Ba’zilar, ayniqsa
hozirgi kunda
shunday holat ko‘p
uchrayapti, qanchalik
yaxshi kiyinsa,
tanishuv saytlarida ko‘p o‘tirsa,
nomzodlar safini
kengaytirsa,
muhabbatni
uchratishiga umid
qiladi. Aslida, unday emas. Muhabbat siz
kutmagan,
o‘ylamagan bir
paytda qalbingizga
kirib keladi. Siz uning
kelganini sezmay ham qolasiz. Tanishishni
istash-
istamasligingizdan
qat’i nazar, o‘zi yo‘l
topib keladi
ko‘nglingizga. Kun bo‘yi to‘rt devor
orasida o‘tirsangiz
ham, ko‘chaga
chiqmasangiz ham,
muhabbat sizni topib
kelishi hech gap emas. Buning uchun
tanishuv saytida
o‘tirish ham, yaxshi
kiyinish ham, odamlar
orasidan Uni izlash
ham shart emas. Bunga aslo shubha
qilmang. Muhabbat
kutilmaganda kirib
keladi. Xo‘p, ko‘ngilga
kirib keldi ham deylik.
Keyin nima bo‘ladi?
Qanday yo‘l tutamiz? Uni munosib kutib
olishga tayyormizmi?
Yoki haqiqiy tuyg‘ular
qadrini anglamasdan,
billur idishday chil-chil
sindiramizmi? Shubhalar to‘rida
qoldiramizmi? Yoki
zar qadrini bilgan
zargarday uni
yuragingiz to‘rida
gardu g‘uborlardan, hasadgo‘y
kimsalarning g‘arazli
ko‘zlaridan saqlab
yashaysizmi? Bu faqat
sizga, ko‘nglingizdagi
muhabbatning qanchalar teran va
samimiyligiga,
bardoshingizga
bog‘liq. Agar siz sevgingizni
asray olmasangiz,
unga yuzaki
qarasangiz, demak,
uni qabul qilishga
tayyor emassiz. U asta-sekin so‘na
boshlaydi. Sevgi bilan
xayrlashish esa oson
bo‘lmaydi. Ancha
azoblanishingizga,
iztirobga tushishingizga to‘g‘ri
keladi. Toki qaerda
xato qilganingizni
anglamaguningizga
qadar... Mana, siz
muhabbatning
tashrifini intiqib
kutyapsiz. O‘z
yarimtasini topgan
do‘st-yorlarga havas bilan qarayapsiz.
Ammo o‘zingiz
sevishga tayyormisiz?
Muhabbat
kutilmaganda kirib
kelsa, dovdirab qolmaysizmi? Axir,
muhabbat hech
qachon tashrifidan
ogohlantirmaydi.
Besas-besado kirib
keladi-yu, qalbingizni butunlay egallab
oladi...