Ovunaman suratingga boqib bir onga Ish berdingmi, ey, allohim menday yomonga Ko'zlaringsiz eshik ochib har tong armonga, Sog'inganim, sog'inchingni yashirma faqat Dil azobim, muhabbatim sarob bil mayli, Jilovlangan g'irotimni xarob bil mayli, Kimsa so'rmas bu holimni ishq-la til mayli, Sog'inganim, sog'inchingni yashirma faqat Qo'li baland kelar menda sog'inch azobi, Yo'qlay olmam lahzalarga bilmoqlik holi, Titrab yotar lablarimda yurak savoli, Sog'inganim, sog'inchingni yashirma faqat Tanholikka surgun qilib o'zim o'zimni, Nomalarda bitdim zabon bilmas so'zimni Ham rostim, ham yolg'onimsan yoshli ko'zimni, Sog'inganim, sog'inchingni yashirma faqat Sirlarimni izhor qildim tog'larga sado Qatra-qatra yosh ostida olam-ki ma'no Orzu daraxt soyasi ham men uchun ro'yo Sog'inganim, sog'inchingni yashirma faqat