Allohning g'azabiga uchrashi turgan gap, har bir musulmon va muslima ushbu hadisni yodda tutsin "Kimki o'zini biron bir qavmga o'hshatsa, BAS, u ushalardandir".