Amerikaning Coca-Cola
kompaniyasi 86 yildan beri ilk
marta o‘zining butun dunyoga
mashhur gazlangan ichimligining
maxfiy formulasi saqlanadigan
joyni o‘zgartirishga qaror qildi.
Bu haqda 8-dekabr kuni “Agence
France-Presse” axborot agentligi
xabar tarqatgan.
Kompaniya rahbariyatining
ma’lum qilishicha, Coca-Cola
ichimligining qo‘lda yozilgan
retsepti saqlanadigan seyf 1925-
yildan beri turgan bank
qutisidan olinib, Jorjiya shtati,
Atlanta shahridagi “World of
Coca-Cola” muzeyiga ko‘chirilgan.
“Bu Coca-Cola tarixidagi o‘zgacha
kun va mashhur ichimlikning
125-yilligiga bag‘ishlangan
tadbirlarning eng cho‘qqisidir”, –
deydi kompaniya rahbari Muxtar
Kent.
Eslatib o‘tamiz, Coca-Cola
ichimligining retsepti 1886-yilda
Atlanta shahrida yashovchi
farmatsevt Jon Pemberton
tomonidan o‘ylab topilgan.
Ichimlikning formulasi o‘sha
paytdan beri judayam maxfiy
tarzda saqlanib kelinmoqda
hamda uni faqatgina sanoqli
kishilargina biladi xolos.
1919-yilda kompaniyaning o‘sha
paytdagi rahbari Ernest Vudraf
Nyu-Yorkdagi bankdan qarz
olgan va garov evaziga
ichimlikning formulasi yozilgan
retsepni qo‘ygan. Qarz 1925-
yilda qaytarilgan, retsept esa
o‘shandan beri Atlantadagi
“SunTrust” bankida saqlanib
kelinmoqda edi.
Kompaniya bergan
ma’lumotlarga ko‘ra, har yili
butun dunyo bo‘ylab 200 dan
ortiq mamlakatda Coca-Cola
kompaniyasining 1,7 milliarddan
ortiq mahsuloti iste’mol qilinadi.
Tezkor qidiruv: Coca-Cola