Bosh sahifa » 2012»Yanvar»12 » AQShning davlat qarzi uningyalpi ichki mahsulotidan oshibketdi
03:20
AQShning davlat qarzi uningyalpi ichki mahsulotidan oshibketdi
AQShning davlat qarzi
mamlakatning yillik yalpi ichki
mahsulotidan (YIM) oshib ketdi.
“USA Today” gazetasining
yozishicha, Amerikaning
qarzdorligi 15,23 trillion dollarni
tashkil qilib, uning 2011-yildagi
yalpi ichki mahsuloti hajmi esa
15,17 trillion dollardan iborat
bo‘lgan. Bu haqda “Vesti.ru”
nashri xabar qilgan.
Uzoq muddatli iqtisodiy
prognozlar shuni ko‘rsatadiki,
kelasi yillarda ham AQShda qarz
yuki oshib boradi va yaqin 10 yil
ichida uning hajmi 26 trillion
dollardan oshib ketishi mumkin.
Endilikda, AQSh o‘z davlat qarzi
miqdorini mamlakat YIM
hajmidan past darajada ushlab
turishi uchun uning iqtisodiyoti
yiliga kamida 6 foizga o‘sishi
lozim.
“USA Today” tahlilchilarining
ta’kidlashicha, hozirda jahonda
rivojlangan davlatlar ichida
faqatgina Gretsiya, Irlandiya,
Islandiya, Italiya, Portugaliya va
Yaponiyada davlat qarzi
mamlakatning YIM hajmidan
ortiqdir. Endi bu ro‘yxatga
AQShni ham kiritish mumkin.
Ko‘rib turganingizdek, ushbu
ro‘yxatning epimarkazini
Yevropa mamlakatlari egallagan
bo‘lib, ular uchun bugungi kunda
“suveren qarz inqirozi”
tushunchasi mos tushadi.
Eslatib o‘tamiz, AQShda Ikkinchi
jahon urushidan beri davlat qarzi
bunchalik yuqori darajaga
ko‘tarilmagan edi.
Tezkor qidiruv: AQSh, davlat
qarzi, yalpi ichki mahsulot, YIM