Eh muhabbat… Sen nega qalbimga xuddi iymonimdek chuqur o’rnashmading...
Qalbimda sen uchun yaralgan xona eshiklariga "Xiyonat qulfi” solinmaganida edi…
Ikki dunyoda ham qalbim to’rida seni ardoqlab yashardim… Balki…
Toki bu eshikda "Xiyonat qulfi” turar ekan senga achinib yashashga majburman…
Sarson bo'lgan dillar aro
Kuygan yolg’on tillar aro
Shuncha o’tgan yillar aro
Muhabbatga achimanan
Dillarimizni armon bog’larida hazon bo’lishiga, tillarimizni esa achchiq yolg’on zahridan kuyishiga sabab bo’lgan "Xiyonat qulfi”ga o’tgan yillar davomida kalit izladim… Lekin… Topolmadim... Meni kechir Muhabbat…
Bir umr qalb eshiklaridan "Xiyonat qulfi”ni olib tashlolmaydigan…
Sen sabab tirik lekin seni qalbi to’riga joylay olmaydigan…
Hijron saxrosida "Xiyonat qulfi” ga kalit izlasada ammo bir umr topolmaydigan… Majnuningni kechir Muhabbat…
Majnun ko’zin qum ko’madi
Meni do’sti shum ko’madi
O’lsa uni kim ko’madi
Muhabbatga achimanan
Bir kun kelib bu tanamdagi jon ham meni tark aylar…
Meni do’stlarim tanigan tanimagan yaqinlarim dafn etar…
Biroq sen o’lsang kim ko’madi … Menmi?
Seni dafn etilmagan jasadingni telba shaqollar titkilayotganini ko’rsada ularga qarshilik qilolmaydigan, faqat senga achinib yig’laydigan men ko’mamanmi…
Qalbidagi "Xiyonat qulfi” sabab tirik bo’lsangda senga yaqinlasholmagan o’lganningdan keyin seni dafn eta olmaydiku…
Muhabat meni jonim uzulgunga qadar yashagin… Iltimos sendan…
Shuncha yillar senga achinib yashagan bir oshiq bu dunyoni tark ettaganida unga sen ham achinib yig’lagin Muhabbat…