Bosh sahifa » 2012»Mart»7 » Vladimir Putin yana Rossiya federatsiyasi prezidenti etib saylandi.
09:35
Vladimir Putin yana Rossiya federatsiyasi prezidenti etib saylandi.
2012-yilning 4-mart kuni Rossiya Federatsiyasida mamlakat prezidentligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylovda prezidentlikka jami besh nomzod qo‘yilib, “RIA Novosti” nashrining xabar berishicha o‘tkazilgan saylov natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi: 1. Vladimir Putin – 63,6% (45,602 milliondan ortiq ovoz); 2. Gennadiy Zyuganov – 17,18% (12,318 milliondan ortiq ovoz); 3. Mixail Proxorov – 7,98% (5,722 milliondan ortiq ovoz); 4. Vladimir Jirinovskiy – 6,22% (4,458 milliondan ortiq ovoz); 5. Sergey Mironov – 3,85% (2,763 milliondan ortiq ovoz). Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi 100 foiz saylov byulletenlarini sanab chiqqan bo‘lsa-da, saylovning yakuniy natijalari aniq raqamlar bilan 14- martdan kechiktirilmasdan e’lon qilinadi. Shunday qilib, amaldagi Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri – Vladimir Putin mamlakat prezidentligi uchun bo‘lgan saylovlarda yutib chiqdi. U 2012- yilning 7-may kuni o‘z lavozimiga kirishadi. Eslatib o‘tamiz, 2012-yildan boshlab Rossiyada prezidentlik muddati 6 yil qilib belgilangan.