[b][color=18][size=20]]1500 ga yaqin kitob yozgan hindistonlik buyuk olim Ashraf Ali Tahonaviy "Bayonul Qur’on”deb nomlangan tafsirni yozayotgan paytlari ayollari u kishiga ish buyuribdi: "qafasdagi qushga donini berib, so’ng madrasaga keting”. (Shunday buyuk zotlarga ham ayollari ish buyurarkan) Hazrat "Bayonul-Qur’on”ning xayolida ayollarining gapini esdan chiqarib, madrasaga ketaveribdilar. Shu zotning shogirdlaridan Shafe’ Usmoniy aytadi: "Agar bir odamning 1500 ta kitob yozishiga kimki shubha qiladigan bo’lsa, unga ikki gunohkor ko’zim bilan ko’rganimni aytib beray: "Men Tahonaviyning qalamini qo’li tegmagan holda kitobning ustida aylanib yotganini ko’rganman”. O’sha kuni tafsirni davom erttirmoqchi bo’lgan olimning qalami qimirlamabdi. Xarchandurinib, uni yurgizishga harakat qilmasin, qalam turgan joyida turaveribdi. Shunda Yaratganga "Yo, Allohim, men har doim yozishga o’tirganimda qalam o’zi yozishni boshlardi, mendan nima gunoh sodir bo’ldiki, bugun qalamim yozmayapti” deb nola qilibdilar. Shunda qush esga tushib, qalamni tashlagancha, uyga yugurib ketibdilar. Uyga borib, qushga don berib kelganlaridan so’nggina qalam qimirlagan ekan. Qalam yozishni boshlagan joy esa "Niso” surasidagi "Ayollaringiz bilan yaxshi muomalada bo’linglar!” degan oyat ekan. Yorqinjon qori ma’ruzalari asosida tayyorlandi.[b/][color/][size/]