Jahonda qimor o‘yinlari ortidan
keladigan daromad kelasi yillarda
o‘rtacha 9,2 foizga o‘sib, 2015-
yilga kelib 182,8 milliard dollarga
yetishi prognoz qilinmoqda. Bu
haqda dunyodagi eng mashhur
to‘rtta auditorlik kompaniyasidan
biri sanalgan
“PricewaterhouseCoopers” (PwC
) tadqiqot kompaniyasi o‘zining
“Global Gaming Outlook: The
casino and online gaming
market to 2015
” deya nomlangan hisobotida
ma’lum qilgan.
Taqqoslaydigan bo‘lsak, PwC
hisob-kitoblariga ko‘ra, 2010-
yilda butun dunyo bo‘ylab qimor
biznesidan 117,6 milliard dollar
miqdorida daromad olingan.
PwC hisobotida yozilishicha,
2013-yilga kelib, Osiyo-Tinch
okeani mintaqasi qimor
biznesida AQShdan o‘zib ketishi
kutilmoqda. O‘sha paytga kelib
mazkur mintaqada qimor
o‘yinlaridan tushadigan daromad
79,3 milliard dollarga yetsa,
AQShda esa ushbu ko‘rsatkich
2015-yilga kelibgina 73,3 milliard
dollarga yetishi kutilmoqda.
Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika
mamlakatlarida esa qimor
biznesidan keladigan daromad
2010-yilda 16,3 milliard
dollardan iborat bo‘lgan bo‘lsa,
bu ko‘rsatkich 2015-yilga kelib
18,3 milliard dollargacha yetishi
kutilmoqda. Lotin Amerikasi
mamlakatlari ham bozorning
kichik bir qismiga egalik qiladi –
2015-yilga kelib bu mintaqada
qimor biznesi 6,5 milliard
dollarga yetadi (2010-yilda 3,8
milliard dollar).
Tezkor qidiruv:
PricewaterhouseCoopers, PwC