Меню сайта

Категории раздела
Shou-biznes olami [114]
Oila va jamiyat [23]
Oila va jamiyat turmush saboqlari
Salomatlik sirlari [19]
sogliq
Dunyo xabarlari [114]
Qiziqarli ma'lumotlar [80]
Sport xabarlari [40]
Shirinlik va taomlar Haqida [16]
Foydali maslahatlar [17]
Sevgi dunyosi [75]
XXI asr texnologiyasi [12]
O'zbekiston yangiliklari [65]
Mutolla uchun [48]
Onlayin Mp3 [10]
ONLINE RADIO [1]
Online Kino [1]

Опрос
     
Eng extirosli xonanda
  
1. Shaxzoda
2. Rayxona
3. Dilso'z
4. Nilufar Usmanova
5. Ziyoda
6. Lola
7. Sug'diyona
8. Manzura
9. Dineyra
10. Ruxshona
javascript:; javascript:;
  
Всего ответов: 118

  

Статистика
Статистика
Всего: 9159
За месяц: 0
За неделю: 0
Вчера: 0
Сегодня: 0
Из них
Гл.Администраторов: 3
Администраторов: 1
Гл.Модераторов: 1
Модераторов: 0
Дизайнеров: 1
Журналистов: 1
V.I.P:
Постоянных: 2
Проверенных: 104
Забаненых: 0
Обычных юзеров: 9047
Из них
Парней: 9065
Девушек: 81

Счетчики
waplog Яндекс.Метрика waplog.uz
Онлайн лист
Пользователи отсутствуют...
         
Cегодня нас посетили

Смски
SMS TURK [7]
SMS TURK
SMS English [1]
SMS English
Студенческие смс [1]
Студенческие смс
Смс реклама [1]
Смс реклама
Смс признания [0]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [0]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [0]
СМС на день рождения
Смс другу [0]
Смс другу
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [2]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
Любовные смс [0]
Любовные смс
SMS VATAN [3]
SMS VATAN
SMS Новый год [1]
SMS Новый год
SMS YANGI YIL [1]
SMS YANGI YIL
SMS XIKMATLI [1]
SMS XIKMATLI
SMS TOPISHMOQ [1]
SMS TOPISHMOQ
SMS TABRIK [2]
SMS TABRIK
Зарубежная [0]
Зарубежная
SMS SPORT [2]
SMS SPORT
SMS ANIMATSIYA [0]
SMS ANIMATSIYA
SMS SEVGI [17]
SMS SEVGI
SMS REKLAMA [0]
SMS REKLAMA
SMS MAQOL [0]
SMS MAQOL
SMS MANTIQIY [0]
SMS MANTIQIY
SMS LATIFA [2]
SMS LATIFA
SMS KINO MIX [0]
SMS KINO MIX
SMS IBRATLI SHERLAR [1]
SMS IBRATLI SHERLAR
SMS GRAFIKALAR [0]
SMS GRAFIKALAR
SMS FOTO [0]
SMS FOTO
SMS DO`STLIK [2]
SMS DO`STLIK
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [10]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari..
MAKTAB SMS SHERLAR [1]
MAKTAB SMS SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) [8]
SMS PRIKOL (xazil)

Bosh sahifa » 2012 » Iyun » 15 » Ulug’bek Rahmatullayevdan "INTERVYU 2012"
04:11
Ulug’bek Rahmatullayevdan "INTERVYU 2012"
                 

Ulug’bek
Rahmatullayev bugun saytimiz mehmoni



"INTERVYU”


Ajoyib bo’lgan intervyu jarayonidagi qiziqarli
savol-javoblar yozma tarzda e’tiboringizga havola qilinadi…





San’atga bo’lgan qiziqishingizni necha yoshda o’zingizda sezgansiz ?



Bog’chaga borgan paytimdan. 3-4 yosharlik paytimda bo’lsa
kerak. Bunga misol qilib shuni aytishim mumkinki, hozirgi paytda "BEMOR”
ashullayiz bilan o’g’lim uxlayapti yoki bo’lamasam shu ashullayizni eshitsa
boshini qimirlatadi degan gaplani eshitgandan keyin bilasizki, o’sha 4-5
yosharli bola shuni bilyapti. Menda ham yoshlik davrdan bolalikdan qiziqish
bo’lgan.



Kasbdoshlaringiz, do’stlaringiz bir so’z bilan aytganda, estradamiz
vakillaridan kimlarning ijodlari sizga manzur?



Hammaning ijodini o’zimga birdek qabul qilaman,
ajratmiman. Ijodlarini kuzatib turadiganlarim Shohruxxon, Afruz, hozirda yaxshi
ijod qilayotgan Amira Alibekova va o’zgacha bir yo’nalishda kirib kelgan Munisa
Rizayeva.



Bazibir insonlar borki kimlargadir o’xshashni xoxlaydi yani o’sha insonga
taqlid qiladi. Sir bo’lmasam siz ham kimgadir taqlid qilasizmi? Masalan:
kuylash borasidami yoki bo’lmasam ko’rinish jihatidanmi?



Hozirgi kunda yo’q. Endi aynan ko’rinish jihatidan hech
kimga taqlid qilmayman, ijod sifatida hafasim kelib, hurmat qilib, o’shani
yo’lini bersin diydiganlarim bor masalan, bu BOLALAR guruhi, G’ulomjon Yoqubov,
ustoz san’atkor sifatida juda ham bir o’zlarining yo’llariga ega bo’lgan
Ozodbek Nazarbekovning ijodlarini, tarbiyaviy jihatlarini hurmat qilaman, shu
taraflama taqlid qilib olsak arzigulik tomonlari bor.



Endi aynan shu savolimizga teskari bo’lgan savol: ya’ni sizga taqlid
qilishsa, bunga qanday qaraysiz?



Masalan SHERZOD BIN…!



Sherzodni ilk marotaba katta sahnaga o’zimning
kansertimda olib chiqqanman boisi juda ham bir istedodli ijodkor deb bilganim
uchun ham. Men hali uni sahnaga yaxshi bolaligi uchunmaz, shu bolaning san’ati
borligi uchun unga ishondim va sahnaga olib chiqdim ham foydalandim. Sherzodni men kuchli aktyor deb bilaman va
hozirgi paytda yoshlarni ichida ko’zga ko’rinib qolgan aktyorlardan bittasi,
parodist aktyor sifatida sababi parodya san’ati juda ham qiyin hammaning ham
qo’lidan kelavermaydi va hozirgi kunda parodist sifatida bitta bo’lib qoldi. Parodya
san’ati bo’yicha hozir qattiq ushlab kelayotgan SHERZOD.



Siz san’atga joriy nuqta-i nazar bilan yondashasizmi yoki san’atkorona
nuqta-i nazar bilanmi?



(Birooooz
o’ylanib).
Yuqorida aytib o’tkanimdek san’atga bo’lgan ishtiyoq
menda yoshligimdan bo’lgan va hozirgi kunda hayotimning bir katta bo’lagi desam
ham bo’ladi. Men bu narsaga shunchaki qiziqib qolganligim bois yoki bir
vaqtimdan tashqari qiladigan ishim deb qaramayman, bu meni ishim. Aksincha
san’atdan bo’sh vaqtlarimda boshqa ishlarni qilaman.



Ya’ni ikkita yo’l ham san’at, ham hayot?



Albatta! Hayotimni san’atimsiz tasavvur eta olmayman. Endi
yuqorida aytib o’tkaningizdek joriy nuqta-i nazar bilan savolizga yondashadigan
bo’lsam, Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutini bitirganman. Agar bu meni
bitta qanotim bo’lsa, san’at meni bitta qanotim deb o’ylayman. Qush ikkita
qanotda uchadi!



Ijodizdan kelib chiqqan holatda savol bersak, agarda vaqtni orqaga
qaytarish imkoni bo’lganida qaysi bir taronangizni qaytadan kuylamagan bo’lar
edingiz?



Bor, faqat aytolmayman qaysi birligini, u duet tarona!



Ya’ni sir?



Shunaqa, lekin shu narsani aytib o’tishim mumkin u tarona
juda ham eski duet tarona. Shuni qaytadan kuylamagan bo’lar edim.



Taronani birgalikda kuylagan duetdoshiz ham sirmi yoki…..?



Albatta, u ijodkor ham sir.



San’atga qiziqishingiz borligiga ota-onangizning qarshiliklari bo’lmaganmi?
Ular qanday qarashgan?



Juda ham yaxshi qarashgan. Bazi hollarda juda ham xursand
bo’laman, shu san’atga kirib kelishiga ko’pchilik insonlarning ota-onasi qarshilik
bildirishadi, lekin meni boshidanoq qo’llab quvatlashgan va bizani oilada har
doim farzandlani qiziqqan narsasiga qo’llab quvvatlash tushunchasi yaxshi
bo’lgan.



Estradamizning ajoyib bo’lgan ijodkorlaridan biri Sardor Rahimxon bilan
qanaqib tanishgansiz va do’st bo’lgansiz? Albatta bu muxlislarga qiziq!



Oddiy konsertlardan birida suhbatlashganmiz, u paytda
Sardor radioda boshlovchilik qilar edi, men qo’shiq aytardim qo’shig’im
Sardorga yoqqan, efirlarda eshittirib qo’yib borardi va shu bois munosabatlarimiz
tiklangan. Ya’ni davom etgan.



Sizning muxlislaringiz hali tinglamagan qo’shiqlari bormi?



Bor. Xudo xoxlasa shu yili konsert dasturimda eshitishadi
va shu konsert dasturimda 4-albomdagi yangi qo’shiqlarni eshitishadi. Men
ishongan qo’shiqlarim ko’p, muxlislar eshitmagan qo’shiqlar soni albomimda bor
va hozirda o’shala tayyorlanyapti. Mag’zun yo’nalishda "ONA” haqida keyin
"VATAN” haqida qo’shiqlar bor hech kim hali eshitmagan.



Konsert dasturingizni qachon qo’yishni rejalashtirmoqdasiz?



Kuzda xudo xoxlasa.



Shu bilan bog’liq yana bir savol. Konsert dasturini, o’zi nima uchun zarur
deb o’ylaysiz?



Birinchidan muxlislar bilan diydor ko’rishadigan bir
kecha hisoblanadi, qolaversa qilgan mehnatlaringni ko’rsatadigan va
yangiliklaringni taqdim etadigan bir katta imkonyat, shuningdek konsert
dasturiga muxlisla tushgisi keladi va muxlisla uchun bu juda ham qiziq deb
o’ylayman.(Haligi moshina benzinsiz
yurolmagandek
) san’atkor uchun ham konsert kerak deb o’ylayman. Bular bir
biriga bog’liq bo’lgan narsa lekin men konsertni soni uchun yoki hisobotda
bo’lish kerakligi uchun bermayman. Har doim zo’r konsert berishga harakat
qilaman shuning uchun ham konsert berishga unaqa shoshilmayman va har ikki
yilda konsert beraman.



Aynan san’atdan eng katta topgan boyligingiz?



Insonlar bilan munosabat, momila qilish.



Ya’ni bir so’z bilan aytganda MUXLISLAR?



Albatta.



Sizningcha e’tiborga molik fazilatingiz?



Endi men o’zimning fazilatimni gapirsam u noto’g’ri
bo’ladi. Buni muxlislar baholashsin.



Shu kungacha qanday orzularga erishgansiz?



Erisha olmadim desam noto’g’ri bo’ladi xudoga shukur
erishdim va erishib kelyapman. Sal sekinroqdir, balkim kimnandir keyinroqdir
lekin hamma maqsadlarimga erishib kelyapman. Shu men uchun katta baxt, bitta
san’atkor orzu qiladigan hamma narsaga xudoga shukur erishyapman. Konsertlar,
gastrollar, kliplar shular jumlasidandir. Kimdir zo’r chiqibdi qo’shig’iz desa
bu san’atkor uchun katta orzu va baxt.



Yana qanday qo’shimcha qobilyatlarga ega bo’lishni xoxlardingiz?



Qushga o’xshab uchishni xoxlardim (kuladi). Endi
qo’shimcha qobilyatga ega bo’lish to’g’risida, fudbolni juda ham yaxshi
ko’raman ja unaqa o’ynolmasam ham lekin harakat qilaman va zo’r fudbol
o’ynashni xoxlardim. Shu faqat gol ursam bo’ldi

Kuni kecha fudbol
bo’yicha o’tqazilgan marafonda ham ishtirok etdim va u yerda kapitan kamanda
bo’ldik lekin afsuski bizdan omad yuz o’girdi va bizning kamanda yutqazdi. Mayli
o’ylaymanki marafon har yilgi odatiy tusga aylanadi va keyingi yili albatta
yutamiz.



Endi eng buyuk va sof tuyg’u "MUHABBAT”haqida ham ozgina dillashsak?



Muhabbat bu xudo tarafidan beriladigan bir tuyg’u deb
o’ylayman, o’zimizcha voy muhabbat yaxshi ko’rib qolganman, sevib qolganman deb
yurishimiz mumkin aslida biz uni nimaligini tushunmasligimiz mumkin. Bu
muhabbat shunaqa narsaki haqqoniy yolg’ontakasimmaz bir birini tushunib
qurilgan muhabbat haqiqiy muhabbat deb o’ylayman. Eng kerakligi odam bir birini
hurmat qilsa, aldamasa xudo o’z o’zidan muhabbatni berib qo’yadiki o’sha chin
muhabbat bo’ladi. Men uchun haqiqiy narsa bu MUHABBAT! Manfaat kutilmasdan
turib, qilingan narsa bu haqiqiy muhabbat deb o’ylayman.



O’zingizning ijodingizdaki eng yoqtirgan qo’shig’ingiz?



Endi alohida ajratib biri yomon biri yaxshi dimimanku,
lekin "Kapalak” qo’shig’im boshqacharoq deb o’ylayman. Chunki kapalak bilan
bog’liq bo’lgan qiziqarli voqealarim bor hayotimda, kapalak men uchun alohida
ahamyatga ega bo’lgan tarona.



Sizga qaratilgan keyingi savolimiz. Misol uchun mashinangizni boshqarib
ketayotgan paytingizda radiodan bir ajoyib tarzda kuylangan taronani eshitib
qoldingiz? Shu paytda hayolingizning bir chekkasidan fikr o’tadimi shu ashulani
men kuylasam bo’lar ekan deya?



Bo’ladi albatta, masalan bo’lgani uchun ham 1-2 ta
qo’shiqlarni olib ijro etdim. O’zimga yoqqan biror bir taronani olib kuylashdan
men hecham uyalmiman u kimniki bo’lishidan qati nazar. Egasidan borib so’riman
bu uchun imkonyatlarim ham bor. Undan oldin men bitta narsadan xursand bo’laman
kimdir yaxshi qo’shiq chiqarsa, o’sha chiqargan qo’shig’ini eshitib xursand
bo’laman va qoyil qolaman mazza qilib eshitib yuraman, shartmaz unikini olib
aytib yurishim, unikini eshitib u bilan birga qo’shilib hirgoya qilaman.



O’z o’rnida yana bir savol yaqinda premyera bo’lgan "Qizlar ismi” deb
nomlangan qo’shig’ingizning tarixiga bir nazar solsak?



Muxlisa qizlarimizdan taklif tushdi: meni ismim Nigora,
Shahnoza, Gulnoza va hokazo, xullas meni ismimga atab qo’shiq ayting deya. Shunda
men dunyoga mashhur qo’shiqlardan birini remix qilib kuyladim va bu qo’shiq
aynan shu mavzuga to’g’ri keldi nomini esa "Qizlar ismi” deya nomladim. Albatta
bu qo’shiq meniki emas faqatgina oranjirovkalar bilan boyitdik va imenno o’zbek
qizlariga sovg’a sifatida ijro etdim xolos.



Hobbingiz?



Hozirgi paytda yaxshi kino ko’rish. Hozirgi paytda
deganimning sababi mening hobbilarim vaqti vaqti bilan o’zgarib turadi. Bir
payt bo’lgan bosh kiyim yig’ish hobbim bo’lgan har xil kepkalar, kiponlarni
yaxshi ko’rardim lekin hozirgi paytda yaxshi kinolarni olib yig’ishni yaxshi
ko’raman.



Qaysi sport turi bilan shug’ullanasiz?



Fudbol o’ynab turaman, og’ir atlektika turi bilan qo’ldan
kelganicha azgincha shug’ullanib turaman. Badan tarbiya sifatida.



Hayotda nimadan qo’rqasiz?



(Birooooooz sukut saqlab).
Yaqinlarimni yo’qotib qo’yishdan qo’rqaman, kechirib bo’lmas xato qilib
qo’yishdan qo’rqaman va o’z manfaatim bilan bog’liq bo’lgan biror bir imkonyat
bo’lganida o’z manfaatim bilan bog’liq bo’lgan bir ish qilishdan qo’rqaman. Shu
ishni qilmayman xudo xoxlasa hech qachon.



Bundan bir necha kun avval "Grand” radiosida S.Rahimxon va boshlovchi
Ibrohim Axmedov bilan bo’lgan birgalikdagi efirda, ular qo’ng’iroq qilib siz
bilan bog’lanishgan edi va suhbat jarayonida sizdan Malayziya ta’surotlari
haqida so’rashgan edi. Bizga ham bu borada qisqacha gapirib bersangiz?



Malayziya mening azaliy orzularimdan biri bo’lgan. Orollarini
borib ko’rgim kelar edi, xudoga shukur mana san’at orqali borib keldim, qilgan
mehnatlarim orqali shunaqa joylani ko’rib keldim, nafaqat ko’rib balkim o’sha
yerda ijodiy ish ham qilib keldim, oxirgi "Layloyimsan” klipida suvni oldida
turgan joy, hech kim bilmaydi bu "Lankaviy” oroli Malayziyada. Bizaga shu
odatiy holga kirib qoldi o’sha chetga borib shiroyli joylarini klipga olib
bildirish? Men shuni bildirmaganman. Klipni ko’rgan odamla charvoq deb o’ylashi
mumkin yoki bo’lmasam qaysidir ko’l deb o’ylashi mumkin, shuni men
sezdirmaganman o’sha yerga borib olib kelingan va juda ham chiroyli borish
kerak bo’lgan joy. Borishni tafsiya qilaman.



Qo’shiq kuylash
borasida mahoratingiz qay darajada ekanligi barchaga ma’lum, she’riy satrlarni
ham shunday maromiga yetqazib ijro eta olasizmi? Masalan yaqin do’stingiz
S.Rahimxondek?



Yaqinda men ham "Grand” radiosida mehmon bo’ldim, jonli
efir paytida xuddi shu auditoryadagi savol bilan Ibroxim Axmedov menga murojat
qildi va qo’shiq boshlanishida bir manalogni aytib berdim, bu esa
tinglovchilarni bilmadimu qarshimdagi boshlovchiga juda ham yoqdi va shunaqa
sheriy to’plam qilishimni maslahat berdi. Men esa hali beri bu ishga qo’l
urmoqchimazman. U sher aytadiganlar boshqa meni ishim qo’shiq kuylash.



Bugungi kundagi maqsad va rejalaringiz?



Eng katta oldinga qo’ygan maqsadlarimdan biri bu konsert
dasturi va u bilan bog’liq bo’lgan albom, qo’shni davlatlarga borib ijodiy
ishlar qilish, konsertla berish, muxlislar bilan ko’rishish va undan tashqari
avgust oyida "Aql va Yurak” filmi muxlislarga havola etiladi va u yerda bosh
rolni ijro etganman "Aql” rolini, A.Uzoqov, M.Rizayeva, Zarina Nizamiddinovna
va men birgalashib kinoda rol ijro etdik. Juda ham qiziqarli kino bo’ldi,
ilgarilarilari ko’p rad javobini berganman, o’ynamaganman va oxiri
ko’nglimdagidek rol berishgani bois o’ynadim. Qanchalik va qanaqa chiqdi bu
menga qorong’u, muxlisla o’zligi buni ko’rib baho berishlari mumkin. Hozircha
rejalada shular.



Siz zapt etgan eng yuqori cho’qqi?



Men hali unaqa cho’qqini zapt etmadim, endi xudo xoxlasa….

Muxlislarga bo’lgan tilaklaringiz?

Muxlislarimiz sog’ bo’sin, xudo xoxlasa ularga atalgan
juda ham ko’p sovg’alar bor. Boya aytib o’tganimdek konsert dasturimga tashrif
buyurishsin rahmat.

www.samimiyat.com 2012JanoB-PrikoL

Suhbat jarayonida: Shahrizod SHOKIROV
hamda SHERZOD 



Расскажи друзьям:


Категория: Shou-biznes olami | Ko'rildi: 1180 | Qo'shdi: JanoB-PrikoL | Reyting: 0.0/0 Печать страницы
Izohlar: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]
������ �� ������ ZeroParking
Личный профиль
Avatar qoyilmagan!

Guruh:
Mehmonjon
Soat:00:09

Login: Mehmon
ID: 0
Твой IP:3.12.161.77
Профиль
Читать ЛС ()


Голосовой поиск

Топ рисунок

TOP mp3