O'zbek shou-biznesining ajralmas juftligi Oybek va Nigora "Akfa-media" tarkibida o'z ijodini boshlaganligini, undan so'ngra esa "TriA Media" prodyuserlik markazida o'z faoliyatini davom ettirganligidan xabaringiz bor edi. Bugun esa ular alohida o'zlari ijodlarini davom ettirishga qaror qilishdi.
Oybek va Nigora "TriA Media" prodyuserlik markazidan biror bir janjal yoki kelishmovchilik uchun chiqib ketishganligi yo'q. Ular shunchaki endilikda hech bir prodyuserlik markazining yordamisiz ham o'z ijodlarini namoyon etish uchun harakat qilishmoqchi. Ishonamizki Oybek va Nigora buning uddasidan chiqa oladi. Ularning ijodiy faoliyatini yoritishda shu kunga qadar o'z yordamimizni ayamaganmiz, bundan keyin ham SB.uz portali Oybek va Nigorani qo'llab-quvvatlashda davom etadi.