Bosh sahifa » 2012»Aprel»29 » “Qaytolmaymiza"Ummon guruh ijodkorlari qo’ shig’i asosida yozilgan hikoya 2-qism.
23:17
“Qaytolmaymiza"Ummon guruh ijodkorlari qo’ shig’i asosida yozilgan hikoya 2-qism.
$IMAGE1$Shu payt Malika xaxolab kulib yubordi va dugonalari uni yoniga kelib kulgi bazmi boshlab yuborishgandi. Boburni so’zlarini aytib mazax qilishar, ustidan kulib kamsitishdi. Bobur bu voqeadan karaxt bo’lib qolgandi: "Malika hazillashmang bo’ldi hamma narsani meyori bor kulmang mani niyatim jiddiy" dedi. Malika esa : "Nimala divossan mandan 1 kurs kichkinasanu man san bilan hazillashgandim. Bilasanu man hazilni yaxshi ko’raman. Hech qanaqa sevgi yo’q manda, biza faqat do’stmizaku tentakvoy xaxaxa” Malikaning bu so’zlari masxaromus kulishlari Boburga qattiq botti. Umuman kutmagan edi. Indamay ketib qoldi. Shu voqeadan keyin Bobur sevgi azobida aldanish azobida qiynaldi. O’qishga ham bormay qo’ydi.Vaqt hamma narsaga davo deyishadi. Bobur hammasini chuqur o’yladi va Malikani unutishga qaror qildi. Qalbida Malikaga nisbatan nafrat tuyg’usi uyg’ondi. Bobur oliygox mamuryitati bilan gaplashib o’qishini boshqa oliygoxga o’tkazdi. U Malikani butunlay unutmoqchi edi. Malika esa Boburni boshqa o’qishga o’tib ketganini eshitib qandaydur jiddiy ahvolga tushib qoldi. Uni ko’rgisi keldi….ahir nega ? Malika vaqt o’tgan sari jiddiylashib qoldi, dugonalari bilan ham chiqishmay qo’ydi. U Boburni juda qattiq sog’inardi lekin nimagaligini tushunmasdi. Unga qo’n’giroq qilishga qaror qildi lekin Bobur raqamini o’zgartirgandi. O’qishdagilar uni qaysi o’qishga o’tib ketganini ham aytishmadi. Malika kechalari yig’lab chiqardi….ahir nega yig’laydi sevmaydiku? U qilgan ishidan juda afsuslanar, o’qishga ham bormay qo’ygandi. Malika Boburni sevib qolganini, uni sevgisini qadrlamay bemani hazillari bilan uni oyoqosti qilganini tushunib yetti va qattiq afsuslangandi. Oradan ancha vaqt o’tdi Bobur sevgisini unutgandi. Bir kuni Boburni mashina turtib yubordi. Tasodifni qarangki Bobur Malikaning qarindoshi ishlaydigan kasalxonaga tushib qoldi. Uning axvoli jaroxatlari unchalik jiddiy emasdi. Bir kuni Malika qarindoshini yoniga yani Bobur yotgan kasalxonaga zarur ish bilan borgandi. Malikani tasodifan palatadaga ko’zi tushadi va Boburni uchratib qoladi. Xavotirlanganicha Bobur yotgan palataga kirdi. Boburning axvoli ancha yaxshi edi, u uhlab yotgandi. Malika uni ko’rib xo’ng xo’ng yig’ladi. Bobur uyg’onib qarasa o’sha qiz qadrlanmagan, oyog’osti qilingan sevgining Malikasi yig’lab turardi. Bobur uni ko’rib nafrat ko’zi bilan qaradi va dedi : "Nimaga kelding? ko’rgani keldingmi? Dardimni olganimi yoki ko’zimga yana yoshlarni qo’shgani keldingmi? Malika yig’lay yig’lay kechirim so’rardi. Yo’q yo’q yo’q yoruq yo’q. Ko’zlarim xiraday. Nega ayt qayting yor, Kechdim yordan senday. Keldingmi ko’rgani dardimni olgani Yo’ yana qo’shganmi ko’zimga yoshlarni. Bobur Malikani eshitgisi ham kelmadi: " Nega kelding? Nega manga yaqin turibsan yo’qol sandan nafratlanaman sani zo’rg’a unutdim. Endi manga begonasan! Nega kelding yana nega Xusning ko’zim oldida Nega kelding yana sani zo’rg’a unutganimda. Nega yana bir birimizga yaqin turibmiza Axir biz ajralganmiz va ortga qaytolmaymiza! Bobur uni uzurini ham sevgisini ham ko’z yoshlarini ham qabul qilmadi. Chunki endi kech edi. Qadrlanmagan sevgi allaqachon nafratga aylangandi. Hikoyamiz shu yerda yakun topadi. Bir narsani eslatib qo’yamiz, sevgi bu buyuk tuyg’u. Unga jiddiy qarash kerak u o’yinchoq emas! Shu tuyg’uga kimlardur zor kimlardur qiladi xor. Niyatimiz atrofdagilarni yoru do’stlarimizni va sevgimizni asrab avaylab uni qadriga yetib yuraylik . Muallif:_Admiral_