Bir kuni armon bo`lgan muhabbat unitish yo`lida ketayotib sarob sahrosiga tushib qolibdi . Sahroda holdan toygan holda ketayotsa yo`lida baht uchrabdi. Shunda muhabbat ey baht menga yordam ber men yo`limdan adashib qoldim menga to`gri yo`lni ko`rsat menga yordam ber iltimos debdi . Baht o`z bahtidan shunchalar bahtli edikanki bechora muhabbatga yordam berish u yoqda tursin hatto so`zlarini eshitmasdan ketib qolibdi . Muhabbat manzilini topolmay zo`rg`a zo`rg`a azobli yo`lini davom ettiribdi. Shunda yo`lida hijrondi uchratibdi va mayus ohongda ey hijron menga yordam ber menga manzilimni topishda yordam ber manzilimga yetar yo`lni ko`rsat debdi . Shunda hijron ex muhabbatjon men senga yordam berolmayman chunki men o`zim yordamga muhtojman deb ketibdi . Muhabbat yo`lini davom ettirolmay suvsizlikdan tashnalikdan endi hushidan ketay deganda .Birdan muhabbatga o`z o`zidan nimadur yordam berib qo`llaridan tutib manzili tomon eltib qo`yibdida soniya o`tmay ko`zdan gòyib bo`libdi . Shunda muhabbat hayron bo`lib qalb ovozidan so`rabdi .Aytchi qalb ovozi aytchi menga yordam bergan edi deb so`rabdi . Shunda qalb ovozidan sado kelib senga yordam bergan vaqt bo`ladi sevgiga faqat vaqt yordam bera oladi deb javob beribdi . Muhabbat yana so`rabdi nega vaqt ketib qoldi men unga minnatdorchilik bildirmoqchi edim ulgurmadim desa . Qalb ovozi kulib shunday javob beribdi vaqt kutmaydi sen unga yetib olishing kerak u boshqa yordamga muhtojlarga yordam berish uchun shoshadi .