Bugungi kunga kelib smartfonlar
bozori jahooning eng qizg‘in
kurash maydoniga aylanib ketdi.
Bundan tashqari, bu bozor
texnologiya olamining eng tez
sur’atlarda o‘sayotgan sohasi
bo‘lishga ham ulgurdi. Quyida
e’tiboringizga smartfonlarning
qisqacha tarixini –
xronologiyasini keltirib o‘tamiz.
Unda siz 2007-yilda ilk marta
namoyish qilingan “iPhone”
smartfonidan tortib to 2012-
yilning yanvar oyigacha –
“BlackBerry” smartfonlarini
ishlab chiqaruvchi Kanadaning
“Research in Motion”
kompaniyasi rahbarlarining o‘z
lavozimlaridan bo‘shaguncha
bo‘lgan tarix haqida so‘z bo‘radi.
2007-yil, yanvar
“Apple” kompaniyasi asoschisi
va uning sobiq bosh ijrochi
direktori Stiv Jobs ilk “iPhone”
smartfonini namoyish qildi.
O‘shanda u mazkur smartfonni
“dunyodagi har qanday mobil
telefondan besh yil oldinda
turuvchi inqilobiy ahamiyatga
ega ajoyib mahsulot” deya
ta’riflagan edi. “Microsoft”
korporatsiyasi rahbari Stiv
Ballmer esa unga “dunyodagi
eng qimmat telefon” deya baho
bergan.
2007-yil, aprel
“Gartner” tadqiqot kompaniyasi
ma’lumotlariga ko‘ra, 2007-
yilning birinchi choragida
“Microsoft” korporatsiyasining
“Windows Mobile” operatsion
tizimi jahon smartfonlar
bozorining 18 foiziga egalik qildi.
2007-yil, noyabr
“Google” o‘zining “Android”
mobil operatsion tizimini bepul
tarqatiladigan mobil platformaga
aylantirishini ma’lum qildi.
Natijada, undan har kim
foydalanishi va o‘zgartirish
kiritishi mumkin bo‘lib qoldi.
Biroq, qidiruv, elektron pochta
va video uchun “Google”ning
servislari oldindan navbatchi
servis sifatida o‘rnatilishi shart
qilib belgilandi.
2008-yil, oktabr
“Apple” kompaniyasi 2008-
yilning ikkinchi choragida jami
4,7 million dona “iPhone”
smartfonini sotib, jahon
smartfonlar bozorining 13
foiziga egalik qilayotganini
ma’lum qildi. O‘shanda
Kanadaning “Research in
Motion” (“RIM”) kompaniyasi 15
foiz ulushga ega edi.
2008-yil, noyabr
Android mobil operatsion
tizimida ishlovchi ilk telefon –
“G1” modeli sotuvga chiqarildi.
Unda kirib-chiquvchi klaviatura
va cheklangan imkoniyatlarga
ega sensorli ekran bor edi.
2008-yil, dekabr
“Microsoft” korporatsiyasi
o‘zining “Windows Mobile” mobil
operatsion tizimini to‘xtatib,
uning o‘rniga yangi “Windows
Phone” mobil platformasini
ishlab chiqishini ma’lum qildi.
Bunga sabab, Windows-
telefonlar bozorda “iPhone” va
Android-telefonlarga bas kela
olmayotgan edi.
2009-yil, oktabr
“RIM” kompaniyasi 2009-yilning
uchinchi choragida jahon
smartfonlar bozorining 20
foiziga egalik qildi. O‘shanda
“Nokia”ning Symbian-
smartfonlari esa 44 foiz ulushga
ega edi.
2010-yil, yanvar
“Apple” o‘zining ilk “iPad”
planshet kompyuterini namoyish
qildi.
2010-yil, fevral
Android-telefonlar ham to‘liq
sensorli ekranga ega bo‘lib,
ko‘rinishi va funksiyalari
jihatidan “iPhone”
smartfonlariga o‘xshay boshladi.
2010-yil, mart
Stiv Jobs “Google” bosh ijrochi
direktori Erik Shmidt bilan
uchrashib, unga “iPhone”dagi
xususiyatlarni Android-
telefonlarda foydalanmaslik
haqida ogohlantirdi.
“Apple” Tayvanning “HTC”
kompaniyasini uning Android-
telefoni ustidan sudga berdi.
2010-yil, aprel
“Google”ning Android mobil
operatsion tizimi 2010-yilning
birinchi choragida jahon
bozorida 10 foiz ulushga ega
bo‘ldi.
2010-yil, sentabr
Janubiy Koreyaning “Samsung”
kompaniyasi o‘zining 7 dyumlik
“Galaxy Tab 7.0” planshet
kompyuterini namoyish qildi.
Stiven Elop “Nokia”ning yangi
rahbari etib tayinlandi.
2010-yil, oktabr
“Windows Phone” mobil
operatsion tizimida ishlovchi ilk
smartfonlar sotuvga chiqarildi.
“RIM” o‘zining 7 dyumlik
“PlayBook” planshet
kompyuterini namoyish qildi.
2011-yil, yanvar
2010-yilning to‘rtinchi choragi
yakunlariga ko‘ra, jahonda
smartfonlar savdosi ilk marta
shaxsiy kompyuterlar savdosi
hajmidan oshib ketdi.
2011-yil, fevral
“Nokia” va “Microsoft” o‘rtasida
strategik alyans tuzildi. Unga
ko‘ra, endilikda “Nokia”
smartfonlari “Windows Phone”
bazasida chiqadigan bo‘ldi.
2011-yil, aprel
2011-yilning birinchi choragi
yakunlariga ko‘ra “Apple” jami
18,6 million dona “iPhone 4”
smartfonlarini sotib, ushbu
chorakda jahon smartfonlar
bozorida yetakchiga aylandi.
“Samsung” esa 17,5 million dona
bilan ikkinchi o‘rinni band qildi.
Android – eng tez sotilayotgan
smartfon platformasi (36,6%).
Symbian – 27%.
“Apple” kompaniyasi
“Samsung”ni “Galaxy Tab”
plansheti ustidan sudga berdi.
2011-yil, iyun
“Microsoft” korporatsiyasi
Android-smartfonlarini ishlab
chiqaruvchilardan patentlarini
ishlatgani uchun badal talab qilib
chiqdi. Birinchilardan bo‘lib,
“Samsung” va “HTC” badal
to‘lashga rozi bo‘ldi.
2011-yil, iyul
“Gartner” ma’lumotlariga ko‘ra,
2011-yilning ikkinchi choragida
Android-smartfonlar jahonda 43
foiz ulushga ega bo‘ldi.
2011-yil, oktabr
“Nokia” kompaniyasi “Windows
Phone” operatsion tizimida
ishlovchi o‘zining ilk msartfoni –
“Lumia 800” modelini namoyish
qildi.
2011-yil, noyabr
“Gartner” ma’lumotlariga ko‘ra,
Android-smartfonlar 2011-
yilning uchinchi choragida jhaon
bozorining 50 foizidan
ko‘prog‘iga egalik qildi.
2011-yil, dekabr
“RIM” kompaniyasi 1,2 million
dona “PlayBook” planshet
kompyuteri sotilmay qolganini
ma’lum qildi.
2012-yil, yanvar
“RIM” bosh ijrochi direktorlari –
Jim Balsilli va Mayk Lazaridis bir
vaqtning o‘zida o‘z lavozimidan
ketganligini ma’lum qildi.