|
Опрос |
|
Eng extirosli xonanda
Всего ответов: 118
|
|
|
|
Статистика |
|
Статистика Всего: 9159 За месяц: 0 За неделю: 0 Вчера: 0 Сегодня: 0 Из них Гл.Администраторов: 3 Администраторов: 1 Гл.Модераторов: 1 Модераторов: 0 Дизайнеров: 1 Журналистов: 1 V.I.P: Постоянных: 2 Проверенных: 104 Забаненых: 0 Обычных юзеров: 9047 Из них Парней: 9065 Девушек: 81 Счетчики |
| Онлайн лист |
Пользователи отсутствуют...
| Cегодня нас посетили | | |
|
|
|
| | | | Bosh sahifa » 2012 » Yanvar » 2 » Janubiy Koreya bilan hamkorlikda eng katta zavod ochiladi
20:16 Janubiy Koreya bilan hamkorlikda eng katta zavod ochiladi |
O’zbekiston va Janubiy Koreya Ustyurtdagi Surg‘il konida gaz-kimyo zavodi qurilishi uchun 4,1 mlrd dollarlik kelishuvni
amalga oshirdilar.
The Korea Heraldning xabar qilishicha, ushbu hujjat O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Koreya
Respublikasi Prezidenti Li
Myon Bakning uchrashuvlaridan so’ng imzolandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Musa Yerniyazov va Koreya Respublikasi gaz korporatsiyasi prezidenti
Chu Kang Su
majmua qad rostlaydigan joyga o‘rnatilgan esdalik tamal toshini ochdilar. Unga quyidagi so‘zlar bitilgan: "O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti Islom Karimov va Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bakning tashabbusi bilan 2011-yil 24-avgust kuni Surg‘il
koni
negizidagi Ustyurt gaz-kimyo majmuasi poydevoriga tamal toshi qo‘yildi”.
Ustyurt gaz-kimyo majmuasi O‘zbekiston va Janubiy Koreya hamkorligida amalga oshirilayotgan eng yirik qo‘shma loyiha
bo’lib, injiniring,
uskunalar yetkazib berish, qurilish ishlarida Koreya Respublikasining yirik kompaniyalari ishtirok etadi.
Janubiy Koreya Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, Ustyurt gaz-kimyo majmuasida qurilish ishlarini olib borish uchun
o’tkazilgan
tenderda Samsung Engineering Co. Ltd., GS Engineering & Construction Corp. va Hyundai Engineering Co. kompaniyalari
g’olib bo’lgan.
Ustyurt gaz-kimyo majmuasi ishga tushgach, yiliga 400 ming tonna polietilen va 100 ming tonna polipropilen ishlab
chiqariladi. Ushbu
loyihaning amalga oshirilishi bilan Qoraqalpog‘istonda MDHda ushbu sohadagi eng yirik majmua qad rostlaydi. Natijada
Qoraqalpog‘iston
mamlakatimizning yirik sanoat markazlaridan biriga aylanadi.
Surg’il koni 2006-yil mart oyida ochilgan bo’lib, ayni paytda "O’zbekneftgaz” tomonidan yiliga 3 mlrd kub metr tabiiy gaz
qazib olinmoqda.
O’zbekiston tomonining ma’lumotlariga ko’ra, kon zahirasi 120 mlrd kub metrni tashkil etadi.
Расскажи друзьям:
|
Категория: O'zbekiston yangiliklari |
Ko'rildi: 1205 |
Qo'shdi: ShuM_BolA
| Reyting: 0.0/0
|
| | | | |
| |
|
|
|
|