Bosh sahifa » 2012»Yanvar»12 » Jahon savdo tashkiloti nihoyatRossiyani a’zolikka qabul qildi
03:16
Jahon savdo tashkiloti nihoyatRossiyani a’zolikka qabul qildi
Jahon savdo tashkilotining (JST)
16-dekabr kuni Jenevada bo‘lib
o‘tgan majlisida Rossiyani
tashkilotga qabul qilish
to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi. Bu
haqda “RIA Novosti” agentligi
Kremlning matbuot-xizmati
ma’lumotiga tayangan holda
ma’lum qilgan.
Undan avvalroq Rossiya
Federatsiyasi bosh vaziri
Vladimir Putin Rossiyaning JSTga
qo‘shilishi to‘g‘risidagi protokolni
imzolagan edi. Bundan tashqari,
mamlakat prezidenti Dmitriy
Medvedev ham ushbu
munosabat bilan barchani
tabrikladi. Chunki, 18 yil davom
etgan muzokaralar natijasida
Rossiya, nihoyat, JST a’zosiga
aylandi.
Endilikda, Rossiya hukumati 220
kun ichida ratifikatsiyaga oid
ichki masalalarni hal qilganidan
so‘ng, tashkilotning to‘laqonli
a’zosiga aylanadi. Shunday qilib,
2012-yil o‘rtalariga kelib Rossiya
JST a’zolari safida bo‘ladi.
18 yil davom etgan muzokaralar
samarasi o‘laroq, Rossiya 2011-
yilning kuzida JSTning barcha
a’zolaridan uni tashkilotga qabul
qilinishi uchun rozilik oldi. Biroq,
faqatgina Gruziya bunga rozilik
bermagan edi. Ammo, noyabr
oyi boshlarida Moskva va Tbilisi
Shveysariyaning vositachiligi
asosida ikki tomonlama
kelishuvga erishdi. 10-noyabr
kuni esa Rossiyaning JSTga
qo‘shilishi to‘g‘risidagi yakuniy
protokol qabul qilindi.
JSTga kirish doirasida Rossiya
mamlakatga import qilinadigan
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari,
pivo, vino va boshqa bir qator
tovarlar uchun bojxona
majburiyatlarini kamaytirishga
hamda avtokonsernlar va
avtomobil qismlarini yetkazib
beruvchilar uchun bir qator
imtiyozlarni kiritishga rozi bo‘ldi.
Bundan tashqari, Moskva
endilikda Yevropa
samolyotlaridan mamlakat
hududi ustidan uchib o‘tganligi
uchun hech qanday to‘lov
olmaydi.
Ma’lumot o‘rnida:
Jahon savdo tashkiloti (World
Trade Organization) 1995-yil 1-
yanvarda tashkil qilingan bo‘lib,
u 1947-yilda imzolangan Tariflar
va savdo to‘g‘risidagi umumiy
bitim (General Agreement on
Tariffs and Trade, GATT) bazasida
shakllantirilgan. Tashkilotning
bosh maqsadi xalqaro savdoni
liberallashtirishdan iborat.
Hozirgi kunda tashkilotga 152 ta
mamlakat a’zo.
Tezkor qidiruv: GATT, Jahon
savdo tashkiloti, JST, Rossiya,
Rossiya-JST