Ko'rganimiz nima bo'ldi ayting do'stlar? Bu joylarda endi bizdan nelar qoldi? Hammasini o'shalarga tashlab ketdik, Ularga yo'l ko'rsatuvchi kimlar qoldi? Mayli bizlar kuzatamiz chetdan turib, O'zlarini sanasinlar mayli g'olib, Chin yurakdan siz tomonga qo'lin cho'zib, Jonga oro bo'lar qaysi jonlar qoldi? Bir jon edik unda hamma edi baxtli, Har bir kunu tunlar o'tar edi zavqli, Istamasdan poyon topdi endi dardli, Zerikarli, fayzdan ayro kunlar qoldi. Biz kuylardik hamma xavas qilar edi, Biz so'zlardik barcha bizni tinglar edi, Egasi yo'q makonlarda ingrab endi, Mazmuni yo'q, ma'nosi yo'q kuylar qoldi. Kelganlari nima berdi bizga ayting, Ular taklif etar yo'llaridan qayting, Xali qancha aytar so'zlarim bor maning, Xali qancha yozilmagan she'rlar qoldi. Ex qanchalar kuchli edik bir o'ylasam, Bo'lmasmidi ular ketib man qololsam? Nogoh yana u kunlarni yodga olsam, Yuragimni yaralagan dardlar qoldi. Sizlar bilan topgan edim men xalovat, Endi ayro bo'ldi manga ul farog'at, Takror-takror bitta so'zni aytgum albat, Bizdan faqat shirin xotiralar qoldi!