Afrika shimolidagi vohalarda yashaydigan xalqning asosiy non-nasibasi xurmo hisoblanadi.Ular jazirama issiq kunlarda xurmo daraxti soyasidan bahramand bo'lishadi.Xurmo daraxti shu yerlik xalqning ozuqaga, qurilish materiallariga, qisqasi,kun ko'rish uchun zarur narsalarga bo'lgan ehtiyojlarini
qondiradi.Sahro Kabirning ayrim viloyatlarida xurmo (mevasi) hamon pul vazifasini o'tab kelmoqda.
Xurmo- parvarish talab daraxtdir.Arab xalqida shunday bir naql bor:<>.Xurmo uchun nam va salqin tuproq bilan birga,jazirama issiq, quyoshli kunlar zarur.Unga shunday sharoit yaratib berilgandagina u kishilar mehnatini oqlaydi, ularga o'zining tilladek mevalarini in'om etadi.
Xurmo daraxti tanasidan o'sib chiqqan o'simtalarni olib o'tkazish yo'li bilan ko'paytiriladi.Shu tarzda ekilgan xurmo 4-5 yildan keyin hosil bera boshlaydi,11 yildan keyin kamolga yetadi.Xurmo daraxtining har bir tupi yiliga o'rta hisobda 40 kilogrammdan hosil beradi va taxminam yuz yilgacha hosil berib turadi.Ba'zi xurmolar tupidan 100kilogrammgacha hosil olinadi.
Sahroi Kabirda xurmo daraxti, odatda, aprel oyida gullaydi.Sug'riladigan yerlardan unumliroq foydalanishimaqsadida ayrim hollarda xurmo daraxtlari orasiga o'rik,uning tagiga esa sabzavot ekinlarida ekiladi.
Sahroi Kabirda barcha xurmo darahtlarining hosili tayin etilgan bir kunda terib olinadi.