ILM-organish OLLOHDAN qorqiw uni talab qiiw-ibodat izlaw jihod,bilmaganga orgatiw-sadaqa, uni oz ahliga o'rgatiw-OLLOHGA qurbatdir,ilm tanholikda hamroh,hilvatda-dost togri yol korsatuvchi-dalil,begonalar yonida-eng sodiq dost,JANNAT yolining minorasidir. XAZRATI UMAR IBN HATTOB r,a Bir yigit o‘z otasini hakorat qilib urganini ko‘rgan odamlar nafratlanib, u adabsiz o‘g‘ilga hujum qilmoqchi bo‘ldilar. Yigitning otasi odamlarni to‘xtatib: — Birodarlar, o‘g‘limga hujum qilmang, bu ishda o‘g‘lim emas, o‘zim aybdorman. Yigitlik vaqtimda kunlardan bir kun xuddi mana shu yerda otamni haqorat qilib urgan edim. Otamga qilgan adabsizligim jazosini endi ko‘rib turibman, otamga qanday muomala qilgan bo‘lsam, bugun o‘shanday muomala o‘z o‘g‘limdan qaytdi. Nimani eksang, shuni o‘rasan, deb juda to‘g‘ri aytganlar. Men ota-onamni hurmat qilmadim, dillarini og‘ritdim, u muborak zotlar mendan norozi bo‘lib ketdilar, endi o‘g‘lim aybdor emas, birodarlar, ayb o‘zimda,— deb o‘ksinib-o‘ksinib yig‘ladi. Yigit otasining so‘zlaridan ta’sirlanib, dod-faryod qilib ko‘z yoshlarini to‘kdi. Darhol otasini quchoqlab, o‘pib, undan uzr so‘radi. Ota emasmi, u ham o‘g‘lining gunohini kechirdi, uning ko‘z yoshlarini artib, quchog‘iga olib erkaladi. Bu voqeaning guvohi bo‘lgan xalq ham ta’sirlanib, ko‘zlariga yosh oldilar.