Меню сайта

Категории раздела
Shou-biznes olami [114]
Oila va jamiyat [23]
Oila va jamiyat turmush saboqlari
Salomatlik sirlari [19]
sogliq
Dunyo xabarlari [114]
Qiziqarli ma'lumotlar [80]
Sport xabarlari [40]
Shirinlik va taomlar Haqida [16]
Foydali maslahatlar [17]
Sevgi dunyosi [75]
XXI asr texnologiyasi [12]
O'zbekiston yangiliklari [65]
Mutolla uchun [48]
Onlayin Mp3 [10]
ONLINE RADIO [1]
Online Kino [1]

Опрос
     
Eng extirosli xonanda
  
1. Shaxzoda
2. Rayxona
3. Dilso'z
4. Nilufar Usmanova
5. Ziyoda
6. Lola
7. Sug'diyona
8. Manzura
9. Dineyra
10. Ruxshona
javascript:; javascript:;
  
Всего ответов: 118

  

Статистика
Статистика
Всего: 9159
За месяц: 0
За неделю: 0
Вчера: 0
Сегодня: 0
Из них
Гл.Администраторов: 3
Администраторов: 1
Гл.Модераторов: 1
Модераторов: 0
Дизайнеров: 1
Журналистов: 1
V.I.P:
Постоянных: 2
Проверенных: 104
Забаненых: 0
Обычных юзеров: 9047
Из них
Парней: 9065
Девушек: 81

Счетчики
waplog Яндекс.Метрика waplog.uz
Онлайн лист
Пользователи отсутствуют...
         
Cегодня нас посетили

Смски
SMS TURK [7]
SMS TURK
SMS English [1]
SMS English
Студенческие смс [1]
Студенческие смс
Смс реклама [1]
Смс реклама
Смс признания [0]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [0]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [0]
СМС на день рождения
Смс другу [0]
Смс другу
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [2]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
Любовные смс [0]
Любовные смс
SMS VATAN [3]
SMS VATAN
SMS Новый год [1]
SMS Новый год
SMS YANGI YIL [1]
SMS YANGI YIL
SMS XIKMATLI [1]
SMS XIKMATLI
SMS TOPISHMOQ [1]
SMS TOPISHMOQ
SMS TABRIK [2]
SMS TABRIK
Зарубежная [0]
Зарубежная
SMS SPORT [2]
SMS SPORT
SMS ANIMATSIYA [0]
SMS ANIMATSIYA
SMS SEVGI [17]
SMS SEVGI
SMS REKLAMA [0]
SMS REKLAMA
SMS MAQOL [0]
SMS MAQOL
SMS MANTIQIY [0]
SMS MANTIQIY
SMS LATIFA [2]
SMS LATIFA
SMS KINO MIX [0]
SMS KINO MIX
SMS IBRATLI SHERLAR [1]
SMS IBRATLI SHERLAR
SMS GRAFIKALAR [0]
SMS GRAFIKALAR
SMS FOTO [0]
SMS FOTO
SMS DO`STLIK [2]
SMS DO`STLIK
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [10]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari..
MAKTAB SMS SHERLAR [1]
MAKTAB SMS SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) [8]
SMS PRIKOL (xazil)

Bosh sahifa » 2012 » Yanvar » 2 » Yulduz Usmonova: “O’zbekcha qo’shiqlarimni turkchaga o’girib aytyapman”"
20:58
Yulduz Usmonova: “O’zbekcha qo’shiqlarimni turkchaga o’girib aytyapman”"
San’atkor va qo’shiqchilarni yulduzlarga qiyoslashadi. Yulduzlar nuri va porlashiga qarab har-xil bo’lganidek, san’atkorlar ham turli darajada. Nazarimizda, O’zbekiston Xalq artisti Yulduz Usmonova, tom ma’noda, o’zbek san’ati yulduzlarining eng porlog’i. Yulduz sermahsul va mashhur ijodkor. Shu boismi, eng ko’p mish-mishlar ham u haqda to’qilgan.

Yoshu qari orasida birdek muxlisga ega Yulduzxonim Usmonova hozir Turkiyada yashab ijod qilmoqda. Yaqinda uning yangi qo’shiqlar albomi chiqdi. Biz shu haqda kengroq ma’lumot olish uchun Yulduz Usmonovaning konsertlar uyushtirish bo’yicha AQShdagi vakili Asiya Kalenderovaga bog’landik. Asiya opaning sa’y-harakatlari bilan Turkiyaga qo’ng’iroq qilib, bevosita Yulduz Usmonovaning o’zi bilan suhbatlashish imkoniyatiga ega bo’ldik. Ushbu eksklyuziv suhbatimizni "Vatandosh” gazetasining aziz muxlislariga quyida taqdim etamiz. Marhamat, Yulduz Usmonova ijodi va hayoti haqidagi eng so’nggi yangiliklardan boxabar bo’ling.

- Yulduz opa, yaqinda Turkiyada yangi albom chiqardingiz. Bu albomingiz oldingilaridan nimasi bilan farq qiladi?

- Turkiyada eski-yangi qo’shiqlarimning hammasi yangi hisoblanadi, chunki eskilarini turklar eshitmagan. Ko’plab eski qo’shiqlarimni turkchaga o’girib, turklar uchun moslab chiqarayapman. Ammo yangi qo’shiqlar ham bor. Masalan, "Musofir qushlar” degan qo’shiq ilk bor ijro etilmoqda. Bu qo’shiq ham turk tilida ijro etiladi. "Bulbulchi qushlar” deyiladi turkchada. Bundan keyin esa forscha albomimda chiqadi.

- Albomingizda o’zbekcha qo’shiqlar ham bormi?

- Yangi albomim faqat turkcha qo’shiqlardan iborat. Oldin o’zbek tilida chiqqan qo’shiqlarimni ham turkchaga o’girib ijro etayapman.

- Eshitishimizcha, mashhur qo’shiqchi Sardor O’rtach bilan duet aytibsiz. Turkiyada qaysi xonandalar bilan hamkorlik qilayapsiz?

–Sardor O’rtach bilan eskidan tanishmiz. Ammo shu paytgacha bu xonanda bilan duet aytish yoki boshqa bir hamkorlik qilish niyatim bo’lmagan. Yangi albomimga ovoz kerak edi. Guruhimiz bilan maslahat yakunida qo’shiqlarimga Sardor O’rtachning ovozi mos tushadi, degan xulosaga keldik. Yuborgan ashulalarimiz Sardor O’rtachga juda yoqibdi va issig’ida javobini berib, rozilik bildirdi. Bu biz uchun juda ham omadli bo’ldi.

–Hozir xorijda, ya’ni , Turkiyada ijod qilayapsiz. O’zbekistonlik va turkiyalik, muxlislaringiz o’rtasida qanday farq bor?

–Muxlis hamma joyda ham muxlis. Farqini deyarli sezganim yo’q. Turkiyaliklar meni juda yaxshi kutib olishdi va samimiy qabul qilishdi. Turkiyada Yildiz Usmonova bo’lib tanildim, xuddi o’zlarinikidek qabul qilishdi. Shuning uchun ham mana shu yerlarda ijod qilib yuribmiz-da.

-Yaqinda Rossiyada gastrol safarida bo’lib keldingiz. Obid Asomov ham ishtirok etgan ekan. Safar qanday o’tdi?

- U yerda ham muxlislarimiz ko’pligidan juda xursand bo’ldim. Stadion to’la o’zbek yig’ildi. Asosiy muxlislar o’zbeklar bo’ldi, desam ham xato qilmayman. Ammo xafa bo’lgan bir tarafim, O’zbekistondan ko’p yoshlar chet ellarga chiqib ketyapti. Bu yoshlar o’zimizda ham ishlab, yashab, ijod qilib, xizmat qilishi mumkin edi.

- Yulduz.uz rasmiy saytingizda yaqinda o’qib qoldik. Facebook ijtimoiy tarmog’ida sizning nomingizdan kimlardir profil yaratib, go’yoki Yulduz Usmonova bo’lib yozishayotgan ekan. Facebook va shunga o’xshash ijtimoiy tarmoqlarda o’zingiz yoki matbuot xizmatingiz bilan birgalikda profil yaratib, muxlislar bilan bog’lanish niyatingiz bormi?

- Oldin shunday niyatim bor edi. Ammo hozir vaqt yetarli emas. Vaqt tig’iz bo’lgani uchun internetga kirib, ko’p vaqt ajratishga imkonim yo’q. Agar imkonim bo’lsa, bajonidil qilardim.

- O’z studiyangizni ochish niyatingiz bormi?

- O’zbekistonga borib, studiyalar ochib, shogirdlar yetishtirishni xohlardim. Hozir o’zi hali shogird bo’lmaganlar shogird chiqarayapti.

- Kelajak rejalaringiz qanday? O’zbekistonga qachon borasiz?

- San’at bu shunaqa narsaki, bir san’atkorning o’zi emas, uning orqasida butun xalq, millat turadi. Xuddi sportchilarga o’xshab. Agar san’atkorn bir ayb qilsa, bu butun millatu xalqqa sharmandagarchilik bo’ladi. Men hali o’zim ijoddaman. Ijoddan bo’shaganim yo’q. Hozir turkcha albom tayyorlayapmiz, undan keyin esa forscha, undan keyin o’zbekcha va qozoqcha albomim chiqadi. Rejalarim ko’p, juda ham bandman. O’zbekistonga, Turkiyaga qilib, yoki u yoqqa bu yoqqa borishga vaqtim yo’q. Hozir Turkiyaning o’zida yana 10 ta konsert berishim kerak. O’zbekistonga ketsam, mana shuncha ishlar uchun vaqt yetishmay qoladi.

- AQShga kelib konsert berish niyatingiz bormi?

- Kelasi yillardan reja qilmoqchimiz. Ammo bu gal rejani puxta qilamiz. Rejalarimiz aniqlashsa, sizlarga bu yangilikni imkonim boricha sizlarga yetkazaman.

- Yaqinda vatanimiz mustaqilligining 20 yilligi bo’layapti. Barchamiz vatandan yiroqdamiz, vatanimizni sog’inamiz. Siz uchun vatan nima?

–Ko’plar yaqin-yaqinlardan boshlab chet elga chiqayapti. Men endi 92-yillardan beri xorijga chiqaman. Vatanimni sog’inib ezilib ketayapman, demayman. Ish bilan ovora bo’lasiz, ammo har-har zamon o’tirib bir soatlarcha qattiq sog’inib ketaman. "Nastalgiya” deydi o’rislar ham buni. Vatan deganda o’zimizni xalqni, tilni tushunaman. Xudoga shukr, vatanimga borib ham kelaman. Lekin birov o’tirib sog’inganimdan ezilib ketayapman, desa ishonmayman. Vatan tuyg’usini ta’riflashga so’z ojiz. O’z udumlarimizni, to’ylarimizni, qarindoshlar to’yga aytsa, tog’ora qilib borishlarni, o’z uyimizni, yotog’imizni sog’inamiz. Albatta, har kuni emas. Ba’zan ba’zan odam eslab, o’sha damlarni qo’msaydi. Ammo ish bilan band bo’lgan, maqsadi sari intiladigan odamlarda ko’z yosh qilib sog’inib o’tirishga vaqt yo’q. Menimcha, bekorchi odamlar ko’proq sog’inib yig’lab o’tirsa kerak.

- Vatandoshlarimizga qanday tilaklaringiz bor?

- Vatandoshlarimga tilagim shuki, Alloh qayerda yaratgan bo’lsa, qayerga tuz nasibasi qo’shilgan bo’lsa, o’sha yurtlarni e’zozlab, qadrlab yashashlarini tavsiya qilaman. Sog’-omon bo’lishsin. Eng muhimi, sog’liqlarini asrashsin. Odam yashamasa, na vatan, na boshqa narsa kerak. Yerni tagiga kirib ketadi. Lekin yashagan odamga vatan ham kerak, hayot ham kerak. Shuning uchun sog’lig’imizni asrashimiz kerak. Chet elda yashash hech ham oson emas. Hamma o’tirvolib, bilmadim, chet elni nima deb biladi. Har xil sharoitdan chiqib kelgan odammiz, unutmasinki, vatan hamisha hammamizni kutadi. Bir odamga xafa bo’lib, ikkita odamdan ko’ngli qolib chiqib ketganlar, vatandan ko’ngli qolmasin, xalqidan ko’ngli qolmasin. Har bir millatda yaxshi va yomoni bo’ladi. Shu millatning shohi ham gadosi ham, oshi ham qattiq noni ham o’zimizniki. Biz vatanni qurmasak, boshqa kim quradi? Hamma menga qiyin deb chiqib ketaversa, nima bo’ladi? Mayli, bugun qiyindir, ertaga yaxshi bo’ladi. Qayerda bo’lmasin, vatan uchun qo’ldan kelganini qilish kerak. Baribir, o’zbekmiz, xaritada ko’rsatadigan joyim bor. Kimsan, qayerdansan desa, bir boshpanang bor. Vatan hamisha kutib qoladi.

–Rahmat, Yulduz opa. Ijodingizga baraka, yangi qo’shiqlaringizni kutib qolamiz.

-Sizlarga ham rahmat. Ramazon muborak bo’lsin.
P.S.: Suhbatimizdan so’ng Asiya Kalenderovaning bizga ma’lum qilishicha, Yulduz Usmonovaning AQShdagi konserti keyingi yili bir emas, bir necha shtatlarda bo’lib o’tadi. Uning aytishcha, konsertning Vashington, Virjiniya va Kaliforniyada shtatlarida o’tkazilishi hozirdan aniq bo’lgan. Yulduzning bundan boshqa shtatlarda ham konsert berishi borasida hozir muzokara ishlari olib borilmoqda.


Расскажи друзьям:


Прикрепления: Картинка 1 · Картинка 2
Категория: Shou-biznes olami | Ko'rildi: 1305 | Qo'shdi: ShuM_BolA | Reyting: 0.0/0 Печать страницы
Izohlar: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]
������ �� ������ ZeroParking
Личный профиль
Avatar qoyilmagan!

Guruh:
Mehmonjon
Soat:05:04

Login: Mehmon
ID: 0
Твой IP:18.189.194.225
Профиль
Читать ЛС ()


Голосовой поиск

Топ рисунок

TOP mp3