Меню сайта

Категории раздела
Shou-biznes olami [114]
Oila va jamiyat [23]
Oila va jamiyat turmush saboqlari
Salomatlik sirlari [19]
sogliq
Dunyo xabarlari [114]
Qiziqarli ma'lumotlar [80]
Sport xabarlari [40]
Shirinlik va taomlar Haqida [16]
Foydali maslahatlar [17]
Sevgi dunyosi [75]
XXI asr texnologiyasi [12]
O'zbekiston yangiliklari [65]
Mutolla uchun [48]
Onlayin Mp3 [10]
ONLINE RADIO [1]
Online Kino [1]

Опрос
     
Eng extirosli xonanda
  
1. Shaxzoda
2. Rayxona
3. Dilso'z
4. Nilufar Usmanova
5. Ziyoda
6. Lola
7. Sug'diyona
8. Manzura
9. Dineyra
10. Ruxshona
javascript:; javascript:;
  
Всего ответов: 118

  

Статистика
Статистика
Всего: 9159
За месяц: 0
За неделю: 0
Вчера: 0
Сегодня: 0
Из них
Гл.Администраторов: 3
Администраторов: 1
Гл.Модераторов: 1
Модераторов: 0
Дизайнеров: 1
Журналистов: 1
V.I.P:
Постоянных: 2
Проверенных: 104
Забаненых: 0
Обычных юзеров: 9047
Из них
Парней: 9065
Девушек: 81

Счетчики
waplog Яндекс.Метрика waplog.uz
Онлайн лист
Пользователи отсутствуют...
         
Cегодня нас посетили

Смски
SMS TURK [7]
SMS TURK
SMS English [1]
SMS English
Студенческие смс [1]
Студенческие смс
Смс реклама [1]
Смс реклама
Смс признания [0]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [0]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [0]
СМС на день рождения
Смс другу [0]
Смс другу
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [2]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
Любовные смс [0]
Любовные смс
SMS VATAN [3]
SMS VATAN
SMS Новый год [1]
SMS Новый год
SMS YANGI YIL [1]
SMS YANGI YIL
SMS XIKMATLI [1]
SMS XIKMATLI
SMS TOPISHMOQ [1]
SMS TOPISHMOQ
SMS TABRIK [2]
SMS TABRIK
Зарубежная [0]
Зарубежная
SMS SPORT [2]
SMS SPORT
SMS ANIMATSIYA [0]
SMS ANIMATSIYA
SMS SEVGI [17]
SMS SEVGI
SMS REKLAMA [0]
SMS REKLAMA
SMS MAQOL [0]
SMS MAQOL
SMS MANTIQIY [0]
SMS MANTIQIY
SMS LATIFA [2]
SMS LATIFA
SMS KINO MIX [0]
SMS KINO MIX
SMS IBRATLI SHERLAR [1]
SMS IBRATLI SHERLAR
SMS GRAFIKALAR [0]
SMS GRAFIKALAR
SMS FOTO [0]
SMS FOTO
SMS DO`STLIK [2]
SMS DO`STLIK
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [10]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari..
MAKTAB SMS SHERLAR [1]
MAKTAB SMS SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) [8]
SMS PRIKOL (xazil)

Bosh sahifa » 2012 » Fevral » 3 » "BU YERLARDAN QOCHIB KETAMIZ, ALBATTA KETAMIZ !" (1-qism)
13:17
"BU YERLARDAN QOCHIB KETAMIZ, ALBATTA KETAMIZ !" (1-qism)
Batafsil yozilgan, ko'p sonli hikoya.
Hayot qizig'-a ? Gohida mehribon, gohida beshavqat, goh quvonch, goh g'am ... Hayotimizning eng go'zal damlarini "baxt" deb ataymiz. Bu hayotga baxtli yashash uchun kelganmiz. Ammo bu oson emas. Hayotning son-sanoqsiz qiyinchilig-u, mashaqqatlari mavjud. Chunki bu sinovli dunyo ! Ushbu sinovlarning eng shirin dardliligi, bu "Muhabbat" ! Aytilishini o'zi bir, juda ham hayajonli. Qalbingiz o'zgacha bir olamda yashayotgandek o'zgarishlarning kuzatilishi ham, bu "Muhabbat" tuyg'usi sababli. Ilgari bu so'zga tushunmasdim va shu so'zni eshitsam jahlim chiqardi. Nimaga, deysizmi ? Hozir barchasini bir boshidan bafurcha gapirib beraman. Keling avval o'zimni tanishtiray. Ismim Otabek. To'rt kishidan iborat fayzli oilam bor. Oyim, Dadam, Men va Singlim ... Ota-onam, Allohga shukur juda ham yaxshi va mehribon insonla. Baxtimga omon bo'lishsin ! Onam uy bekasila. Men, Dadam bilan birgalikda, kichik bir korxonani boshqarib, ishlaymiz. Singlim, ayni kunda kollej talabasi. Ahil va inoq oilamiz. Ilgari "Muhabbat" degan so'zni, umuman yomon ko'rardim. Chunki har kun kechqurun, muhabbat seriallari berardi. Oyim ko'rardila. Televizor shovqinidan ko'zimga uyqu kelmasdi. Qaniydi bitta serial bersayu, televizorni o'chirishsa. Afsus-ki, unday emas. Biri tugashi bilan, ketidan boshqa kanalda yana bittasi boshlanadi. "Muhabbat mojarosimiyey", "Qalbim chechagimiyey", "Esmeraldamiyey" ... Voy-dod deb baqirgim kelardi. Muhabbat nimaligini tushunmaganingdan keyin, serialni ham ko'rishing kelmas ekan. Kechqurun ovqat mahalda, ovqatlanayotib majbur ko'raman. Ammo ertalabgi nonushtaga chiqib, ne ko'z bilan ko'rayki, yana o'sha Muhabbat serialini takroran namoyish etishyapti. Takroran berishi yetishmay turgan ekan-da ... Bitta serialdan qutulsang, ertaga yana bittasi paydo bo'ladi. Reklamalarini-ku aytmasam ham bo'ladi. "Yoshlar" teleradiokanalida yana bir yangi serial "Muhabbat faloncha-falonchasi" ! Eng asabimga tegadigani ham, manashu edi. Bir marta reklama qilsa-ku mayli desangiz. Yo'q, bular har 15 minutda ko'rsatishi kerak. Tovba ... Shu tariqa kunlar, oylar o'ta boshladi. 2009 - yilni, Aprel oyiga kelibgina, men birinchi bor "Muhabbat" nimaligini tushundim. Shundan so'ng "Muhabbat" tuyg'usiga e'tibor beradigan bo'ldim. Bu qanday sodir bo'lganini ham, hozir bafurcha gapirib beraman. Singlimni, aprel oyida tug'ilgan kuni edi. Qalbimga Muhabbatni kirib kelishi ham, aynan shu kundan boshlandi ... Uyda erta tongdan tayorgarlik ko'ra boshlagan singlim, dugonalari kelishini aytdi.
-Ha erkatoy singlim, tug'ilgan kuning bilan !
-Rahmat akajon ! Vooo-oy to'xtangchi, faqat tilak xolosmi ???
-Aha, yana nima bo'lsin ?
-Sovg'a qani ?
-Qanaqa sovg'a ? Tilakga ham shukur qil ...
Odatda singlim bilan ko'p hazillashib turamiz. Bu safar ham hazil qilib, biroz qo'rqitmoqchi bo'ldim. Shunda singlim:
-Sizdan xafaman ! ... Birinchi sizdan sovg'a kutgandim.
( Biroz xafa holda )
-Unda qo'lingni berchi.
-Nimaga ?
-Hozir ko'rasan.
-Yo'q !
-Qo'ysangchi singlim ...
-Yo'q !
-Voy, arazlama endi. Axir bugun tug'ilgan kuning ...
-Hmm ... Ha-Mayli ...
-Bu senga. Tug'ilgan kuning bilan, o'zimni go'zal singlim.
-Iye, nima-bu ?
-Ochib ko'r-chi.
-Hozir ... Voo-oy, tumormi ? Buncha chiroyli. Sovg'a yo'q deb o'tirgandiz-u ? ...
-Hazil qildimda. Singlimga sovg'a ololmasam, nima qilib yuribman.
-Rahmat akajon ! Sizni juda ham yaxshi ko'raman.
-Men ham singlim. Ha aytgancha, oyim va dadam ko'rinmaydila ?
-Buvimlarnikiga ketuvdila. Biron soatda qaytarkanla. Dadam: "Akang uyg'onsa ishxonaga ham bir borib, xabar olsin" degandila. Sizga nonushta taxlab qo'yuvdim. Oshxonaga kirib, ovqatlanib oling.
-Aha, xo'p. Bo'lmasa tayorgarlikni davom etdiraver. Biron nima kerak bo'lsa, bemalol menga aytgin xo'pmi.
-Xo'p bo'ladi akajon ...
Ishxonaga bordim va qaytishda barcha kerakli mahsulotlarni keltirib berdim. Soat 10:30 lar chamasi, Elyor degan yaqin o'rtog'im uyimiz keldi. Kompyuterda bir ishni tushunmayotganini va ko'rib berishini aytdi. Shundan so'ng u bilan xonamda suhbatlashib o'tirdik ... Soat 11:40 lar chamasi eshik qo'ng'irog'i jiringladi. 3 - 4 bor jiringladi ...
-Singlim, eshikga qarachi, kimdir keldi.
-Akajon, o'ziz ochaqoling. Qo'lim biroz ho'l. Ovqatni tayorlayotgandim.
-Ob-bo ... Xo'p, hozir.
Eshikni ochdim. Singlimni dugonalari kelishibdi. Bu dugonalari ichida esa .......... Men muhabbatimni uchratdim. Aniqrog'i, juda ham chiroyli husni, qosh-u ko'zlari bilan bir qiz, meni o'ziga maftun etdi. Nima deyishni bilmay, go'yo o'zimni yo'qotib qo'ydim. Taqdirni ishimi-bu bilmadim, aynan o'sha qiz so'z boshladi ...
-Salom. Shahnoza uydalami ? Biz dugonalari bo'lamiz.
-A ... Ha-ha uyda-uyda. Kelinglar. Marhamat.
Singlim, dugonalaring kelishdi.
-Hozir, ketyapman akajon.
-Marhamat, mehmonxonaga kiringlar. Xush kelibsizlar ...
Singlim ham keldi va ular bilan ko'rishdi. Men esa, negadir birdan o'zgarib, qoldim. Xonamga kirganimda, hayolparishon bo'lib, o'rtog'imni gaplarini eshitmabman. Muhabbat deganlari, shunchalik ham sehrli bo'ladimi-a ? "Muhabbat, inson qalbiga kutilmaganda kirib keladi" deyishadiku ...
-O'rto ? Bu kompyuterga bir qaragin. Zagruzka qilib bo'ldi. Hey ? Eshityapsanmi ?
-A ? ... Ha-ya uzr ... Hozir.
-Tinchlikmi ? Birdan o'zgarib qolding ?
-Hech gap yo'q Elyor. Tinchlik. Shunchaki o'zim.
-Aldama ! Iye, shoshmachi ...
O'rtog'im eshikdan chiqdida, mehmonxonaga qaradi. Uyerdagi singlimni dugonalarini ko'rib, xuddi sezganday oldimga kelib, kula boshladi.
-Ha, nega kulyapsan ?
-Qaysi biri Otabek ?
-Nima deganing bu ???
-O'zingni bilmaganga olma o'rto.
-E, nimalar deyapsan ? Hechnarsani bilmayman.
-Qo'ysangchi, yashirma endi. Qaysi biridir yuragingdan urgani aniq. Ha-ha bu aniq ! Mendan yashirolmaysan.
-E bo'ldi qil. Boshqa gap yo'qmi ? Kel yaxshisi kompyuterdagi ma'lumotlarni to'g'irlaylik. Shunaqa deb gapni olib qocha boshladim. Lekin o'rtog'im baribir sezardi. Biroz vaqt o'tgandan so'ng, singlim oldimga keldi.
-Akajon, ovqatni suzyapman. Qayerda yeysizlar ? Oshxonadami yoki xonangizga olib kelay ?
Men gapirishni o'rniga, Elyor gapira ketdi.
-Shahnoz, yaxshisi sizlar bilan ovqatlanaylik. Otabek ham menimcha bunga qarshi emas ... (Tirjayib)
O'rtog'imni bu gapidan jahlim chiqib ketdi.
-E ahmoq, nimalar deyapsan ? Singlim bunga e'tibor berma. Ovqatni xonamga keltira qol. Shu yerda ovqatlanamiz.
-Xo'p akajon. Hozir.
-Senga qarashib yuboraman.
-Yo'q, siz o'tiravering. Dugonam yordamlashyapti.
-Iye, mehmonni ovori qilib qo'yamiz-ku.
-O'zi deyarli ish yo'q. Hamma narsa tayyor. Ovqatni suzamiz xolos. O'tiravering ...
-Ha mayli ...
O'rtog'im bilan kompyuter ishlarini davom etdirdik. Biroz vaqdan so'ng xonam eshigi taqqilladi.
-Kiraqo singlim, eshik ochiq.
-Kechirasiz ... Mana ovqat. Dasturxonni hozir olib kelaman. (Past ovozda)
Hayron bo'lib qarasam, u singlim emas, meni o'ziga maftun etgan qiz ekan. Yugurib turib, qo'lidan ovqatni oldim.
-Voy, sizni ovora qilib qo'yibmiz-ku. Qo'ying, hozir dasturxonni o'zim olib kelaman. Siz mehmonxonaga chiqing ... Xijolat bo'lib ketganimdan nima deyishni bilmay qoldim. O'rtog'im esa tinmay tirjayib, asabimga tegardi. Oshxonaga borib, qolgan narsalarni olib keldim. Ovqatlanayapmiz ... Lekin, fikr-u xayolim, o'sha qizda edi. Eshikni ochganida, qo'lida ovqat bilan yerga qarab turgan nigohlari, hech xayolimdan ketmasdi. O'z-o'zimga savol beryapman: "Nahotki sevib qoldim ???" Ovqatlanib bo'lganimizdan so'ng, biroz vaqt o'tib, oyim va dadam ham kelishdi. Meni xayolim, hali hanuz o'sha qizda edi. Yolg'ondan "Suv ichib kelay" deb xonamdan chiqib, uni bir bor uzoqdan bo'lsada, ko'rishga oshiqardim. Shu tariqa 2 - 3 soat tug'ilgan kun o'tdi. Singlimning dugonalari ketishayotganda ham, uni yana bir bor ko'rish uchun, eshikdan sekingina qarab qo'yardim. Anavi Elyor o'rtog'im esa, ustimdan kulishdan to'xtamasdi. Dugonalari ketishdi. O'rtog'imni ishini bitkazib berdim. U ham ketdi. Keyin singlimni oldiga kelib, o'sha qiz haqida bilmoqchi bo'ldim. Ammo, qanday so'rashni, nima deyishni ham bilmasdim ...
-Shahnoz ? ...
-Labbay ?
-Haligi ...
-Nima akajon ?
-Nima desam ekan ...
-Xo'sh ? ...
-Hmm-mm ... Haligi ...
Nimadir demoqchimisiz ?
-Haa-a-a, tug'ilgan kun yaxshi o'tdimi ?
-Ha rahmat. Xudoga shukur, hammasi zo'r o'tdi. Sizga ham rahmat !
-Yaxshi. Xursandman ...
-Akajon, negadir parishonxotirsiz. Nimadir bo'ldimi ? Menga nimadir demoqchiga o'xshaysiz. Tinchlikmi ishqilib ?
-Tinchlik singlim. Hech gap bo'lgani yo'q. Shunchaki o'zim. Mayli, men bora qolay. Ishxonaga ham bir o'tib kelaman shunday.
-Xo'p akajon. Yaxshi boring ...
Men singlimga aytolmadim. Jur'atim yetmadi. Yo'lda ketyapman-u, fikr-u xayolim yana o'sha qizda edi. Ismi nima ekan, qayerda turar ekan deb, qiziqa boshladim. Biroq, qanday qilib bilishni, bilmasdim. Uyga qaytdim. Kechqurun oila a'zolarim bilan singlimni tug'ilgan kunini nishonladik. O'sha kuni kechqurun, ko'zimga uyqu kelmadi. Eh Muhabbat ... O'ylay-o'ylay bu haqda o'rtog'im Elyorga aytishga va dardlashishga qaror qildim.
(Davomi bor)


Расскажи друзьям:


Прикрепления: Картинка 1
Ko'rildi: 775 | Qo'shdi: ShuM_BolA | Reyting: 0.0/0 Печать страницы
Izohlar: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]
������ �� ������ ZeroParking
Личный профиль
Avatar qoyilmagan!

Guruh:
Mehmonjon
Soat:01:12

Login: Mehmon
ID: 0
Твой IP:3.141.41.187
Профиль
Читать ЛС ()


Голосовой поиск

Топ рисунок

TOP mp3