O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Rayhon hamda Sardor Rahimxonning yaqin do’stona munosabatlaridan barchaning xabari bor albatta. Xatto bir yil oldin ularni birga turmush qurarkan degan gap ham tarqagandi. Ikki mega yulduzning do’stliklariga ular ijro etgan naqd ikkita duet tarona ham isbot bo’la oladi, ayniqsa "Abadiy” taronasi. Lekin bizning hozirgi aytmoqchi bo’lganimiz buning g’irt aksi haqida.
Bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarga ko’ra Rayhon va Sardor Rahimxon munosabatlari dars ketgan, yana ham aniqrog’i ular Istiqlol san’at saroyida bo’lib o’tgan konsertlardan birida xafalashib qolishgan. Batafsil ma’lumotlar haqida xonandalar gapirishni istashmadi. Ammo bu gaplar to’g’ri ekanligiga ularning umuman bir birlariga zid xonandalar bilan ijro etgan duetlari dalil bo’lsa ajabmas. Rayhon Ulug’bek Rahmatullaev bilan, Sardor Rahimxon Lola bilan. Xullas nima bo’lganda ham bu gap so’zlar yolg’on bo’lib chiqsa bo’lgani. Eng so’nggi shov-shuvlar mana shu.