Kuz ham kelmay hazon to’ldi bu bo’glarga Sho’rlik yurak to’lib ketdi xun dog’larda Boshim olib ketsammikan sahrolarga. Xiyonatkor go’zallarning borligidan Kimnidir sevasan. Ishqida yonasan. Hajrida kuyasan. Bazida o’zindan ham tonasan. Joningni fido ham qilasan. Shuncha fidoiylik evaziga esa xiyonat bilan siylanasan. Yuraginda xun olish istagi bilan ayriliq sahrosida umrbod qolib ketasan. Bularga sabab muhabbat sharobidan qalbingda tuygan rohatbaxsh tuyg’u aql ko’zlaringni ko’r qilganimi yoki boshqa buni faqat boshing toshga tekkanida bilasan. Biroq unda kech bo’ladi… Shayton sabab makri bo’ldi ayol tomon Ne yigitlar holi zabun, rangi samon Ne bokira ayollar ham bo’ldi yomon Xiyonatkor go’zallarnig borligidan Ul hurliqoni makrlari oldida manaman degan yigitlar ham ip esholmay qoladi. Sen esa navbatdagi o’lja bo’lganingni bilmaysan. Buni bilasan qachonki yangi o’lja uning to’riga ilinganda. Shunga qadar unga boringni shaylab, istaklarinbajo aylab yuravesan. So’ngi damda shunday ustomonlik bilan xayrlashadiki unga hatto qo’lingni uchini tekkazguday bo’lsang, barbod umrningga butunlay nuqta qo’yishga majbur bo’lasan. Undan bir amallab voz kecharsan, lekin davom etayotgan hayotinda senga uchragan malaklarga Xiyonatkorgo’zalga qaraganday qarab o’tasan. Bu o’sha "Lanati sevging” mevasi bo’ladi. Ogohmikin bu go’zallar qiyomatdan Nega endi yuz burarlar diyonatdan Bir bo’z yigit ado bo’ldi xiyonatdan Xiyonatkor bir go’zalga yorligidan Xiyonatdan ado bo’lgan yuraging baribir uni qumsayveradi. Oldiga ham borasan hijron tunlarida. Biroq endi uni bag’rida sen emas boshqa. Shu onda ko’zlaring to’ladi yoshga. Yana ne-ne azob tushadi boshga… Bularga chidayolmay dod solasan dunyoga… Bu azoblardan qutulish uchun xatto o’z joningga qasd qilishni o’ylaysan. Biroq bundan foyda bormi ? Ha bor. Sen bu qilgan ishingdan so’ng qiyomatda to'rg'i do’zaxga tushasan. Mana foyda…. O’lim so’ngi chora emas. Bir qiz umringga nuqta qo’yishinga arzimaydi. Sen o’lib ketarsan leku ortindan o’zini o’ldirmaydiku. Xatto eslamasa ham kerak. Chunki u uchun hechkimsan. Bo’lib o’tgan voqealarni shundayqabul qilginki ular sen uchun eslashga arzimaydigan bir tush bo’lib qo’lsin. Tushlarimda ko’rdim faqat Laylolarni Chin yor uchun joni fido Zuhrolarni O’xshashini topmadim Ranolarni Xiyonatkor go’zallarnig borligidan Bilaman xiyonatni va uni qalbingga joylagan go’zalni unitish qiyin… Lekin shuni ham bilamanki… Bir kun seni Xiyonatning azobli zindonidan ozod qilgani Laylodak go’zal, Zuhrodak oqila, Ranodak vafodor bir "Farishta” keladi… Sen uni kutsang bo’lgani… U seni albatta topadi… Biroq bunga biroz vaqt kerak… Muallif: Shukurullo Xo’jamberdiyev