Bosh sahifa » 2012»Aprel»29 » “Qaytolmaymiza"Ummon guruh ijodkorlari qo’ shig’i asosida yozilgan hikoya 1-qism.
23:08
“Qaytolmaymiza"Ummon guruh ijodkorlari qo’ shig’i asosida yozilgan hikoya 1-qism.
$IMAGE1$Lekin vaqtni orqaga qaytarib bo’lmas ekan. Hikoyamizning bosh qahramonlaridan biri Malika ismli qiz, go’zal, latofatli, fe’li esa sho’xroq qiz edi. U oilada yakka farzand bo’lgani uchunmi, juda erka qiz edi. Malika oliygoxda 2 kurs talabasi edi. Hikoyamizning ikkinchi qahramoni esa Bobur ismli yigit edi. Bobur og’ir bosiq, oq va qorani yaxshi taniy oladigan, hayotga jiddiy ko’z bilan qaraydigan yigit edi. U ham Malika o’qiydigan oliygoxda 1 kurs talabasi edi. Bobur va Malikani yoshlari teng edi. Lekin Bobur o’qishga Malikadan 1 yil kech kirgandi. Malika sho’x erka bo’lishiga qaramay o’qiyotgan soxasiga juda qiziqar tirishqoq qiz edi. Bobur darsdan keyin kutubxonaga tez-tez borib turardi. O’sha kuni Bobur Malikani kutubxonada uchratib qoldi va bir ko’rishda sevib qolgandi. Malika juda go’zal qiz edi. Bobur unga oshiq bo’lib qoldi va biror kitobni so’rash baxonasida Malika bilan tanishib qoldi. Ular do’stlashdilar. Oradan vaqtlar o’tdi. Malika Boburni ustidan kular u bilan ko’p hazillashardi. Lekin Boburni bu hafa qilmasdi shunchaki hazilkash erkatoy qiz deya indamasdi. U sevgisini qalbida saqlab yurardi. Malika bilan tez tez uchrashib turar lekin faqat do’st manosida gaplashardi. Malikaning uddabiron dugonasi Bobur uni sevishini sezib qoladi va Malikaga buni aytadi. Malika bunga jiddiy qaramasdan uni hazil manosiga o’girar Bobur bilan ko’rishib qolganda o’zini huddi uni ham sevib qolganday qilib ko’rsatardi. Shuday qilib Malika oshiq ro’lini o’ynay boshladi. Bobur esa buni jiddiy qabul qilib mani ham sevib qolibti deya o’zini juda baxtli his qilardi. Malika unga tez tez qo’ng’iroq qilar do’stlikdan asta sekinlik bilan yaqin munosabatda gaplashishni boshlagandi. Bobur esa o’zida yo’q hursand juda baxtli edi. Malikaning soxta sevgisidan behabar edi. Lekin ular bir biriga sevgi izxor qilishmagandi. Malikaning o’zini tutishidan gap so’zlaridan u ham sevarkan deb o’ylardi. Oradan vaqtlar o’tdi. Bobur unga sevgisini izxor qilishga qaror qildi. Malikani hiyobonga uchrashuvga chaqirdi. Boburning niyati jiddiy edi. U Malikaga ishonar u bilan kelajakda turmush qurish niyati ham bor edi. Malika uni uchrashuvga chaqirganini eshitib kulib yubordi va dugonlariga habar berdi. Malika Boburni niyati jiddiy ekanligini sevgisi chin ekanligini o’ylamasdi ham faqat uni mazax qilib yurardi. O’sha kuni uchrashuvga dugonalari bilan birga chiqdi. Dugonalari uni chetroqda kuzatib turishgandi. Malika Boburni yoniga bordi. Bobur vujudida bor kuchini to’plab unga sevgisini iliq so’zlar bilan izxor qildi. Mualif:_Admiral_