Bosh sahifa » 2012»Mart»3 » “Apple” va “Sberbank” –aksiyalarining daromadliligieng yuqori kompaniyalar
22:23
“Apple” va “Sberbank” –aksiyalarining daromadliligieng yuqori kompaniyalar
Amerikaning "Apple” va
Rossiyaning "Sberbank”
kompaniyalari aksiyalarining
daromadliligi so‘nggi o‘n yil
ichida eng yuqori natijani
ko‘rsatdi, deya yozadi nufuzli
"The Economist” jurnali.
Jurnal tahlilchilarining hisob-
kitoblariga ko‘ra, 2002-yilning
fevral oyida "Apple” aksiyalariga
100 dollar mablag‘ tikkan
investor, 2012-yilning fevral
oyiga kelib uni 3 919 dollar qilib
qaytarib olishi mumkin edi.
Chunki, bundan o‘n yil avval,
ya’ni 2002-yilda "Apple”
aksiyalari narxi 12,5 dollar
turgan bo‘lsa, 2012-yil 13-fevral
kuni savdolar paytida uning bir
dona aksiyasi narxi kompaniya
tarixida ilk marta 500 dollardan
oshdi va 502,6 dollarga teng
bo‘ldi. Ba’zi nashrlarning
yozishicha, joriy yil oxirigacha
"Apple” aksiyalarining narxi
650-900 dollar oraliqda o‘ynashi
bashorat qilinmoqda.
Xuddi shuningdek, Rossiyaning
eng yirik moliyaviy kompaniyasi
– "Sberbank” qimmatli
qog‘ozlariga ham bundan o‘n yil
avval qilingan 100 dollarlik
investitsiya bugungi kunga kelib
3 722 dollar bo‘lib qaytdi.
Aksiyalarining daromadliligi eng
yuqori va eng past
kompaniyalar, 2012
Manba: "The Economist”
Reytingning uchinchi va
to‘rtinchi o‘rinlarini mos ravishda
AQShning "ConocoPhillips” neft-
gaz kompaniyasi va "Amazon”
onlayn-riteyleri egalladi.
Shunday qilib, "The Economist”
jurnali tomonidan tuzilgan
aksiyalarining daromadliligi eng
yuqori kompaniyalar ichida
birinchi o‘ntalikka ikkita Xitoy
kompaniyasi – "Petrochina” va
"China Petroleum”, ikkita
Braziliya – "Vale” va "Banco do
Brasil”, Meksikaning
telekommunikatsiya xoldingi –
"America Movil” hamda
Hindistonning "Oil & Natural Gas
Corporation” ("ONGC”)
kompaniyalari ham kirdi.
Aksincha, aksiyalarining
daromadliligi salbiy ko‘rsatkichga
ega bo‘lgan kompaniyalar ham
mavjud bo‘lib, ularga "Barclays”,
"UBS”, "Bank of America”,
"Citigroup”, "Royal Bank of
Scotland” va "Allied Irish
Banks” banklari, Amerika va
Germaniyaning sug‘urta
kompaniyalari – "AIG” va
"Allianz” hamda Yaponiyaning
"Mitsubishi” konglomerati va
"NTT DoCoMo” mobil
operatorlarini kiritish mumkin.
Xususan, agarda siz bundan o‘n
yil avval "Allied Irish Banks” va
"AIG” aksiyalariga 100 dollardan
investitsiya qilganingizda,
bugunga kelib sizning bu
investitsiyangiz qiymati mos
ravishda 1,33 va 2,21 dollarga
teng bo‘lar edi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu reytingni
tuzishda "The Economist” jurnali
2002-yildan hozirgacha uzluksiz
faoliyat ko‘rsatib kelayotgan
jahonning eng yirik 200 ta
kompaniyasi aksiyalari narxining
o‘zgarish dinamikasini tahlil qilib
chiqqan.