Habaringiz bor Rossiya estradasi "PriMadonnasi” Alla Borisovna Pugacho'va yaqin kunlarda aynan o'zi qo'lga kiritgan "Primadonna” unvoni uchun nomzodlar va iqtidorlar kastingini o'tkazdi.
Kasting natijasida yuz minglab qatnashuvchilar orasidan 15ta ishtirokchi saralab olindi bular: Azarchugov Aleksey, Dmitriy Nesterov, Svetlana Valaeva, Ol'ga Sergeyeva, Tat'yana Beley, Abdulla, Sevara Nazarhon, Anika Dalinski, TREYA, Boobliks Band, «Melissa» guruhi, Kseniya Fedulova, Irina Del'skaya, «DNK» guruhi va Sara Okslar edi. So'nggi bosqich talablariga ko'ra, ishtirokchilar jyuri a'zolariga xar hil janrdagi qo'shiqlarni faqatgina jonli ijroda kuylab berishlari kerak edi, shunday xam bo'ldi va yuqoridagi nomlar ichidan Sevara Naharhon nomi xaqiqiy iqtidor va "PriMadonna” unvoniga loyiq deb topildi. Biz chin dildan yurtdoshimizni tabriklaymiz